O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti



Yüklə 490,83 Kb.
səhifə35/39
tarix01.12.2023
ölçüsü490,83 Kb.
#136952
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Umumiy psixologiya-fayllar.org

2. Diqqatning fiziologik asoslari
Diqqatning fiziologik asoslarini tushuntirib berishda buyuk rus fiziologlari I. P. Pavlov va A. A. Uxtomskiylarning olib borgan ilmiy kashfiyotlari mushim ashamiyat kasb etadi.
Oliy nerv faoliyatining aloshida reaksiyalari bo’lmish orientir reflekslar tog’risidagi I. P. Pavlov ilgari surgan ilmiy taxmin (gipoteza) psixologiya fani uchun mushim shissa bo’lib qo’shildi, chunki "bu nimaq" refleksisiz diqqatning tabiatini ochish mutlaqo mumkin bo’lmas edi. I. P.
Pavlovning "bu nimaq" refleksi shaqidagi qoyasi ixtiyorsiz diqqatning qayri tabiiy (reflektiv) xususiyatini ochib berish uchun xizmat qildi. I. P. Pavlovning fikricha, biz paydo bo’layotgan siymoga nigoshimizni qaratamiz, eshitilgan tovushga quloq solamiz, dimoqimizga urilgan shidni zo’r berib yutamiz. Lekin ushbu muloshazalar refleks moshiyatini ilmiy jishatdan ochib berish imkoniyatiga ega emas, vasholanki uning negizini asoslash uchun bir talay omillarni keltirish zarur. Ye. N. Sokolov, A. R. Luriya, P. Ya. Galperin, Ye. I. Boyko va boshqalarning shozirgi zamon ma'lumotlariga suyanib muloshaza yuritilganda, I. P. Pavlovning orientir reflekslari juda murakkab jarayondir.
Aslini olib qaraganda, orientir kompleksiga tashqi xatti-sharakatlar, ko’zlarning va boshning qo’zqatuvchi tomonga burilishi, muayyan analizatorlarning sezuvchanligi, modda almashinuvi, nafas olish, yurak urish va qon aylanish sharakati, teri-galvanik reaksiyalari, vegetativ nerv tizimsi xususiyati va miyaning elektr faolligi o’zgarishi kabi son-sanoqsiz jarayonlar kiradi.
I. P. Pavlov va A. A. Uxtomskiylarning ta'limotlariga binoan diqqatning sholatlari, sifatlari, xususiyatlari, birinchidan, qo’zqalish va tormozlanish jarayonlarining o’zaro birgalikdagi sharakati bilan, ikkinchidan, miya strukturasida shukm suruvchi qo’zqaluvchanlik bilan uyqunlikka egadir. I. P. Pavlovning taxminiga ko’ra, vaqtning shar bir lashzasida miya qobiqida qo’zqalish uchun ancha qulay (senzitiv) va maqbul sharoitga ega ekanligi bilan ajralib turuvchi u yoki bu qism shukm suradi. Aloshida ajratib ko’rsatiladigan mazkur qism nerv jarayonlarining induksiyasi qonuniyatiga binoan vujudga keladi. Bosh miya qobiqining biron bir qismida to’plangan (markazlashgan) nerv jarayonlari induksiya qonuniga muvofiq boshqa uchastkalarni tormozlanishga olib keladi. qo’zqalishning eng optimal markazida yangi shartli reflekslar vujudga keladi, differensiallash esa muvaffaqiyatli amalga oshadi. qo’zqalishning optimal o’choqi o’zgaruvchanlik xususiyatiga ega. Bu sholatni chuqurroq dalillash uchun I. P. Pavlovning ushbu fikrini keltirib o’tish joizdir: "Agar bosh suyak kosasi orqali ko’rish mumkin bo’lganda edi va agar eng optimal qo’zqaladigan katta yarim sharlar o’rni yoritilganda bormi, bu sholda biz fikrlaydigan ongli odamda uning katta yarim sharlari bo’ylab doimo o’zgarib turadigan, shakli va kattaligi qalati ko’rinishga ega bo’lgan shamda yarim sharlarning qolgan barcha bo’shliqida ko’proq yoki ozroq darajadagi soya bilan o’ralgan och rangli doqning u yoqdan bu yoqqa qay tarzda ko’chib yurishini ko’rgan bo’lardik" (dvasatiletniy opo’t ob'ektivnogo izucheniya vo’sshey nervnoy deyatelnosti (povedeniya)) jivotno’x.
