O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi oʻzbekiston milliy universitetining jizzax filiali amaliy matematika fakulteti «kompyuter ilmlari va dasturlashtirish»



Yüklə 57,76 Kb.
səhifə8/13
tarix14.12.2023
ölçüsü57,76 Kb.
#140703
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m-fayllar.org

Kurs ishini rasmiylashtirish
Kurs ishini rasmiylashtirish belgilangan talab va standartlarga javob berishi kerak. Kurs ishi matni sahifaning ma’lum chegaralarida joylanishi chizma va jadvallarni rasmiylashtirilishi, bir xil formatdagi oq qogʻozlardan foydalanilishi ishni sifatli va umumiy talablar boʻyicha yoritilishiga olib keladi.
Kurs ishi asosan A4 (210x297 mm) formatidagi oq qogʻozlarga kompyuterda tushunarli tarzda, qisqartirishlarsiz, aniq va ravon tilda oʻz qoʻli bilan davlat tilida (rus guruxlarda rus tilida) yozilib, printerda chop etiladi. Kurs ishi hajmi 25-30 betni (ilovalardan tashqari) tashkil etishi lozim. Har bir sahifani chap tomonda 30 mm, oʻng tomondan 15 mm tepa va pastki tomondan 20 mm qoldirilgan holda yoziladi. Kurs ishi matnlari qogʻozning bir tomoniga har sahifaga 25- 30 qator yoziladi (1.5 intervalda). Har qatorda 7-8 ta soʻz joylashishi mumkin. Barcha satr osti izohlari qaysi sahifaga tegishli boʻlsa, oʻsha sahifada keltiriladi.
Har bir qism, kirish, asosiy va xulosa qismlari, ilovalar yangi sahifalardan boshlanadi. Qismning nomi va matn orasi yaqqol ajralib turishi kerak. Qismdagi sarlavhalar qismning tartib raqami bilan boshlanib, unda soʻzlarning boʻgʻin koʻchirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Sahifa tartib raqami sahifaning pastda oʻrta qismida keltiriladi. Kurs ishida keltirilgan qismlar, shuningdek ilovalar ham sahifalanadi. Jild varagʻi 1-bet sanaladi, unga tartib raqami qoʻyilmaydi.
Kurs ishi qismlari quyidagicha joylashtiriladi: jild varagʻi, mundarija, kirish, asosiy qism, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati, ilovalar.
Ilovada turli xujjatlar, katta hajmdagi chizmalar, jadvallar va shu kabilar beriladi. Kurs ishi yuzasiga taqriz uchun oq qogʻoz qoʻyilishi maqsadga muvofiqdir. Kurs ishi materiallarida ilovalarni keltirish tartibi har bir berilayotgan mavzuga tegishli ilovaning jadval, matn, rasm, animatsion koʻrinishlari pastki qismida ilovaning nomi keltirilishi, izohlari berilishi lozim. Ilovalarni keltirishda hisob ishlari, kasb-hunar ta’limida ma’lum mavzuga tegishli hisob jadvallarini kiritishning qiymati, natijasi aniq va ravon keltirilishi lozim. Unga koʻra ilovalarni mavzuga tegishli hisob ishlari yoki kurs ishlari jadval va grafiklarining ijodiy xususiyatini aks ettiradi.
Kurs ishini rasmiylashtirishning hujjatlar tashqi koʻrinishi, etik va estetik jihatlariga e’tibor qaratish lozim. Unga koʻra har bir kurs ishi materialida oʻrganuvchi tomonidan olinishi va foydalanuvchiga qulay tartibdagi materiallarni keltirilishi kurs ishining ilmiy saviyasini keltirib oʻtadi.
Kurs ishini rasmiylashtirish tartibi tikilgan va papkada tayyorlangan boʻlishi lozim. Turli fayl va rangli materiallarda kurs ishini keltirib oʻtish taqiqlanadi.
Jild (titul) varagʻi kurs ishining 1-beti boʻlib, unda Vazirlik, oliy oʻquv yurtining nomi fakultet va kafedra, kurs ishi mavzusi, ta’lim yoʻnalishi, kursi, guruxi, muallifning familiyasi, ismi va sharfi, ilmiy rahbarning ilmiy unvoni va darajasi, familiyasi, ismi va sharifi keltiriladi. (1-ilova).

Yüklə 57,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin