O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi kimyo yo’nalishida kurs ishlarini bajarish



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/23
tarix06.03.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#123852
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Kurs ishlarini bajarish

 
QISQARTMALAR 
Kurs ishini yozishni osonlashtirish va hajmini kamaytirish maqsadida 
qisqartmalar ishlatiladi. Umumiy qabul qilingan qisqartmalar GOST 7.12-77 ga mos 
kelishi kerak. Ishda o’z qisqartmalaridan foydalanish mumkin. Bunda birinchi 
uchraganda tavsiflash kerak. Agar shartli belgilash va qisqartmalar soni 10 dan oshiq 
bo’lsa alohida “Qisqartmalar ro’yxati” bayon qilinishi kerak. Matnda qisqartmalarni 
quyidagicha ishlatishga yo’l qo’yilmaydi: 
• 
Matnda “>”, “<”, “=” va boshqa matematik belgilarni, shuningdek “%”, “№” 
belgilarini raqamsiz ishlatish
• 
Manfiy qiymatlar oldida matematik belgisini (“manfiy” deb yoziladi); 
• 
“GOST”, “OST”, “DST standart indekslarini ro’yxat raqamisiz yozish; 
• 
Qiymatisiz foydalanilganda fizik kattaliklar qisqartma nomlari (jadval va 
formulalardan tashqari). 
 
SANOQ SONLARNI YOZISH QOIDASI 
• 
Bir xonali sanoq sonlar agar o’lchov birligi bo’lmasa so’z bilan yoziladi
masalan: uch qator (3 qator emas); 
• 
Ko’p xonali sanoq sonlar raqamlar bilan yoziladi; 



• 
O’lchov birligi qisqartmasi bilan kelgan sonlar raqam bilan yoziladi, masalan: 
3 kg, 3 l. “kg”, “l” qisqartmalaridan keyin nuqta qo’yilmaydi. 
• 
Bir turdagi sonlarni yozishda o’lchov birligi qisqartmasi oxirgi raqamdan keyin 
qo’yiladi, masalan: 1, 5 va 7 mg. 
TARTIB RAQAMLARINI YOZISH QOIDASI 
• 
Bir va ko’p xonali tartib raqamlari so’z bilan yoziladi, masalan: birinchi. O’n 
yettinchi. 
Murakkab so’z tarkibiga kiruvchi tartib raqamlari son bilan yoziladi, masalan: 
Natriy xlorning 10 foizli eritmasi. 10% li eritma deb yozish ham mumkin. 
 
FORMULA VA TENGLAMALAR 
Formula va tenglamalarni qora siyohda qo’lda yozishga ruxsat etiladi. Agar 
formula va tenglamalarga sharh bo’lsa, matnda alohida satrda ajratiladi. Har bir 
formula yoki tenglamadan oldin va keyin bitta bo’sh qator qoldiriladi. 
Formuladagi belgilarga sharh ular fomulada qay tartibda kelsa, shu tartibda 
beriladi Sharh “bunda” degan so’z bilan boshlanadi, ikki nuqta qo’yilmaydi, va 
“equation” piktogrammasi yordamida yoziladi, masalan: 

m=ρv, (1) 
bunda, m-massa, ρ-zichlik, va v –eritma hajmi.
Formula va tenglamalar arab raqamlari bilan raqamlanadi va kichik qavslarga 
olinib, formula qatorida sahifaning o’ng tarafiga joylashtiriladi. Ishda raqamlashning 
faqat bitta tartibi ishlatiladi (butun matn yoki bo’lim miqyosida). Formulani boshqa 
satrga o’tkazish faqat matematik belgidan keyin amalga oshiriladi. Fizik kattaliklar 
birliklari formulaga faqatgina son qiymatlaridan keyin yoziladi. 
Ko’paytirishning asosiy belgisi o’rta chiziqdagi nuqta (•) hisoblanadi. 
Ko’paytirishning (x) belgisi ko’paytirish belgisida ko’chirish va vektorlarni 
ko’paytirishda ishlatiladi. Ko’paytirishning (•) belgisi fizik belgilarning harfiy 



belgilanishi, qavslardan oldin va keyin, radikal (V), integral (j) belgilari. 
trigonometrik funktsiyalar argumentlari oldidan qo’yilmaydi. 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin