O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi м. T. Asqarova


I BOB. “INKLYUZIV IQTISODIY О‘SISH” FANINING PREDMETI



Yüklə 2,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/96
tarix18.11.2023
ölçüsü2,92 Mb.
#133039
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96
IQTISODIY O\'SISH

I BOB. “INKLYUZIV IQTISODIY О‘SISH” FANINING PREDMETI, 
MAQSADI VA VAZIFALARI 
Reja: 
1.1. “Inklyuziv iqtisodiy о‘sish” fanining strukturasi, predmeti va 
obyekti. 
1.2. Inklyuziv iqtisodiy о‘sish fanining maqsadi va vazifalari. 
 
1.1.
 
“Inklyuziv iqtisodiy о‘sish” fanining strukturasi, predmeti va obyekti
Inklyuziv iqtisodiy о‘sish fani iqtisodiyot iqtisodiy ta’lim oluvchi talabalar 
uchun yangi kiritilgan fan hisoblanadi. Inklyuziv iqtisodiy о‘sish fanida 
mamlakatda barqaror iqtisodiy о‘sish sur’atlarini ta’minlash, unda ijtimoiy soha
ijtimoiy rivojlanish, yuqori о‘sish sur’atlarini ta’minlash, yashil iqtisodiyot
innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirish kabi masalalar о‘rganiladi.
Inklyuziv iqtisodiy о‘sish, umuman, inklyuzivlik atamasi iqtisodiyotga 
yaqinda kirib kelgan hisoblanadi.
Inklyuziv iqtisodiy о‘sish fanining predmeti mamlakat iqtisodiyoti 
rivojlanishida bir-biri bilan u yoki bu aloqada, doimiy harakat va rivojlanishda 
bо‘lgan predmetlar va hodisalarning tо‘plamidan iborat bо‘lgan tadqiqotchilikdir. 
Bu aloqalar xilma-xildir va qismni butunicha hamda aksincha munosabatlarda, 
tengliklar va tengsizliklarda, aniq yoki noaniq о‘zaro bо‘ysunuvchilikda, bir-birini 
taqozo qilishda va о‘zaro bog‘liqlikda о‘z aksini topadi. Birining holatining 
о‘zgarib ikkinchisiga о‘tishi aks etuvchi о‘zaro munosabat tabiiy, ijtimoiy
iqtisodiy hodisalarni mantiqiy-uslubiy va gneseologik bilishdir. 
Inklyuziv iqtisodiy о‘sish fanining obyekti mamlakatning milliy iqtisodiyoti, 
rivojlanishi va jahon iqtisodiyotida bо‘layotgan iqtisodiy jarayonlar va ularni 
milliy iqtisodiyot rivojlanishiga ta’siri hisoblanadi.



“Inklyuziv iqtisodiy о‘sish” fani makroiqtisodiyot doirasida nazariy va amaliy 
masalalarni о‘rganish va uni mо‘tadil rivojlantirishning yechimlarini topishda 
hamda “makroiqtisodiyot” mutaxassislarining shakllanishida katta ahamiyatga ega. 
Ushbu fanning yutuq va xulosalaridan mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishning 
qisqa va uzoq muddatlarga belgilangan dasturlarini ishlab chiqishda keng 
foydalaniladi. 

Yüklə 2,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin