O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti



Yüklə 490,83 Kb.
səhifə20/39
tarix01.12.2023
ölçüsü490,83 Kb.
#136952
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   39
Umumiy psixologiya-fayllar.org

6.5. Teri sezgilari
Teri sezgilari tarkibi tuyish va sharorat turlaridan iborat bo’lib, ularning bunday nomlanishining bosh omili - bu reseptorlarning teri va organizmning tashqi shilliq pardalarida joylashganligidir.
Tuyish sezgilari ikki xil axborotni qabul qilish imkoniyatiga ega bo’lib, ularning birinchisi tegish va tarqalishni tuyish sezgilar, ikkinchisi esa silliq yoki qidir-budurni tuyish bilan tavsiflanadi. Odatda tana a'zosiga naralarning tegishini sezish tashqi qo’zqalish kuchayganda siqiqni sezishga aylanadi, u yanada kuchayganda siqiq oqriq sezgisiga aylanadi.
Tuyish sezgilari organi - teridagi va tashqi shilliq pardalardagi tuyish tanachalari deb nomlanuvchi tanachalardan iboratdir. Tanachalarning ichida, qisman tashqarisida (epiteliyda) tuyish nervining chekka tarmoqlari mavjud, ular terida va shilliq pardalarda bir tekis taqsimlangan. Ular barmoqlarning uchlarida, til uchida, labda zich joylashgan, xuddi shu boisdan sezgirlik darajasi boshqalardan yuksakroqdir. qaysi yerda tanachalar siyrak bo’lsa, demak u joylarda sezish ko’rsatkichi shunchalik pastdir.
Psixologiyada tuyish tanachalari va sezuvchi nervning chekka tarmoqlari zichligi esteziometr asbobi yordami bilan o’lchanadi. Asbob keriladigan ikki oyoqli sirkuldan tashkil topgan bo’lib, uning o’zagidagi darajalar oyoqlarning uchlari o’rtasidagi masofani o’lchaydi.
Tuyishning aniqlik darajalari: a) barmoq uchlarida 1 mm-2 mmgacha, b) qo’l kaftida 10 mm, v) orqada 60-70 mm masofa bir yo’la ikki oyoqcha tegayotganligini sezish mumkin (masofa kamaysa, sezgirlik pasayadi).
Tuyish sezgilarining markazi bosh miya po’stining orqadagi markaziy pushtasida joylashgan deb taxmin qilinadi.
Tuyish sezgilarining tashqi, ya'ni fizik sababi - bu biron-bir narsalarning teriga bevosita tegishidir.
Sharorat sezgilari issiq yoki sovuqni sezish bilan tavsiflanadi. Maxsus tanachalarning ichida issiqni yoki sovuqni sezuvchi nervlarning chekka tarmoqlari joylashgan bo’ladi.
Ularning tashqa sababi - biron-bir sharoratga ega bo’lgan qattiq, suyuq va gazsimon jismlarning tanaga tegib turishidir. Issiqni yoki sovuqni farqlash qo’zqatuvchi sharorati bilan badan sharorati o’rtasidagi nisbat bilan belgilanadi. Masalan, qo’zqatuvchining sharorati badan sharoratidan past bo’lsa - sovuqni, agarda yuqori bo’lsa - issiqni sezamiz, shis qilamiz.
FARQLASh: a) jismlarning issiq o’tkazuvchanligi: temir va yung.
ShARORAT SEZGILARI: a) tashqi qo’zqatuvchilar, b) organizm ichida:qo’rqish - qon tomiri torayadi, uyalish - qon tomiri kengayadi.


Yüklə 490,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin