O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti Iqtisodiyot Ta’lim yo’nalishi III kurs iu-20 o’zbek guruhi talabasi Zakirova Zarinaning


Bank tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlar va ularni rivojlanishi



Yüklə 74,08 Kb.
səhifə11/13
tarix12.10.2022
ölçüsü74,08 Kb.
#118256
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
prak.Agrobank Zakirova Zarina1

3.3 . Bank tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlar va ularni rivojlanishi
Banklarni yangi xizmatlarini rivojlanishida rivojlangan mamlakatlarning bank faoliyatini о’rganish xamda, yangi xizmatlarni joriy kilish va ularni xayotga tadbik kilish muxim axamiyat kasb etadi. Misol uchun, Yaponiya davlatining bank xizmatlari uz mijozlariga yengilik yaratish maksadida yangi xizmat turlarini taklif qilmoqda va rivojlangan banklar moliya tashkilotlari tajribalaridan kelib chikkan holda banklar о’z xizmatlarini yangi turlarini hayotga tadbiq etmoqdalar. Yana bir misol elektron pul tо’lovlari pul tizimini shakllantirish jarayonida ISO (International Standarts Organisation) tashkil etilgan edi. U plastik kartochkalarining tashqi kо’rinishi bо’yicha, ularga xisob varaqlarining tartib rakamining berish; magnit polosasining formati; ya’ni kartochka egalari amalga oshiradigan operatsiyalar xaqida jо’natiladigan ma’lumotlar formati bо’yicha ma‟lum standartlarni ishlab chiqdi. ISO ning eng yirik a’zolari Uisa Master Card Amerikan Bepriss kabi plastic kartochkalar elementlari xisoblanadi. Sо’nggi yillarda plastic kartochkalar kо’llaniladigan muammolarning deyarli barchasi belgilangan xarid quvvatiga ega bо’lgan arzon plastik kartochkalarning soni ortib bormokda. Masalan, AKSH, Italiya, Fransiya, Buyuk Britaniya va boshka mamlakatlarda bunday kartochkalar telefon apparatlari orqali о’tkazilgan telefon suxbatlari uchun kullaniladi. Ular uchun umumiy xususiyat о’z qiymatlarini asta-sekinlik bilan tо’lov predmetiga о’tkazib borishdan iborat.
Elektron texnika yordamida tо’lash xizmatlari kursatishining yana bir turi mijozning uyida yoki ish joyida xizmat kursatishdir.
О’zbekistonda banklarni rivojlantirish maqsadida banklarni yangi xizmatlarni rivojlantirish xozirgi davrning dolzarb vazifalaridan biri xisoblanadi. Banklarning xizmatini yanada rivojlantirishni yangi turlarini taklif kilish, karxonalar faoliyatini yanada kо’prok yuksalishiga xizmat kiladi. Shu maqsadda banklar yangi xizmat turlarini taklif qilmoqda. Bular quyidagilardir:
1. Ipoteka krediti;
2. Iste’mol krediti;
3. Plastik kartochkalar;
4. Kommunal tо’lovlar;
5. Elektron tо’lovlar;
6. Bankomonatlar;
7. Ofisdan turib bank operatsiyalarini bajarish.
8. Vester Yunion va boshkalar.
Biz tahlil qilib о’rganayotgan “Agrobank” Guliston filialida kreditlar tavakkalchilik asosida berilmoqda va shundan daromad olinmoqda. Agar biz bankdan beriladigan kreditlarning turlari va ularning miqdori bilan tanishmoqchi bо’lsak ma’lumotlaridan kо’rinib turibdiki, KB va XT ni rivojlantirish va yangi ish о’rinlarini yaratish borasida ham bank tomonidan maqsadli va imtiyozli kreditlar ajratilgan. Masalan 2019- yilnig 1-yanvar xolatida о’tgan 2018 yil shu davriga nisbatan bank tomonidan ajratilgan yil boshidagi jami kreditlar miqdori 2634.6 mln sо’mga yoki 157 foizga oshgan. Berilgan kreditlarning asosiy qismini bankning о’z mablag’lari hisobidan amalga oshirilgan. 2019 yilda bank tomonidan KB subyektlarining moliyalashtirilgan loyihalari soni 130 tani tashkil qilgan yoki bu kо’rsatkich 2018 yilga nisbatan 5 taga kо’paygan. Loyiha bо’yicha berilgan kreditlar hisobiga 2019 yilning boshida jami 941 ta yangi ish о’rinlari yaratilgan.
Qishloq joylarida tadbirkorlik bilan shug’ullanadigan tadbirkor ayollarga esa jami joriy yilning boshida 210 mln sо’m kreditlar berilib ularning oilasini moddiy farovonligini oshirishga bank tomonidan hissa qо’shilgan.
Yana shuni ham alohida aytib о’tish lozimki, “Agorbank” tomonidan yosh oilalarga imtiyozli ravishda uy –joy sotib olish uni qurish borasida uzoq muddatli Ipoteka kreditlari berilmoqda.
Ipoteka kreditlari yashash joyida ro’yxatdan o’tgan shaxslarga kredit muddatini belgilangan xolda 18 yoshdan 55 yoshgachabulgan О’zbekiston Respublikasi fukorolariga beriladi (bunday yosh chegarasidan kredit muddati ayirib tashlanadi).
Shuni unitmaslik kerakki, banklar orkali pul saklaydigan joy, uni tarqatadigan yoki kredit beradigan kassa emas. Banklar iktisodiyotni boshkarish va tuzilmaviy siyosatni amalga oshirishning qudratli qurolidir. Ma’lumki, bunday siyosatni moliya, kapital zahiralarini qayta taqsimlash yо’li bilan, amalga oshiriladi. Bunday qayta taqsimlash yо’li bilan ustivor yо’nalishlarda bо’lgan ishlab chiqarish va ijtimoiy obyektlar yaratiladi. Banklar endi mablag’larni moliyaviy resurslarni kreditlar tarzida, ya’ni yaxshi foyda va samara beradigan markazlarga, sohalarga, mintaqalarga yо’naltirish imkoniyatiga ega bо’lishlari zarur bо’ladi. Shunda iqtisodiyotning xaqiqiy lokomotiviga aylanadilar va jamiyatda aholi turmush farovonligini oshirishga yana kengroq xizmat qiladilar.


Xulosa
Respublikamiz mustaqillikka erishgan dastlabki paytdan boshlab bank tizimida tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish davlatimiz iqtisodiy siyosatining muxim yunalishlaridan biriga aylandi. Ayni paytda tijorat banklari faoliyatining pirovard maqsadi olinayotgan foydani maksimallashtirishdan iborat bo’lib, ushbu maqsadga erishish bank aktivlari daromadliligini barqaror tarzda oshirib borishni taqozo qiladi. Mazkur jarayonda bank aktivlari daromadliligini oshirishning sifat jihatiga e’tibor qaratish muhim amaliy ahamiyatga egadir. Bunga erishish uchun esa, har bir tijorat bank o’zining moliyaviy resurslarini to’g’ri boshqara olishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida tijoratbanklarida moliyaviy mablag’larni boshqarish samaradorligini oshirish muammolari mavzusida olib borilgan bitiruv malakaviy ishi natijasida quyidagi takliflarni keltirib o’tishni maqsadga muvofiq deb o’ylaymiz:
- Tijorat banklarining kapitallashuvi va resurs bazasini yanada oshirish, mazkur sohaga xususiy kapitalni keng jalb etish, aktivlar sifatini yaxshilash hamda banklarning moliyaviy barqarorligi va likvidligini mustahkamlash;
- Respublika tijorat banklari faoliyatini tartibga solishva bank nazorati tizimini bank nazorati bo’yicha Bazel qo’mitasining yangi (Bazel III) talablari asosida takomillashtirish ishlarini davom ettirish;
- Iqtisodiyotning real sektorini moliyaviy qo’llab-quvvatlashga yo’naltirilayogan bank kreditlari hajmini yanada ko’paytirish, tijorat banklarining investitsion faolligini kuchaytirish;
- Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishini moliyaviy qo’llab-kuvvatlash, aholii bandligini oshirish, birinchi navbatda, yoshlar va ayollar bandligini oshirishga qaratilgan biznes loyihalarni moliyalashtirishga kreditlar ajratish hajmini kengaytirish;
- Bank sohasida qo’shimcha imtiyozlar va preferensiyalar joriy qilish hisobiga tadbirkorlik subektlariga bank xizmatlarini ko’rsatish borasida eng qulay shart-sharoitlarni yaratish;
- Tijorat banklarining moliyaviy resurslarini muddatlari bo’yicha diversifikatsiya qilish orqali boshqarish. Ya’ni, tijorat banklari o’zlarining moliyaviy resurslarni boshqarish jarayonida resurslarni daromad keltiruvchi aktivlarga jalb kilingan muddatlarini e’tiborga olgan holda joylashtirilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Chunki, resurslarni boshqarishda bu omilga e’tibor qaratilishi bankning o’z majburiyatlarini o’z vaqtida bajarishga imkon beradi.
- Aktivlarga joylashtira olish imkoniyatiga qarab resurslarni jalb qilish lozim. Bu taklifni berishdan asosiy maqsad shulki, ayrim banklar resurslarni ko„p miqdorda va yuqori foiz stavkada jalb qilishi natijasida resurslarni aktivlarga joylashtirib ulgurmaydilar. Buning natijasida bank ancha zarar ko’rish ehtimolidan holi bo’lmaydi.
- Banklarning daromad olish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida majburiy zahira talablarini kamaytirish. Majburiy zahira talablarining kamaytirilishi banklarning o’zlarida ko’proq resurs qolishiga va daromad keltiruvchi aktivlarga joylashtirish imkoniyatini beradi.
Keltirilgan takliflarimizni bank o’z faoliyatida imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda foydalansa iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishga zamin yaratadi degan umiddamiz.

Yüklə 74,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin