O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi kimyo yo’nalishida kurs ishlarini bajarish



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/23
tarix06.03.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#123852
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Kurs ishlarini bajarish

Kas-suyuq azotli o’g’it. Suyuq azotli o’g’it (KAS) - karbamid va ammiakli 
selitradan iborat bo’lgan suyuq holdagi o’g’itdir. KAS qishloq xo’jaligida mineral 
o’g’it sifatida qo’llash uchun mo’ljallangan. 
Kompleks o’g’it – o’g’itli aralashma. Kompleks o’g’it - o’g’itli aralashma, 
o’simliklarda rux yetishmovchiligida va tanqisligida, ularga ishlov berish uchun 
qo’llaniladigan maxsus tarkibdir. U kukun holida yoki suvli eritma holida 
qo’llaniladi. 
Texnikaviy magniy sulfat. Texnikaviy magniy sulfat - tarkibida 9% gacha 
magniy bo’lgan o’g’itdir. Suvda eriydi, yopishib qolmaydi, yaxshi sochiladi. Magniy 
o’simliklarni tuproqdan fosforni olishini va o’simliklar tomonidan uning 
o’zlashtirilishini yaxshilaydi. Tuproqda magniyning yetishmasligi, barglarni marmar 
tusga kirishini va o’simliklarda xlorozni keltirib chiqaradi. Bunday hollarda magniy 
o’g’itini qo’llash zarur. 
Fosfomochevina. Fosfomochevina - azotli o’g’it karbamid va fosforli o’g’it - 
ammofosni mexanik aralashtirish yo’li bilan hosil bo’ladigan aralashtirilgan o’g’itdir. 
Nordon va nordon bo’lmagan tuproqlar uchun karbamidni fosforli o’g’itlar bilan 
birga qo’shilgan holda qo’llash ayniqsa samarali hisoblanadi. 
Sulfomochevina. Sulfomochevina qishloq xo’jaligi uchun o’g’it sifatida 
mo’ljallangan, karbamid va ammoniy sulfat - mineral o’g’itlarning ikki turini birga 
qo’shish bilan olinadigan mahsulotdir. 
 


29 
1.4 Yurtimizda o`g`it ishlab chiqarish 
Tarix : Navoiy kimyo kombinati qurilishining dastlabki odimlari 
1. O’zbekiston kimyo sanoati Navoiy kimyo kombinati qurilishi boshlanishiga 
qadar sobiq Ittifoqda ishlab chiqarilgan mineral o’g’itlarning 7% dan ko’prog’ini 
bergan. Aholi jon boshiga ishlab chiqarilishi bo’yicha ittifoqdagi o’rtacha 
ko’rsatkichdan yuqori edi. 
2. Shunga qaramasdan respublikada mineral o’g’itlar ishlab chiqarilishi hajmi 
qishloq xo’jaligi ehtiyojlarini qoplamas edi, shuning uchun ularni mamlakat boshqa 
hududlaridan, masalan, G’arbiy Sibir va Ukrainadan, chet eldan olib kelishga to’g’ri 
kelinardi. O’zbekistonning mineral o’g’itlarga bo’lgan ehtiyoji 1965 yilda 3460 ming 
tonnani, shu jumladan azotli o’g’itlarga – 2032 ming tonnani tashkil qilgan. Buxoro 
viloyatida tabiiy gazga boy konlarning ishga tushirilgandan so’ng O’zbekistonda 
mineral o’g’itlar ishlab chiqarilishini ko’paytirish istiqbollari ochildi. Buxoro 
konidagi tabiiy gazning xom ashyo sifatida ishlatilishi - azotli o’g’it ishlab 
chiqaruvchi zavodlarni ularni ishlatish hududlariga maksimal yaqinlashtirishga 
yordam berdi. Buning hammasi hamda Navoiy GIES qurilishi Navoiy shahrida tabiiy 
gazni majmuaviy qayta ishlash bazasida organik birikmalar ishlab chiqarilishi sexlari 
guruhi, ammiakli selitra va nitron tolasi ishlab chiqarilishi bo’yicha kimyo kombinati 
quriishining dastlabki sharti hisoblangan. 
2. Navoiy kimyo kombinatining loyihalashtirilishi Navoiy kimyo kombinatini 
loyihalashtirishda sobiq Ittifoqning 10 dan ortiq loyiha tashkilotlari ishtirok etgan. 
Bundan tashqari, ammiak ishlab chiqarishi III navbati loyihasi ishlab chiqarilishida 
Chexoslovakiya loyiha tashkilotlari qatnashgan. Kombinat bosh loyihalovchisi azot 
sanoati davlat instituti (ASDI) bo’lgan, 1970 yildan boshlab esa – ASDI Chirchiq 
filiali. Navoiy kimyo kombinati uchun quyidagi asosiy ishlab chiqarishlar bo’yicha 
loyihalar ishlab chiqilgan edi: 
1.ammiak 
2.kuchsiz azot kislotasi (5,6 at va 7,3 at bosimi ostida); 
3. ammiak selitrasi; 
4. atsetilen ishlab chiqarilishi organik majmui; 


30 
5. sirka kislotasi; 
6. atsetaldegid; 
7. nitril akril kislotasi; 
8. sulfat ammoniy; 
9. sianid kislotasi; 
10. natriy sianidi; 
11. nitron tolasi ishlab chiqarishi 
Kuchsiz azot kislotasi I - II navbati ishlab chiqarishi loyihasi 1959 yilda ASDI 
Severodonetsk filiali tomonidan ishlab chiqilgan va o’sha vaqtdagi azot sanoati 
texnikasining oxirgi yutug’i hisoblangan. Kuchsiz azot kislotasi III navbati sexi 
loyihalashtirilishi va qurilishi davrida 7,3 at bosimi ostidagi absorbsiya jarayoni 
ko’proq progressiv hisoblangan. Ushbu sxema bo’yicha Navoiy kimyo kombinati 
uchun sex loyihasi 1968 yilda Dneprodzerjinsk ASDI filiali tomonidan ishlab 
chiqilgan. Bu sxema Dneprodzerjinsk kimyo kombinatida o’zlashtirilgan edi va 
texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlar, qayta ishlash jarayonida paydo bo’luvchi zararli 
gazlar bo’yicha sanitariya organlari talablarini qondirishi nuqtai nazaridan ham 
muhim afzalliklarga ega edi. Navoiy kimyo kombinati ammiak selitrasi sexlarining 
loyiha topshiriqlari Lisichan ASDI va Kemerovo filiallari tomonidan ishlab chiqilgan 
edi. Organik majmui va nitron tolasi ishlab chiqarilishi sexlarini loyihalashtirishda 
GOSNIIXlorloyiha, Dzerjinsk ASDI va Severodonesk filiallari, VNIIVP va boshqa 
loyiha tashkilotlari ishtirok etgan. 
3. Navoiy kimyo kombinatining ishga tushirilishi va kengayishi 1964 yil 31 
dekabrda Davlat qabul komissiyasi tomonidan kuchsiz azot kislotasi va ammikli 
selitra ishlab chiqarilishi bo’yicha ob`ektlar umumiy «yaxshi» bahosi bilan ishga 
tushirishga qabul qilinsin degan qarori imzolangan. Ikki kun oldin 1964 yil 29 
dekabrda Soipov Islomqul Jumaboevich smenasida birinchi ammiakli selitra olingan. 
4. Uch oy o’tgandan keyin 1965 yil 8 martda Vladimir Grigorevich Usachyov 
smenasida birinchi ammiak olingan. Ungacha mineral o’g’itlar boshqa joydan 
keltirilgan ammiakdan ishlab chiqarilgan. 1965 yil martda ishlab chiqarish loyiha 
quvvati o’zlashtirildi (yiliga 110 ming tonna). 1965 yil 31 martda ammiak ishlab 


31 
chiqarishi I navbati ob`ektlarini ishga tushirish-topshirish haqidagi dalolatnoma 
imzolandi. Buxoro viloyati qurilish maydonchalari va korxoda ahli kutgan, 
texnikaviy kislorod bilan ballonlarni to’ldirish bo’linmasi 1965 yil noyabrda ishga 
tushirilishi, Navoiy sanoat uchastkalari, ayniqsa qishloq xo’jaligining ehtiyoji katta 
bo’lgan ammiakli suvning birinchi tonnalarining 1967 yil yozida ishlab chiqarilishi 
muhim voqea bo’lgan. 1968 yil iyundauglerod oksidi bo’linmasi ishga tushirilgan. 
Organik 
majmuasi 
sexlarining 
qurilishi 1965 
yilda boshlangan, 1968 
yil 
avgustdan esa karbonat kislota, natriy sianidi, sirka va sianid kislotasi, asetilen, 
asetaldegid 
va 
sulfat 
ammoniy 
ishlab 
chiqarishi 
sexlari 
foydalanishga 
topshirilgan. 1973 yil 21 aprelda nitril akril kislotasining (NAK) birinchi tonnalari 
olingan edi. Yangi barpo etilgan kombinat jadallik bilan yuksalib bordi va rivojlandi. 
1970 yil 31 dekabrda yiliga quvvati 35 ming tonna bo’lgan asetilen ishlab chiqarilishi 
ob`ektlari va yiliga quvvati 20 ming tonna bo’lgan asetaldegid ishlab chiqarilishi 
ob`ektlari foydalanishga qabul qilindi. 
1971 yil 7 yanvarda gaz holidagi ammiak, sakkizinchi sanaga o’tar kechasi – azot 
kislotasi ishlab chiqarilgan. 1971 yil 9 yanvarda granulyatorga suv berildi va 
tomchilar oqimi pastga qarab oqdi. Transporter selitra bilan to’ldirildi. Shu tarzda 
kimyo kombinatining III navbatida birinchi ammiakli selitra olindi. 
1971 yil 31 martda: 
1. yillik quvvati 480 ming tonna bo’lgan kuchsiz azot kislotasi sexi uchinchi 
navbati; 
2. yillik quvvati 300 ming tonna bo’lgan ammiakli selitra ishlab chiqarishi uchinchi 
navbati obyektlari; 
3. 
yillik quvvati 218 ming tonna bo’lgan ammiak ishlab chiqarishi uchinchi 
navbati ob`ektlari ishga tushirilgan. Nitron tolasi ishlab chiqarishi I navbati 
qurilishi 1970-1971 yillarda amalga oshirilgan. 1971 yil 25 oktyabrda (boshqa joydan 
keltirilgan NAK da) ishlab chiqarishning birinchi texnologik tarmog’i ishga 
tushirilgan. Ishlab chiqarish quvvati 1973 yil iyun oyida to’liq o’zlashtirilgan. 
1975 
yilda Navoiy 
kimyo kombinati «Navoiyazot» ishlab chiqarish 
birlashmasiga aylantirildi. Korxona uchun muhim voqealar 1988 yilda ham ro’y 


32 
berdi. Shu yilda tiomochevina ishlab chiqarish bo’linmasi ishga tushirildi hamda 
xlorid kislotasi chiqarilishi yo’lga qo’yildi 2001 yilda kaustik sodasi va suyuq xlor 
chiqarish sexi ishga tushirildi. Bu sex qurilishi Germaniyaning «Lurgi» MChJ 
kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirildi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2001 yil 9 martdagi 119-sonli Qaroriga muvofiq «Navoiyazot» 
ishlab 
chiqarish 
birlashmasi 
xorijiy 
investorlarni 
jalb 
qilish 
orqali 
xususiylashtiriluvchi korxonalar ro’yxatiga kiritildi. Ushbu qarorga muvofiq 2002 yil 
29 martda «Navoiyazot» ishlab chiqarish birlashmasi («Navoiyazot» IChB) ni 
«Navoiyazot» ochiq aksiyadorlik jamiyati («Navoiyazot» OAJ) ga o’zgartirish 
haqidagi O’zbekiston Respublikasi Davlat Mulki qo’mitasining buyrug’i chiqdi. 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin