Talabalarning mustaqil ishlashlari uchun
1-mashqga ko’rsatma
[t, d, n, I] tovushlarini yuqorida aytilganidek talaffuz qiling. Ular o’zbek tilidagidek tish tovushi emas, aksincha tish orqasidagi bo’rtma (alveol) tovushlaridir. Tilingizni uchini tish orqasidagi milk bo’rtmalarga qo’yib, keskin talaffuz eting, th [Ө va р] tish oralig’i tovushlaridir. Bu tovushlarni talaffuz etayotganda lablaringizni ustki va pastki tishlarning qirrasi ko’rinadigan darajada oching, til yoyiq va uning uchi tishlar orasidan asta-sekin chiqariladi; tilning yon tomonlari tishning yon tomonlariga tegib turadi. Havo oqimi til uchi bilan ustki tishlar orasida hosil bo’lgan oraliqdan o’tadi; [р] tovushi jaranglidir, xuddi ari uchayotgan tovushni eslatadi. [Ө] tovushi jarangsiz, tovush zo’rg’a eshitiladi, havo oqimi kuchli o’tishi kerak. [рi:z] so’zini talaffuz etganda til uchi tishlar orasidan tezda tishlar orqasiga [z]ga o’tishi zarur va til ko’rinmasligi kerak. O’z-o’zingizni tekshirish uchun oyna ishlating va [р ouz] so’zini ham mashq qiling.
Ingliz tilidagi [l] tovushi so’z oxirida yoki undoshdan oldin kelsa qattiq, unlidan avval kelsa yumshoq aytiladi: late [leit], mule [mju:l]. O’zbek tilida [l] tovushidan avval unli kelsa, u yumshoq aytiladi: kel, bel, fol. Lekin ingliz tilida so’z oxirida [l] tovushi hamma vaqt qattiq aytiladi.
Til oldi unli tovushlari [i:, i, e, ї, ei, ai] da til oldinga harakat qiladi, til uchi pastki tish asosiga tekiziladi.
Agar [r, t, k] tovushlaridan keyin urg’uli — unli tovush kelsa, [h] nafas tovushi bo’lib talaffuz qilinadi: [ph, th, kh] ya’ni undosh tovush unli tovushdan nafas bilan ajratilib talaffuz qilinadi: [thaim]. Jarangli undosh tovushlarni kuchli, ayniqsa so’z oxirida shiddatli talaffuz qiling. Kuchsiz jarangli [s, p, t, k] tovushlardir. Ayniqsa [b, d, g, z] tovushlarini talaffuz qilganda ulardan keyin [ә] tovushini ishlatmang: [gaid, meid].
Ingliz unli tovushlari [i:, u:] ni o’zbek [i, u] tovushlariga qaraganda kuchli va cho’zibroq talaffuz etish kerak. [ei] va [ai] o’zbek tilida qattiq ovoz bilan undov, xitob va chaqiriqlarda ishlatiladi. "Hey, bu yoqqa yuring!" yoki "Voy, men qo’limni kuydirib oldim". Hamma ingliz diftonglarining birinchi qismi kuchli va cho’ziq, ikkinchisi esa, astaroq va qisqa aytiladi. Diftong [ou] o’zbekcha [o’] tovushiga to’g’ri keladi va unga [u] tovushi qo’shiladi [o’u].
Hamma so’zlarni pasayuvchi ohang bilan talaffuz qiling, u qat’iy va kuchli eshitilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: |