O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


YORDAMCHI SO‘ZLAR UMUMIY MA’NOSINING NUTQIY VOQELANISHI



Yüklə 136,16 Kb.
səhifə17/36
tarix09.05.2022
ölçüsü136,16 Kb.
#115700
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m

YORDAMCHI SO‘ZLAR UMUMIY MA’NOSINING NUTQIY VOQELANISHI
Til murakkab qurilishli yaxlitlik bo‘lib, shu bois bu butunlik tarkibiy uzvlarning oddiy yig‘indisidan iborat emasligi, balki «hajman» ular yig‘indisidan kattaroq ekanligi sistem tekshirish jarayonida qator muammolarni yuzaga chiqaradi. Ma’lumki, lisoniy substansiya hech qachon bus-butun holda namoyon bo‘la olmaganligi sababli har bir nutqiy zuhurotda u ma’lum bir qirrasini namoyon qiladi. Shu boisdan lison va nutqning ushbu murakkab munosabati tufayli tadqiqotlarda tilning sistem tabiati bot-bot eslatib turilsa-da, muayyan tekshirishlarda sistemaviylikni asoslash muayyan sath doirasidan tashqariga chiqa olmaydi.

Lisoniy substansiya nutqda voqelanar ekan, bunda til tarkibiy uzvlarining dialektik munosabati yaqqol namoyon bo‘ladi. Aniqrog‘i, muayyan sath birligining mohiyati shu sistema doirasida tiklansa, va, shunga muvofiq, uni voqelantirishda ishtirok etgan boshqa sath tajallilari chetlatilsa, mohiyatning yuzaga chiqishida, oraliq holatlar orqali hodisalar sifatida zohir bo‘lishi va farqlanishida boshqa sathlar tajallilarining roli va funksional qiymati masalasini aniqlash tilning yaxlit substansiyaligini ochishdagi muhim bosqichdir. Zero, til nutqda yaxlit sistema sifatida voqelanadi.

Til murakkab butunlik bo‘lib, uning tarkibiy qismlari sifatida fonologik, leksik (semantik), morfologik, sintaktik va uslubiy (funksional) sathlar ajratiladi. Til sistemaviy (butunlik) tabiatga ega ekanligi bois uning tarkibiy qismlari ham sistem xarakterdadir. Tilning har bir tarkibiy qismi, ya’ni sathining izchil sistemaviyligi, shuningdek, bu sistemaning butunlik sifatida o‘z tarkibiy qismlarining oddiy, arifmetik yig‘indisidan iborat emas, balki ular yig‘indisidan kattaroq alohidalik ekanligi uning sistemaviy tadqiqi jarayonida qator qiyinchiliklarni vujudga keltiradi. Zero, lisoniy substansiya hech qachon to‘la-to‘kis voqelanmaydi, lekin voqelangan har bir nutq parchasida uning turli zarralari qorishgan holatda bo‘ladi. Nutqiy parchalar esa lisoniy paradigmatik sistemaviylikka ega bo‘lmagan, o‘z butunligidan uzilgan hodisalardir. Lison va nutqning mana shu murakkab munosabati tufayli ko‘p hollarda tilning sistemaviyligi deklarativ ravishda e’tirof etiladi-yu, tadqiq jarayonida bu umumlisoniy sistema yaxlitlikda qamrab olinmaydi. Shu bois uzoq yillar davomida, asosan, nutqiy hodisalar bilan shug‘ullanib kelgan tilshunoslar uchun tilning sistemaviy tabiatini ilg’ash imkoniyati vujudga kelmagan edi. Chunki nutqiy parchalarda turli sath birliklari o‘zaro qorishgan holatda voqelanadi va borliqqa obyektiv yondashuvchi tilshunos fahmiy-tavsifiy usul bilan o‘z obyektini tadqiq qilar ekan, shu qorishiq holatni o‘z tadqiqotida aks ettirishga majbur bo‘ladi.

Tilni sistema sifatida tadqiq etish kurtaklari aslida til sathlarini ajratish bilan bog‘liq. Biroq hozirgina qo‘llangan “tilni sistema sifatida o‘rganish” birikmasini “til sathlarini sistema sifatida o‘rganish” tarzida tushunmoq lozim. Zero, tilni sistema sifatida o‘rganish bilan lisoniy sathlarni sistema sifatida o‘rganish bir narsa emas. To‘g‘ri chiziqlarning xossalari va ularning tadqiqi uchburchaknikidan farq qilganligi kabi til ham sistema sifatida o‘z sathlari qonuniyatlaridan farq qiluvchi butunlik bo‘lib, uning qonuniyatlari va tadqiq usullari alohida sistemalar sifatida olingan fonologik, leksik, morfologik, sintaktik va uslubiy sathlar xossalari hamda o‘rganish qonuniyatlaridan ajralib turadi. Shuning uchun tilni yaxlit sistema sifatida o‘rganish insonshunoslik, jamiyatshunoslik kabi fanning alohida yo‘nalishini tashkil etsa, lisoniy sathlarni sistema sifatida o‘rganish tilshunoslikning maxsus bo‘limlariga xos vazifalardir. Tilning rivojlanish xususiyatlari, yashash sharoiti, o‘zining asosiy funksiyasi – fikrni shakllantirish va uni ifodalash vazifasini bajarishdek lisoniy sistemaning yaxlitlikda ado etadigan funksiyasini tadqiq qilish sotsiologiya bilan tilshunoslik oralig‘idagi alohida bir fan – XX asrning 2-yarmida Yevropa mamlakatlarida jadal rivojlangan, bizda esa endigina shakllanayotgan sotsiolingvistika yo‘nalishining tadqiq manbaidir.




Yüklə 136,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin