,park ,short ,burn
Bog’ kalta yondirmoq
Talabalarning mustaqil ishlashlari uchun
5-mashqqa ko’rsatma
Ingliz [a:] tovushi o’zbekcha (q, x, g’) dan avval keladigan [a] tovushiga o’xshashdir. Shuning uchun til orqaroqqa tortiladi, til-ning orqa qismi yuqoriga ko’tariladi, jag’ o’rtacha pastga tushiriladi. Bu tovush o’zi doim urg’u olgani uchun uni past ovozda talaffuz eting. Og’zingizni katta ochmang, chunki undatil oldinga xarakat qilib qoladi. Tovushni o’zini bir necha bor talaffuz qiling, so’ng so’zlarni o’qing.
Inglizcha [f]tovushi bilan boshlanadigan so’zlarda pastki labingizni yuqori tishlaringizga yaqinlashtiring, o’zbekcha [f] lab-lab tovushidir. Shunga ehtiyot bo’lib, oynakka qarab nafasni shiddat bilan yuqori tish va pastki lab orasidan chiqaring.
Inglizcha [e:] tovushida tilingizni orqaga tortib, tovushni til orqasida ayting. Bu tovush o’zbekcha [o] ga o’xshash, lekin inglizchasini cho’zib, lablaringizni qimirlatmasdan past ovoz bilan talaffuz eting. So’zlarni o’qiyotganingizda oxirgi jarangsiz undoshlarni kuch bilan ayting.
Inglizcha [e:] tovushini talaffuz qilayotganingizdatovushning boshlanishi [ou] diftongiga o’xshash yoki o’zbekcha [o’] ga o’xshaydi. Lablaringizni cho’zmang, qimirlatmang. Girl [gә:l] so’zini aytganda o’zbekcha [o’] tovushidan avval inglizcha [e] tovushini qo’shib ayting.
Dostları ilə paylaş: |