21
- endogen o‘sishning yangi nazariyalari(3.1-rasm).
Ushbu yo‘nalishlar doirasida esa iqtisodiy o‘sishning turli nazariy modellari
yaratila boshlandi. XX asrning o‘rtalarida keynschilikning makroiqtisodiy
muvozanat nazariyasi asosida yangi yo‘nalish, ya’ni neokeynschilik vujudga keldi.
Iqtisodiy o‘sishning dinamik modellarini ishlab chiqqan
neokeynschilik vakillari
orasida ingliz iqtisodchisi Roy Xarrod (1900-1978-y.) o‘z modelida ishchi kuchi,
aholi jon boshiga daromad va naqd kapital o‘sishi o‘rtasidagi munosabatlarni
tadqiq qildi. U milliy daromadning kapital sig‘imlilik darajasini ifodalovchi
“kapital koeffitsienti” tushunchasini yaratdi. R. Xarrod kapital sig‘imlilik
mezonidan texnika taraqqiyotining iqtisodiyotga ta’sirini tahlil qilishda foydalandi.
Amerikalik iqtisodchi neokeynschilik yo‘nalishi vakili Evsey Domar (1914-
1997-yillar) ham R. Xarrod tadqiqotlaridan bexabar ravishda
mutanosib iqtisodiy
o‘sishning biroz boshqacharoq modelini taklif etdi. U J.M. Keynsning
investitsiyalar daromadni shakllantirish orqali talabni oshiradi, degan fikriga
qo‘shimcha qilib, investitsiyalar bir vaqtning o‘zida tovarlar
taklifining oshishiga
ham olib keladi, deb ta’kidlaydi. E. Domar va R. Xarrod modellarida iqtisodiy
o‘sishni rag‘batlantiruvchi omil sifatida investitsiyalar keltiriladi,
chunki ular
multiplikativ ta’sirga ega va shuning uchun barqaror o‘sishni ta’minlaydi. Ushbu
modelda J. Keynsdan farqli o‘laroq takror ishlab chiqarish jarayoni uzoq muddatli
davr dinamikasida tadqiq qilingan. Xarrod-Domar modeli bozor iqtisodiyotining
o‘z-o‘zini boshqarish imkoniyatiga ega bo‘la olmasligini asoslab berdi.
Ushbu modelni respublikamiz iqtisodiyotida qo‘llaydigan bo‘lsak,
mustaqillikning datlabki kunlaridan boshlab mamlakatimizda qator izchil islohotlar
olib borilib, mamlakatda yalpi ichki mahsulotning o‘sishiga hamda iqtisodiy
rivojlanishga bevosita ta’sir ko‘rsatayotgan investitsiyalarga katta e’tibor
berib
kelinmoqda.
Mamlakatimiz
iqtisodiyotini
yuksaltirish,
zamonaviy
texnika
va
texnologiyalar bilan jihozlangan yangi korxonalarni barpo etish va rekonstruksiya
qilish uchun investitsiyalarni jalb qilish hal qiluvchi ahamiyatga ega. So‘nggi
22
vaqtlarda respublikamizda investitsion muhitni sog‘lomlashtiruvchi va
mustahkamlovchi iqtisodiy-siyosiy vaziyat tendensiyasi hukm surmoqda.
Iqtisodiy o‘sishning yangi klassik ilk nazariyalari 1950-1960 yillar oraliga’ida
paydo bo‘ldi. O‘sha davrda iqtisodiy o‘sish sur’atlarini foydalanilmayotgan
quvvatlar hisobiga emas, balki yangi
texnikalarni joriy qilish, mehnat
unumdorligini oshirish va ishlab chiqarishni tashkil etishni takomillashtirish
hisobiga jadallashtirish muammosi birinchi o‘ringa ko‘tarildi. Bu yo‘nalish
vakillari (amerikalik iqtisodchi Robert Solou va ingliz iqtisodchisi Jeym Smit va
boshqalar) nazariyasining metodologik asosini ishlab chiqarish omillarining klassik
nazariyasi tashkil etadi. Ma’lumki,
bu nazariyada mehnat, kapital va yer ijtimoiy
mahsulotni hosil qilishning mustaqil omillari sifatida talqin etiladi. Shu bilan birga,
yangi klassik nazariyada ishlab chiqarish omillari egalari tomonidan olinayotgan
daromadlar bu omillarning eng ko‘p miqdordagi mahsulotlari tomonidan
belgilanishi g‘oyasi ilgari surilgan eng yuksak
unumdorlik nazariyasiga ham
tayanadi.
Neoklassik nazariyasi vakili Robert Solou (1924-yilda tug‘ilgan) o‘z
modelida jamg‘armalar, mehnat resurslari o‘sishi va ilmiy-texnik taraqqiyotning
aholi turmush darajasi va uning dinamikasiga ta’sir qilish mexanizmini aniqladi. R.
Solouning asosiy xulosasi shuki, uzoq muddatda iqtisodiy o‘sish sur’atlari kapital
qo‘yilmalar oshishiga emas, balki texnologik rivojlanish omiliga bog‘liq bo‘ladi.
Shunday ekan, uningcha doimiy texnik rivojlanish va resurslardan samarali
foydalanish iqtisodiy o‘sishning asosiy omillari hisoblanadi.