Poln. sobr. soch. M. -L, Izd-vo AN, 1951, III tom, . 1kniga, 248 bet. I. P. Pavlov ta'kidlab o’tgan och rangli "doq" optimal qo’zqalish o’choqi markaziga mos keladi, uning sharakati tog’risidagi fikr esa diqqatning intensivligini ta'minlashning fiziologik omili shisoblanadi. I. P. Pavlovning qo’zqalish markazining bosh miya po’sti bo’ylab sharakat qilish yuzasidan ilgari surgan qoyalari, gipotezalari va bashoratlari keyinchalik N. M. Livanovning eksperimental tadqiqotlari materiallari bilan to’la isbotlandi.
Diqqatning fiziologik asosini tushunib yetishda A. A. Uxtomskiyning ilmiy ishlari katta ashamiyatga egadir.
Muallif diqqatning fiziologik mexanizmlari tog’risida tadqiqot o’tkazib dominanta prinsipini kashf qiladi. A. A. Uxtomskiyning nuqtai nazaricha, miya po’stida qo’zqalishning ustun va shukmronlik qiluvchi markazi shukm suradi. Olimning dominantaga basho berishga ko’ra, u yuksak darajadagi qo’zqalish markazi konstellyasiyasi (muayyan sholati) dir. Dominantaning shukmronlik xususiyati bundan iboratki, u qo’zqalishning yangi vujudga kelayotgan markazlarining faoliyatini cheklash bilan qanoat shosil qilmasdan, balki zaif qo’zqatuvchilarni o’ziga tortadi va ana shu yo’l bilan ularning shisobiga kuchayadi, muayyan darajada ustunlikka erishadi. A. A. Uxtomskiyning fikricha, dominanta qo’zqalishning barqaror markazidir. Shuning uchun dominanta tushunchasi diqqatning sharakatlantiruvchi mexanizmini ilmiy jishatdan dalillash uchun xizmat qilishi turgan gap.
A. A. Uxtomskiyning ta'rifiga binoan, dominanta- bu bir davrning o’zida ana shu markazda yuz beradigan reaksiyalar xususiyatini belgilab berishga qodir shukmron qo’zqalish o’choqidir. Uning fikricha, dominantalar vujudga kelgan paytda bosh qo’zqalish o’choqlari, ya'ni"subdominantalari" nisbatan kuchsiz qo’zqalish o’choqlari mutlaqo yo’qolib ketmaydi, balki ular o’zaro qo’shilib, dominanta bilan kurasha boshlaydilar. Mazkur qo’zqalish o’choqlarining o’zaro kurashishi natijasida subdominanta dominantaga aylanishi yoki oldingi dominanta esa subdominanta bilan o’rin almashishi mumkin shukmron qo’zqolish o’choqi shisoblangan dominanta diqqatining muayyan ob'ektga yo’naltirishi, to’planishi, mustashkamlanishi, barqarorlashning fiziologik asosidir.
Shunday qilib, diqqatning fiziologik asoslari tog’risida muloshaza yuritilganda fan olamida ikkita ta'limotning moshiyatiga to’xtaladi. Ushbu ta'limotlarning birinchisi (I. P. Pavlov qalamiga mansub) diqqatning fiziologik asosi qo’zqalish jarayonining bosh miya yarim sharlar qobiqining ayrim uchastkalarida to’planishi natijasida optimal qo’zqolish o’choqining shosil bo’lishi va ayni vaqtda manfiy induksiya qonuniga binoan miya qobiqidagi boshqa nerv markazlarining ma'lum darajadagi tormozlanishidir. Ikkinchisi esa A. A. Uxtomskiyning dominanta nazariyasining talqinidan iboratdir. Chunki dominanta muayyan nerv uchastkasidagi kuchli qo’zqaluvchanlik qobiliyatiga ega bo’lgan qo’zqalish markazidir. Dominanta mavjudligida undan boshqa nerv markazlari tormozlangan bo’ladi. U markaziy nerv tizimsiga kelgan shar qanday qo’zqolish, impulslarni qabul qilib, ularga tegishli javob qaytaradi-da, shu tariqa boshqa markazlarni tormozlash evaziga o’z faoliyatini yana kuchaytiradi. Shozirgi zamon psixofiziologiya fanida miyaning spesifik bo’lmagan tizimsiga oid turli tuzilishidagi diqqat sholatlarining retikulyar shaklsiya, talamuz, gipotalamuz va gippokamplarga aloqasi shaqida anatomik, fiziologik va klinik ma'lumotlar mavjuddir. Ular tog’risidagi muloshazalar keyingi sashifalarda beriladi.



Yüklə 490,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin