O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi м. T. Asqarova



Yüklə 2,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/96
tarix18.11.2023
ölçüsü2,92 Mb.
#133039
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   96
IQTISODIY O\'SISH

 
Tayanch so‘z va iboralar 
Iqtisodiy о‘sish omillari tasnifi. Iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va boshqa 
omillarning iqtisodiy о‘sishga ta’siri. Intensiv va ekstensiv omillar. Talab, taklif va 
taqsimot omillari. Institusional omillar, ekologik omillar. Bevosita va bilvosita 
omillar. Tabiiy resurslar soni va sifati. Mehnat resurslarining soni va sifati. Asosiy 
kapital hajmi. Texnologiyalar va ishlab chiqarishni tashkil etish. Jamiyatda 
tadbirkorlik malakalarining rivojlanish darajasi. Bozorning monopollashuv 
darajasining pasayishi. Iqtisodiyotdagi soliq muhiti. Kredit-bank tizimi 


37 
amaradorligi. Iste’mol, investitsiya va davlat xarajatlarining о‘sishi. Eksport 
hajmining о‘sishi. Iqtisodiyotda resurslarni qayta taqsimlash imkoniyatlari. 
Daromadlarni taqsimlashning shakllangan tizimi. 
III Bob bo‘yicha savollar
1. Iqtisodiy o‘sish omillarini necha guruhga bo‘lib o‘rganish mumkin? 
2. Iqtisodiy o‘sish omillarini tasniflang. 
3. Iqtisodiy o‘sish modellarini izohlang. 
4. Iqtisodiy o‘sishga ta’sir qiluvchi tashqi omillar qaysilar? 
5. Intensiv va ekstensiv omillarni izohlang. 


38 
IV BOB. IQTISODIY O‘SISHNING HOZIRGI ZAMON NAZARIYALARI 
Reja: 
4.1. Inson kapitali va texnologiya 
4.2. Faoliyat jarayonidagi ta’limning Pol Romer modeli 
4.3. Lukas modeli 
4.4. Mahsulot sifatining о‘zgarish modeli 
4.5. Iste’mol tovarlar turlarini kengaytirish asosida endogen iqtisodiy 
о‘sish modeli 
 
4.1. Inson kapitali va texnologiya 
Sо‘ngi yillarda inson karitaliga investitsiya qilish uzoq muddatli barqaror 
iqtisodiy о‘sish omili sifitida qaralmoqda. Inson kapitali haqidagi ilk qarashlar 
iqtisod siyosat va statistika otasi ingliz olimi Uilyam Petti (1623-1687) о‘z 
ishlarida tо‘xtalib о‘tgan. Uning 1676 yilda yozilgan “Siyosiy arifmetika asarida” 
inson kapitalini umumiy iqtisodiyotdagi ulushini hisoblashga harakat qilgan. Ingliz 
iqtisodchisi о‘z asarida inson kapitalini barcha moddiy kapitaldan ustun qо‘ygan. 
U Angliya aholisini 417 mln. funtga va uning qolgan moddiy boyligini 250 mln. 
funtga baholagan.
Petti g‘oyalarini rivojlantirgan iqtisodchi olim Adam Smit (1723-1790) 
bо‘lib hisoblanadi. Adam Smit individ qobilyati g‘oyasi ustida ish olib borgan. A. 
Smit fikricha individlar qobilyati bilan bir biridan farq qilishadi va bu ularning 
kamchiligi emas balki ustunligi bо‘lib hisoblanadi. Individ о‘z qobilyatidan kelib 
chiqib ma’lum faoliyat turi bilan shug‘ullanadi. Ta’lim tarbiya jarayoni ham 
qobilyatiga qarab olib borilishi kerak. Natijada esa shaxs о‘z qobilyati bilan 
ma’lum faoliyat turi bilan shug‘ullanib undan kо‘proq daromad oladi deb fikr 
yuritadi. 
Agrar jamiyatda asosiy e’tibor yerlarning joylashuvi uning hajmiga qaratilsa, 
industrial jamiyatda kapital hajmi, ya’ni resurslar hajmi ularning yaqinligi va bir 


39 
qator omillar e’tiborga olingan. Hozirgi informatsion davrda asini axborot tashkil 
etib unda axborotning soni, sifati va turi mavjudligi jamiyatning ustunligini 
belgilab bermoqda. Axborot davrining boshlanishidan to hozirgacha jamiyat va 
informatsion texnologiyalar о‘rtasidagi aloqa tobora jadalllashib bormoqda, bu esa 
о‘z navbatida inson kapitaliga bо‘lgan talabni oshishiga olib kelmoqda. 
Umumiylashtirib aytish mumkinki agrar jamiyatda yer, industrial jamiyatda tabiiy 
resurslar ustunlik qilsa informatsion jamiyatda ilmiy tadqiqot institutlar va 
markazlar bо‘lib hisoblanadi. 
Demak, iqtisodiyot rivojlanishi inson kapitali konsepsiyasini shakllanishiga 
va uni jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi bо‘lishiga sabab bо‘lgan. 
Zamonaviy inson kapitali nazariyasi Gerri Bekker (1930) tomonidan “Inson 
kapital” (1964) nomli asarida shakllantirilgan. Uning fikricha, inson kapitali 
quyidagi elementlardan tashkil topgan: individ bilimi, ishlab chiqarishdagi 
malakasi 
va 
motivatsiY. 
G. 
Bekker 
fikricha 
inson 
kapitali 
texnika 
texnologiyalardan ham yuqori kapital qaytimiga ega bо‘lib, uni rivojlantirish 
uchun kelajakdagi mutaxasislarni о‘qitish, ishlayotganlarning malakasini 
oshirishga investitsiya qilish zarur deb hisoblaydi.
Iqtisodchi olimlar olib borgan natijalarida kо‘ra inson kapitalini ikki 
aspektga bо‘lishadi: 
1.
 
Inson kapitali zaxira sifatida. 
Inson kapitali – insonda mavjud zaxira sog‘ligi, bilimi, tajribasi, qobilyati, 
motivatsiyalar orqali mehnat samaradorligini oshishi va natijada daromadning 
kо‘payishiga olib keladi. Odatda uning tarkibiga quyidagilarni ajratib 
kо‘rsatishadi: 

Tug‘ma qobilyati; 

Ma’naviyati; 

Umumiy va maxsus bilimlari; 

Bilimlarini kerakli joyda kerakli paytda foydalana bilishi.
2.
 
Inson kapitali daromad oqimi sifatida. 


40 
Inson kapitaliga kapitalni yо‘naltirish asosiy aktiv sifatida uni butun umri 
davomida daromad keltirish manba’siga aylanadi.
Inson kapitali haqidagi nazariyani paydo bо‘lishi, sо‘ngi yillarda nomoddiy 
kapital yig‘ilishi inson rivojlanishiga olib keldi. Inson kapitali deganda insonnning 
barcha samaradorlik kо‘rsatkichlari tushuniladi, ya’ni bilim egallash, malaka 
oshirish, hamda motivatsiya va energiyalarni iqtisodiy samaradorlikni oshirishga 
ishlatiladi. Odatda inson kapitaliga kiritilgan investitsiyalar deganda ta’lim, 
tarbiya, sog‘likni saqlash, hamda insonnni qayta tayorlash va malakasini oshirish 
uchun qilingan xarajatlar tushuniladi. 
Umuman olganda 
inson kapitali
 - 
yuqorida aytilganidek mehnat unumdorligi 
yoki malakasining oshishi faqatgina ularga kiritilgan investitsiya orkali 
ko‘paytirish mumkin. Bu jarayon ta’lim (bilim) deya yuritiladi, ammo aytib 
о‘tganimizday bu jarayonni ishdan uzluksiz ravishda ham olish mumkin. Biz 
daromadni kiskarib ketish konuniyatini rad etishimiz mumkin, agarda, biz bir 
vaqtning о‘zida investitsiyani inson kapitaliga hamda fizik kapitaliga kiritsak. Bu 
model doimiy samaradorlikni nazarda tutganligi uchun (fizik va inson 
kapitallarining yig‘indisidan olinadigan doimiy daromad), unda agar fizik va inson 
kapitalini ikki barovarga oshirsak, u holda bizda ikki barobar daromad olish 
imkoniyatlari buladi. 
Inson kapitalini yoki malakani oshirishning asosiy omili bо‘lib uzluksiz 
ravishda olib boriladigan ta’lim tizimi hisoblanadi. Insonlar maktab va boshqa 
о‘quv muassalarida ta’lim olib ish haqlaridan voz kechkanlar deb hisoblaymiz. 
Chunki agarda ular ta’lim olish о‘rniga biron bir korxonada ishlab yurganlarida 
ma’lum bir maosh olishgan bо‘lishar edilar. Bunday jarayonni iqtisodchilar inson 
kapitaliga kiritilgan investitsiya deb yuritadilar. 
Umumlashtirib iqtisodiy о‘sishni qaysi alternativ yulini tanlashimiz lozim? 
Birinchi variantni biz elitizm deb atagan edik: ma’lum bir gurux insonlar yaxshi 
ma’lumot oladilar, chunki iqtisodiyot rivojlanishi ularning qay darajada davlatni 
boshqarishiga bog‘liq. Bu nazariyaga kо‘ra agar yetakchilar yaxshi ma’lumotga 
ega bо‘lsalar u holda mamlakat barqaror rivojlanadi deb yuritiladi. 


41 
Ikkinchi variantni biz universalizm deb atadik: xar bir inson minimum bilim 
olishi kerak. Bu variantning mazmuni shundan iboratki, xar bir ishchidan iqtisodiy 
о‘sish yangi texnologiyalarni tez ravishda kiritilishi kerak ekanligidadir. Oxirgi 30 
yillar ichidagi Sharqiy osiyodagi iqtisodiy о‘sish avval tikuvchilik, keyin soatlar va 
radiomaxsulotlar ishlab chiqarishdan boshlangan. Sifat darajasi bu davlatlarda asta-
sekinlik bilan oshib bordi, va undan keyin esa bu davlatlar boshqa davlatlarga 
moliyaviy yordam kо‘rsatishni boshladilar. 
Bunday iqtisodiy tizimda har bir ishchi turli xil kasblarni egallashi lozim. 
Shuning uchun bunday sharoitlarda, shunday ta’lim sistemasi to‘zilishi kerakki, bu 
ta’lim tizimi ishchilar uchun turli xil kasblarni egallashiga kо‘maklashishi kerak. 
Oxirgi 30 yillar ichida inson kapitalini tо‘plash modeli uneversalizmga asoslangan 
bо‘lib, u elitizmga asoslangan modelidan kо‘ra afzalliroqdir.

Yüklə 2,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin