O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi oʻzbekiston milliy universitetining jizzax filiali amaliy matematika fakulteti «kompyuter ilmlari va dasturlashtirish»



Yüklə 57,76 Kb.
səhifə7/13
tarix14.12.2023
ölçüsü57,76 Kb.
#140703
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m-fayllar.org

Kurs ishi matnini yozish
Kurs ishini bajarishda uni yozish va rasmiylashtirish muhim va ma’suliyatli bosqich hisoblanadi.
Kirish qismida talaba tanlagan mavzuning dolzarbligi, maqsadi, vazifalari, ahamiyati, uni oʻrganish darajasi, metodlari, yangiligi, muammoni oʻrganishga qaratilganligi va kurs ishi boʻyicha oʻz oldiga qoʻygan masalalar mazmunini qisqa (2-3 bet) bayon etadi. Shuningdek, kurs ishining kirish qismida mavzuning hozirgi kundagi dolzarbligi, amaliy ahamiyati, rivojlantirishga nisbatan talablari, maqsadi, vazifasi, amaliy ahamiyati, ilmiy ahamiyati, iqtisodiy samarasi, axborot bazasi, yangiligi kabi ilmiy-ijodiy talablarga javob berishi lozim. Kurs ishi kirish qismida mavzuning asl masalasi, tadqiqot printsiplari, ishni yoritishning metodik omillari, tahlil printsiplari keltirilgan boʻlishi lozim. Kurs ishi kirish qismida keltirilgan materiallar birinchi oʻrinda davlatimizning kasb-hunar ta’limi sohasidagi davlat siyosati printsiplari, dolzarbligini yorituvchi mavzuning aso maqsadini keltiruvchi ilmiy farazlari keltirilgan boʻlishi lozim.
Asosiy qismda belgilangan savollarni yoritishda masalaga uzviy bogʻliq boʻlgan nazariy bilimlar bilan bir qatorda talaba tomonidan toʻplangan materiallar, ma’lumotlar, tushunchalar mohiyati yoritiladi vataxlil qilinadi. Olingan natijalar, yangiliklar, gʻoya va fikrlar ilmiy jihatdan asoslanadi va oʻrganilgan adabiyotlar, me’yoriy xujjatlar va boshqa manbalardan toʻplangan ma’lumotlar toʻla tahlil qilinadi. Ushbu yoʻnalishda bajarilgan ishlarning mamlakatimiz va xorijiy davlatlar tajribasi ham bayon etilishi maqsadga muvofiq keladi. Agar talaba mavzu boʻyicha olgan natijalarni tanqidiy baholay olsa kurs ishining qiymati yanada oshadi. Asosiy qismda mavzu moxiyati yanada kengroq ochishda mavzuga doir chizmalar va jadvallarni koʻrsatib oʻtish mumkin.
Nazariy tomondan oʻrganilayotgan masala chuqur yoritilgandan soʻng kurs ishini bajaruvchi nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan oʻzaro bogʻlay olishi kerak. Ish boʻyicha berilayotgan takliflar asosli boʻlishi va takliflar aniq, loʻnda va tushunarli qilib bayon qilinishi kerak.
Talaba kurs ishi matnini yozishda adabiyotlar va manbalardan olingan iqtiboslar va mualliflarning qarashlari qoʻshtirnoq ichida berilishiga e’tibor berilishi lozim.
Xulosa qismida kurs ishining barcha qismlari doirasida bajarilgan ishlarga umumiy yakun yasaladi. Ushbu kurs ishi doirasida erishilgan asosiy natijalar xulosa va takliflar, tavsiyalar koʻrsatib oʻtiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatini tuzishda ishning xulosa qismidan keyin keltiriladi, roʻyxatga faqat ishni yozish jarayonida muallif tomonidan foydalanilgan adabiyotlar, qonunlar, qarorlar, maqolalar, tezislar, avtoreferetlar, jurnallar, gazetalar va x.k.lar kiritiladi.
Amaldagi «Xujjatlarni biblografik roʻyxatga olish» davlat standartiga muvofiq kurs ishlarida foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatida quyidagilar keltiriladi:
- kitob, monografiya, darslik, oʻquv qoʻllanmalar uchun muallif (lar) ning familiyasi, ismi, va otasining ismi bosh harflari, kitobning nomi, nashr joyi, nashriyot nomi, nashr yili, betlar ;
- toʻplamdagi maqolalar va tezislar uchun muallif (lar) ning familiyasi, ismi va otasining ismi bosh harflari, maqola nomi, toʻplamning nomi, nashr joyi, nashr yili, betlar toʻplamdagi maqola nomi toʻplam nomidan // belgisi bilan ajratiladi.
Jurnaldagi maqolalar uchun muallifning familiyasi, maqola nomi, jurnal nomi yili, betlari, maqola nomi ham jurnal nomidan // belgisi bilan ajratiladi.
Kurs ishida foydalanilgan manbaalar adabiyotlar roʻyxatidan alfavit boʻyicha joylashtiriladi. Agar talaba ayrim ma’lumotlarni internetdan olgan boʻlsa, muallif va ishning nomi keyin WEB sayti koʻrsatiladi.
Kurs ishini yozish jarayonida talaba adabiyotlarida keltirilgan boshqa olim va mutaxassislarning fikrlarini keltirish mumkin. Bunday xollarda matnda ushbu adabiyotlardan foydalanilganlik belgisi qoʻllaniladi.
Ayrim vaqtlarda mavzuga oid qonunlar, xukumat qarorlari va me’yoriy xujjatlardan aynan koʻchirmalar keltiriladi. Bunday hollarda satr osti izohi beriladi.
Satr osti izohlari sahifa soʻngida berilib, matnda har bir sahifa uchun ketma – ketlik asosida raqamlanadi yoki yulduzchalar bilan belgilanadi
Ilovalar qismida kurs ishi mavzusiga oid chizmalar, jadvallar, ishlash texnologiyasi asosidagi kategoriyalar va turli tushuncharni keltirib oʻtishi yoki matn tarzida atamalar asosida izohlarni keltirib oʻtishi lozim. Ilovalar qismida kurs ishi mavzusiga tegishli boshqa chizmalardan ham foydalanish mumkin.
Kurs ishini yozishda talaba avallo raxbarning koʻrsatma va maslahatlariga rioya etishi zarurdir.

Yüklə 57,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin