Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot grammatik kategoriyalarning lisoniy tizim yaxlitligi nuqtai nazaridan tavsifini berish, umuman olganda, har qanday lisoniy birlikning lisoniy qiymati murakkab mohiyat sifatida turli boshqa umumiyliklarning sintezi sifatida mavjud bo‘lishi qonuniyati nuqtai nazaridan tekshirish uchun namuna vazifasini o‘taydi.
Tadqiqot natijalaridan o‘zbek tilshunosligining morfologiya sohasi bo‘yicha darslik va qo‘llanmalar tuzishda, maxsus kurslar yozishda, shuningdek, akademik grammatikalar yaratishda foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: |