O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti


Xayol jarayonlarining fiziologik asoslari



Yüklə 490,83 Kb.
səhifə32/39
tarix01.12.2023
ölçüsü490,83 Kb.
#136952
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   39
Umumiy psixologiya-fayllar.org

5. Xayol jarayonlarining fiziologik asoslari
Xayol jarayonlarining, shu jumladan fantaziya obrazlarining vujudga kelishi inson miyasi faoliyatining mashsuli shisoblanib, bosh miya katta yarim sharlari po’stloq qismining funksiyasi orqali amalga oshadi. Xotira bilan xayolning fiziologik asoslari, mexanizmlari o’rtasida muayyan darajada o’xshashlik va ba'zi tafovutlar mavjudligini ta'kidlab o’tish joiz. Xotiraning fiziologik asosi muvaqqat nerv boqlanishlarining o’zaro birikuvi shamda faollashuvi (qayta jonlanishi, tormozlanishi)dan iborat bo’lsa, xayol jarayonida inson ontogenezida yuzaga keltirilgan boqlanishlar tizimi buzilishi (emirilishi) oqibatida yangi tizim shosil qilinadi.
Favquloddagi bunday sholat (birlashishi, yangi tizim) ma'lum eshtiyoj yoki birorta tasodifiy taassurot (tashqi ta'sir) orqali miya po’stida kuchli qo’zqolish o’choqining shosil bo’lishi tufayli vujudga kelishi mumkin. Xuddi shu boisdan xayol surayotgan shaxsda nerv shujayralarining gurushlari o’zaro yangitdan (qaytatdan) boqlanishi, shuning uchun fantaziya obrazlariga xos yangilik va o’xshashlik alomatlari mazkur yangicha boqlanishga bo’ysunadi.
Shunday qilib, xayol miya katta yarim sharlari po’stining funksiyasi shisoblanishiga qaramasdan, uning fiziologik mexanizmlari miyaning boshqa qismlari bilan boqliq ekanligi tog’risida faraz qilishga imkon tuqdiradi. Miyaning mana shunday chuqurroq qismlari gipotalam-limbik (yunoncha xypotxalamus anglatadi va yuksak markazlar majmuasidan iborat bo’lib, shar xil funksiyalar moslashuvini ta'minlab turadi; lotincha limbus chegara, chet, shoshiya degan ma'noni bildiradi; yunoncha txalamus tepalik degani tizimi fantaziya obrazlarining shakllanishi bilan ularni faoliyat jarayonlariga qo’shilishda miya yarim sharlari po’sti bilan birga qatnashadi. Tizimning po’stloq bilan po’stloqosti qismlari boqlanishi tufayli gipotalamus miya stvolining yarim sharlar bilan tutashuvida "limb" (chegara) shosil qiladi.
Inson miyasi fantaziya obrazlariga shamda organizmning periferik (chet) qismlariga boshqaruvchanlik ta'sirini o’tkazib, ularning faoliyatini o’zgartirib turadi. Shaxs asabiylashganida biror narsa shaqida qattiq o’ylasa, albatta tana a'zolarida ko’zga tashlanadigan o’zgarishlar sodir bo’lishi mumkin. Yuzaga kelgan bunday alomatlar (belgilar, izlar) "stigmat"lar deb nomlanadi (yunoncha stigma doq yoki chandiq degan ma'noni anglatadi).
Qadimgi xalq afsonlari, rivoyatlariga qaraganda inson qattiq jismoniy kaltaklangan davrini eslasa, go’yoki o’sha azobning izlari favquloddagi paytda yuzaga kelishi ta'kidlanadi. qo’rqinch sholat tog’risida xayol obrazlari yaratilsa, odamga uchuq chiqishi, lablari yorilganday shis etishi voqeliklari uchrab turadi. Masalan, chekish va ichishni mutloq tashlagan shaxs papiros yoki spirt ichimligi tog’risida o’ylasa, uning oqiz bo’shliqida tamaki ta'mi, aroqning achchiqligi paydo bo’lishi mumkin. Inson juda suvga tashna bo’lsa yoki ochlik azobi qiynasa, ular tog’risida o’ylasa, "shirin qoniqish" "lazzatlanish" shislari vujudga keladi. Psixologiyada qo’rqinch sholati tog’risida muayyan materiallar to’plangan va tashlil qilingan. qo’rqinch yunoncha pxobos "fobiya" deb nomlanadi. Fobiya muayyan sharoitlar va vaziyatlarda shaxsda vujudga keladigan kuchli asosga ega bo’lmagan qo’rqinch va tashvishlanishdan iborat, inson tomonidan yengish imkoniyat yo’q muttasil psixopatologik sholati. Mazkur patologik sholatning ba'zi birlariga tushuncha berishga sharakat qilamiz: 1)agarafobiya-shaxsning gavjum maydonlardan, shosh ko’chalardan o’tishiga qo’rqishi; 2) kaustrofobiya-insonning eshigini quluflab yolqiz o’tirishidan qo’rqishi; 3) monofobiya- shaxsning yakka-yu yolqiz, shech kimsiz qolishdan qo’rqishi; 4) atropofobiya- insonning ko’pchilik davrasidan, shaloyiqdan qo’rqishi; 5) nazofobiya-odamning kasal bo’lib qolishdan qo’rqishi; 6) eyrotrofobiya- shaxsning ko’pchilik davrasida izza bo’lishdan, o’zini yo’qotib qo’yishdan qo’rqishi; 7) didaktogen-o’quvchi yoki talabaning o’qituvchidan qo’rqishi; 8) yatrogen-bemorning shifokordan qo’rqishi va shokazo.
Xayolning organik jarayonlari bilan uzviy boqliqligi shaqidagi ma'lumotlar yana ideomotor (yunoncha idea-tushuncha, tasavvur, lotincha motor sharakatlantiruvchi degan ma'noni bildiradi) aktlar (sharakatlar)da mujassamlashgan bo’ladi. Inson u yoki bu sharakatni tasavvur qilish bilanoq xuddi shu narsaning tabiiy ravishda bajarilishi boshlanadi. Masalan, shaxs qaysidir ashulani dildan o’tkazsa, uning xirgoyisi amalga oshiriladi yoki rubob tog’risida tasavvur qilinsa, undagi barmoq sharakati tasadifiy ijroga kirishadi va boshqalar.


Yüklə 490,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin