30
va iqtisodiyotda modernizatsiyalashni va tarkibiy о‘zgarishlarni amalga
oshirishning asosi hisoblanadi. Modernizatsiya jarayonlarini amalga oshirayotgan
о‘tish iqtisodiyotiga ega va rivojlanayotgan mamlakatlarda investitsiya meyori va
iqtisodiy о‘sish sur’atlari о‘rtasida korrelyatsion aloqalar, bog‘liqliq mavjud.
Masalan, Xitoyda oxirgi 20 yil mobaynida iqtisodiy о‘sish sur’atlari barqaror
darajada bо‘lishining sababi investitsiya meyorining 41-45 foiz oralig‘ida bо‘lishi
hisoblanadi.
5
Tahlillar kо‘rsatishicha, investitsiya meyori о‘tish iqtisodiyotiga ega
mamlakatlarda milliy valyutada va joriy baholarda hisoblanadi. Ushbu holat
investitsiya meyori miqdorining sun’iy ravishda oshishiga olib keladi. Kо‘pchilik
mutaxassislar fikricha, о‘tish iqtisodiyotiga ega mamlakatlarda, xususan
Rossiyada,
modernizatsiya
jarayonlarini
amalga
oshirish,
iqtisodiyotni
innovatsiyaviy rivojlantirish yо‘liga о‘tkazish, barqaror iqtisodiy о‘sish sur’atiga
ega bо‘lish uchun investitsiya meyori 35-40 foiz atrofida, О‘zbekistonda esa, 28-
30 foiz atrofida bо‘lishi kerak.
Bundan tashqari, iqtisodiy о‘sish milliy jamg‘arish normasi, aholining
savodxonlik va bilimlilik darajasi hamda iqtisodiyotning ochiqlilik darajasiga
bevosita bog‘liqdir. Davlat institutlari tomonidan daromadlarning qayta
taqsimlanish omili haqida gap ketganda turli xil holatga yuz kelishimiz mumkin.
YAIM tarkibidagi davlat xarajatlarining orttirilishi iqtisodiy о‘sishga ikki
tomonlama ta’sir kо‘rsatishi mumkin. Ushbu kо‘rsatkichning meyoriy darajasidan
oshib ketishi, oqibatda iqtisodiy о‘sishni tо‘sqinlik qilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: