O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m
Tadqiqotning metodologik asoslari va tadqiq usullari. Til dalillariga nazariy yondashuvning metodologik asoslari bo‘lmish dialektik mantiq hamda dialektika kategoriyalari, tasavvufning gnoseologik ta’limoti, xususan, uning substansiya (zot) va aksidensiya (tajalli), juzv va kull kabi tayanch tushunchalari asosida ish ko‘rish tadqiqotning falsafiy bilish yo‘llari hisoblanadi. Tadqiqot lison va nutq hamda me’yorni izchil farqlaydigan sistem tekshirish, komponent tahlil usullari asosida bajarildi.