O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m
Salimga oldim.
Salim uchun oldim.
Salimga atab oldim. Sintez tahlil (umumlashtirish) jarayoni tajribasidan ma’lumki, narsalarning mohiyati shu paradigmaga birlashuvchi unsurlarga qiyosan ularning farqlari, o‘xshashliklari va umumiyliklari asosida ochiladi. Keltirilgan misollar taqqoslanganda jo‘nalishi kelishigi orqali (vositasida) ifodalangan “atash” ma’nosining ko‘makchilar orqali konkretlashgani, darajalanish munosabatida kuchaygani seziladi. Bu holat esa darajalanish munosabati nafaqat kelishik shakllari orasida, balki bir butun paradigmadagi so‘zlarni bog‘lovchi vositalar doirasida birdek amal qilishini yana bir bor isbotlaydi.