QISQARTMALAR
Kurs ishini yozishni osonlashtirish va hajmini kamaytirish maqsadida
qisqartmalar ishlatiladi. Umumiy qabul qilingan qisqartmalar GOST 7.12-77 ga mos
kelishi kerak. Ishda o’z qisqartmalaridan foydalanish mumkin. Bunda birinchi
uchraganda tavsiflash kerak. Agar shartli belgilash va qisqartmalar soni 10 dan oshiq
bo’lsa alohida “Qisqartmalar ro’yxati” bayon qilinishi kerak. Matnda qisqartmalarni
quyidagicha ishlatishga yo’l qo’yilmaydi:
•
Matnda “>”, “<”, “=” va boshqa matematik belgilarni, shuningdek “%”, “№”
belgilarini raqamsiz ishlatish;
•
Manfiy qiymatlar oldida matematik belgisini (“manfiy” deb yoziladi);
•
“GOST”, “OST”, “DST standart indekslarini ro’yxat raqamisiz yozish;
•
Qiymatisiz foydalanilganda fizik kattaliklar qisqartma nomlari (jadval va
formulalardan tashqari).
SANOQ SONLARNI YOZISH QOIDASI
•
Bir xonali sanoq sonlar agar o’lchov birligi bo’lmasa so’z bilan yoziladi,
masalan: uch qator (3 qator emas);
•
Ko’p xonali sanoq sonlar raqamlar bilan yoziladi;
7
•
O’lchov birligi qisqartmasi bilan kelgan sonlar raqam bilan yoziladi, masalan:
3 kg, 3 l. “kg”, “l” qisqartmalaridan keyin nuqta qo’yilmaydi.
•
Bir turdagi sonlarni yozishda o’lchov birligi qisqartmasi oxirgi raqamdan keyin
qo’yiladi, masalan: 1, 5 va 7 mg.
TARTIB RAQAMLARINI YOZISH QOIDASI
•
Bir va ko’p xonali tartib raqamlari so’z bilan yoziladi, masalan: birinchi. O’n
yettinchi.
Murakkab so’z tarkibiga kiruvchi tartib raqamlari son bilan yoziladi, masalan:
Natriy xlorning 10 foizli eritmasi. 10% li eritma deb yozish ham mumkin.
FORMULA VA TENGLAMALAR
Formula va tenglamalarni qora siyohda qo’lda yozishga ruxsat etiladi. Agar
formula va tenglamalarga sharh bo’lsa, matnda alohida satrda ajratiladi. Har bir
formula yoki tenglamadan oldin va keyin bitta bo’sh qator qoldiriladi.
Formuladagi belgilarga sharh ular fomulada qay tartibda kelsa, shu tartibda
beriladi Sharh “bunda” degan so’z bilan boshlanadi, ikki nuqta qo’yilmaydi, va
“equation” piktogrammasi yordamida yoziladi, masalan:
m=ρv, (1)
bunda, m-massa, ρ-zichlik, va v –eritma hajmi.
Formula va tenglamalar arab raqamlari bilan raqamlanadi va kichik qavslarga
olinib, formula qatorida sahifaning o’ng tarafiga joylashtiriladi. Ishda raqamlashning
faqat bitta tartibi ishlatiladi (butun matn yoki bo’lim miqyosida). Formulani boshqa
satrga o’tkazish faqat matematik belgidan keyin amalga oshiriladi. Fizik kattaliklar
birliklari formulaga faqatgina son qiymatlaridan keyin yoziladi.
Ko’paytirishning asosiy belgisi o’rta chiziqdagi nuqta (•) hisoblanadi.
Ko’paytirishning (x) belgisi ko’paytirish belgisida ko’chirish va vektorlarni
ko’paytirishda ishlatiladi. Ko’paytirishning (•) belgisi fizik belgilarning harfiy
8
belgilanishi, qavslardan oldin va keyin, radikal (V), integral (j) belgilari.
trigonometrik funktsiyalar argumentlari oldidan qo’yilmaydi.
Dostları ilə paylaş: |