180
zaruriyat hisoblanadi. Chunki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi
mamlakat iqtisodiyotini barqaror yuksaltirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi
daromadini oshirishning muhim omili hisoblanadi. Mamlakatimizda ham barqaror
ijtimoiyiqtisodiy o‘sishni ta’minlashda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
subyektlarining o‘rni beqiyosdir. Xususan, ularning yalpi ichki mahsulotdagi
salmoga’i muntazam o‘sib, 2016- yil yakunlari bo‘yicha 56,9 foizga, sanoatda esa
45 foizga oshdi. Shuningdek ish bilan band aholining 78 foizi mazkur sohada
mehnat faoliyatini yuritmoqda. Ushbu ko‘rsatkichlarga
erishishda tijorat banklari
kreditlash hajmining oxirgi yillarda o‘sishi ham muhim omillardan hisoblanadi.
[1]. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning 2017-2021- yillarga
mo‘ljallangan harakatlar strategiyasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
xususida quyidagilar ta’kidlangan: “...kichik biznes va xususiy tadbirkorlik milliy
iqtisodiyotni yaratish, jamiyatning ijtimoiy barqarorligini asosi hisoblanuvchi o‘rta
mulkdorlar sinfini shakllantirish, raqobat muhitini vujudga keltirish va barqaror
iqtisodiy o‘sishga erishishda muhim omil bo‘lib hisoblanadi” [2] Kichik biznes va
xususiy tadbirkorlikning mamlakatimiz iqtisodiyotidagi
ahamiyatini oshirishda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2016- yil 5- oktabrdagi
“Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har
tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga
doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘ga’risida”gi farmoni alohida rol o‘ynadi, chunki
bu farmonda xususiy mulkni huquqiy himoya qilishni yanada kuchaytirish, kichik
biznes va xususiy tadbirkorlik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va har
tomonlama qo‘llab-quvvatlashga asosiy e’tibor qaratilgan[3].
Mamlakatimiz
iqtisodiyotini taraqqiy ettirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish bilan boga’liq
masalalarni hal etishda tadbirkorlik faoliyatini erkinlashtirish juda muhimdir,
aynan ushbu masalaga berilgan e’tibor yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, ushbu
sohaning mamlakatimiz YaiMdagi ulushini doimiy oshib borishiga sabab
bo‘lmoqda.
181
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga
qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida 2016- yilda tadbirkorlik
bilan shug’ullanayotgan subyektlar soni 32 mingtaga yaqinni tashkil etdi.
Shu o‘rinda biz mazkur sohaning mamlakatimiz
hududlarida qanday
ahamiyaga ega ekanligini Toshkent shahri va viloyati misolida ko‘rib chiqamiz. 1-
jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikning iqtisodiyot va uning tarmoqlaridagi ulushi ko‘rsatkichlarini
respublikamiz va Toshkent viloyati hamda Toshkent shahri darajasini solishtirsak,
YaiMdagi ulush 2016- yilda respublikamiz bo‘yicha 56,9 foizni, Toshkent
viloyatida 57,1 foizni, Toshkent shahrida esa 58,9 foizni tashkil etgan, ya’ni
poytaxt viloyatida va Toshkent shahrida bu ko‘rsatkich
respublika darajasidan
yuqoridir. Sanoat sohasiga keladigan bo‘lsak, bu ulush respublika bo‘yicha 45 foiz
bo‘lsada, Toshkent viloyatida bu ko‘rsatkich ancha past, Toshkent shahrida esa
71,4 foiz bo‘ldi. Bunday tendentsiya investitsiya sohasida ham saqlandi, aholi
bandligida butunlay boshqacha
holatni kuzatishimiz mumkin, chunki respublika
bo‘yicha 78,1 foiz bo‘lsa, Toshkent viloyatida 76,8 foiz, Toshkent shahrida esa bor
yo‘ga’i 37,1 foizni tashkil etdi.
Dostları ilə paylaş: