O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi oʻzbekiston milliy universitetining jizzax filiali amaliy matematika fakulteti «kompyuter ilmlari va dasturlashtirish»



Yüklə 57,76 Kb.
səhifə6/13
tarix14.12.2023
ölçüsü57,76 Kb.
#140703
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m-fayllar.org

Kurs ishi rejasini tuzish
Kurs ishi tanlangan mavzuning dolzarbligi asoslangan kirish qismidan, ilmiy rahbar bilan kelishib tuzilgan rejaga koʻra nazariy va amaliy masalalar yoritilgan asosiy boʻlimdan, shuningdek, xulosa va takliflar yozilgan xotimadan iborat ishdir.
Rejadagi koʻzda tutilgan masalalar tarkibiy mavzuning mohiyatidan kelib chiqishi, aniq boʻlishi va oʻrganilayotgan muammoni har taraflama aks ettirishi muhimdir.
Rejadagi har bir masala oʻzaro bogʻlangan boʻlishi lozim, ularni yoritishda esa Algoritmik tillar va dasturlashning mohiyatini va nazariy asoslarini aks ettituvchi tushunchalarning biror ta’lim muassasalarning amaliy ish faoliyatiga bogʻlangan boʻlishi ham e’tibordan chetda qolmasligi kerak.
Quyida namunaviy tanlab olingan mavzu boʻyicha reja tuzish tartibi misol tariqasida keltirilmoqda:
Mavzu: C# da mehmonxona boshqaruv tizimini ishlab chiqish
KIRISH
I. C# dasturlash muhitida foydalanuvchi interfeysi bilan ilovalarni yaratishning nazariy asoslari
1.1. Boshqaruv tizimlarini ishlab chiqish uchun texnik topshiriqni aniqlash
1.2. Boshqaruv tizimi dastiruy loyihasi uchun dizayn bilan ishlashning muhim jihatlari
II. Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi uchun funksional talablarni ishlab chiqish
2.1. Tizim loyihasini modellashtirish
2.2. Tizim uchun ma’lumotlar bazasini shakllantirish
Xulosa va takliflar
Foydalanilgan adabiyotlar
Ilovalar
Ma’lumotlarni toʻplash va qayta ishlash
Ushbu bosqichda talaba adabiyotlar, internet ma’lumotlari va boshqa manbalar asosida mavzuni har tomonlama yoritish maqsadida ma’lumotlar toʻplaydi va ular boʻyicha hisob – kitoblarni amalga oshiradi. Ushbu bosqichda iqtisodiy va tarbiyaviy taxlil usullaridan foydalanib, tegishli xulosalar chiqariladi.
Kurs ishini yozish jarayonida bakalavriat ta’limi yoʻnalishining semester yakunidagi malakaviy amaliyot va unga oid oʻquv-metodik materiallaridan hisob shakllari, oʻquv jarayoni koʻrsatkichlari asosida foydalanish ham tanlangan mavzuning amaliy jihatini aks ettiradi.
Kurs ishi nazariy jihatdan turli manbalardagi ma’lumotlar tahliliga asoslangan boʻlib, mavzuga mos muammolar, takliflar, sxema, grafik, jadval va diogrammalarda mujassamlashtirilgan boʻlishi lozim.
Shuningdek, hozirgi kunda davlatimizning kasb-hunar ta’limi tizimidagi davlat siyosati va uning amaliy ahamiyatini yoritishga qaratilgan ustuvor yoʻnalishlarga bagʻishlangan koʻrsatkichlar, ma’lumot taxlil jadvallari, kasb-hunar ta’lim tizimidagi ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy, tashkiliy jihatlarning yangi qirralarini ochib, tahliliy omillar sifatida keltirib oʻtish ham kasb-hunar ta’limi mutaxassisligining iqtisodiy munosabatlari sharoitidagi amaliy ahamiyatini aks ettiradi.

Yüklə 57,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin