O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi м. T. Asqarova



Yüklə 2,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/96
tarix18.11.2023
ölçüsü2,92 Mb.
#133039
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   96
IQTISODIY O\'SISH

 
 
 Inklyoziv iqtisodiyotdа kichik biznes vа xususiy tаdbirkorlikning о‘rni 
Mamlakatimiz iqtisodiyotini taraqqiy ettirishda kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlik alohida ahamiyat kasb etadi va hozirgi sharoitda uning roli yanada 
ortib bormoqda. Shu sababdan ham Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal 
rivojlantirish har qanday mamlakat iqtisodiyotining barqaror o‘sishini ta’minlovchi 
asosiy bo‘ga’in va amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning ustuvor 
yo‘nalishi hisoblanadi. Iqtisodiyotda ro‘y berayotgan turli ijobiy o‘zgarishlar ko‘p 
jihatdan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi bilan uzviy 
boga’liqdir. Respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni barqaror 
rivojlantirish va uni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mamlakat ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishining asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri qilib belgilangan. 
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlab o‘tganlaridek: “...jiddiy va 
kundalik e’tiborini talab qiladigan yana bir muhim yo‘nalish bor. Bu – xususiy 
mulk va tadbirkorlikni yanada rivojlantirish va ularning ta’sirchan himoyasini 
ta’minlashdir”[1]. Jamiyatimizning iqtisodiy negizi bozor iqtisodiyotiga 
asoslangan. Bozor iqtisodiyotining tayanchi sifatida esa kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlik sohasi muhim o‘rin egallaydi. Ushbu sohani jadal rivojlanishini 
ta’minlash maqsadida qonunchilik bazasini takomillashtirib borish ob’ektiv 


180 
zaruriyat hisoblanadi. Chunki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi 
mamlakat iqtisodiyotini barqaror yuksaltirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi 
daromadini oshirishning muhim omili hisoblanadi. Mamlakatimizda ham barqaror 
ijtimoiyiqtisodiy o‘sishni ta’minlashda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
subyektlarining o‘rni beqiyosdir. Xususan, ularning yalpi ichki mahsulotdagi 
salmoga’i muntazam o‘sib, 2016- yil yakunlari bo‘yicha 56,9 foizga, sanoatda esa 
45 foizga oshdi. Shuningdek ish bilan band aholining 78 foizi mazkur sohada 
mehnat faoliyatini yuritmoqda. Ushbu ko‘rsatkichlarga erishishda tijorat banklari 
kreditlash hajmining oxirgi yillarda o‘sishi ham muhim omillardan hisoblanadi. 
[1]. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning 2017-2021- yillarga 
mo‘ljallangan harakatlar strategiyasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
xususida quyidagilar ta’kidlangan: “...kichik biznes va xususiy tadbirkorlik milliy 
iqtisodiyotni yaratish, jamiyatning ijtimoiy barqarorligini asosi hisoblanuvchi o‘rta 
mulkdorlar sinfini shakllantirish, raqobat muhitini vujudga keltirish va barqaror 
iqtisodiy o‘sishga erishishda muhim omil bo‘lib hisoblanadi” [2] Kichik biznes va 
xususiy tadbirkorlikning mamlakatimiz iqtisodiyotidagi ahamiyatini oshirishda 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2016- yil 5- oktabrdagi 
“Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har 
tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga 
doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘ga’risida”gi farmoni alohida rol o‘ynadi, chunki 
bu farmonda xususiy mulkni huquqiy himoya qilishni yanada kuchaytirish, kichik 
biznes va xususiy tadbirkorlik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va har 
tomonlama qo‘llab-quvvatlashga asosiy e’tibor qaratilgan[3]. Mamlakatimiz 
iqtisodiyotini taraqqiy ettirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish bilan boga’liq 
masalalarni hal etishda tadbirkorlik faoliyatini erkinlashtirish juda muhimdir, 
aynan ushbu masalaga berilgan e’tibor yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, ushbu 
sohaning mamlakatimiz YaiMdagi ulushini doimiy oshib borishiga sabab 
bo‘lmoqda.


181 
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga 
qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida 2016- yilda tadbirkorlik 
bilan shug’ullanayotgan subyektlar soni 32 mingtaga yaqinni tashkil etdi. 
Shu o‘rinda biz mazkur sohaning mamlakatimiz hududlarida qanday 
ahamiyaga ega ekanligini Toshkent shahri va viloyati misolida ko‘rib chiqamiz. 1-
jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikning iqtisodiyot va uning tarmoqlaridagi ulushi ko‘rsatkichlarini 
respublikamiz va Toshkent viloyati hamda Toshkent shahri darajasini solishtirsak, 
YaiMdagi ulush 2016- yilda respublikamiz bo‘yicha 56,9 foizni, Toshkent 
viloyatida 57,1 foizni, Toshkent shahrida esa 58,9 foizni tashkil etgan, ya’ni 
poytaxt viloyatida va Toshkent shahrida bu ko‘rsatkich respublika darajasidan 
yuqoridir. Sanoat sohasiga keladigan bo‘lsak, bu ulush respublika bo‘yicha 45 foiz 
bo‘lsada, Toshkent viloyatida bu ko‘rsatkich ancha past, Toshkent shahrida esa 
71,4 foiz bo‘ldi. Bunday tendentsiya investitsiya sohasida ham saqlandi, aholi 
bandligida butunlay boshqacha holatni kuzatishimiz mumkin, chunki respublika 
bo‘yicha 78,1 foiz bo‘lsa, Toshkent viloyatida 76,8 foiz, Toshkent shahrida esa bor 
yo‘ga’i 37,1 foizni tashkil etdi. 

Yüklə 2,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin