O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti Iqtisodiyot Ta’lim yo’nalishi III kurs iu-20 o’zbek guruhi talabasi Zakirova Zarinaning



Yüklə 74,08 Kb.
səhifə1/13
tarix12.10.2022
ölçüsü74,08 Kb.
#118256
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
prak.Agrobank Zakirova Zarina1



O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta
Maxsus Ta’lim Vazirligi


Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti
Iqtisodiyot Ta’lim yo’nalishi
III kurs IU-20 o’zbek guruhi talabasi
Zakirova Zarinaning
Agrobank” ATB Sirdaryo viloyati Guliston tumani filialida o’tkazilgan


MALAKAVIY AMALIYOT BO’YICHA


Hisoboti


Bajardi : IU-20 Guruhi talabasi Zakirova Zarina.
Rahbari : ______________


TOSHKENT-2022
MUNDARIJA
KIRISH


I.BOB. "AGROBANK" ATB NING TASHKIL ETILISHI VA FUNKSIYALARI.
1.1 Bank nomi va uning tashkil etilish tarixi
1.2 ATB “Agrobank”ning xizmat turlari va tashkiliy tuzilmasi
1.3 Bankda hisobvaraq ochish va bankning hisobvaraqlar rejasi haqida


II.BOB. "AGROBANK" ATBNING MOLIYAVIY KO'RSATKICHLARI VA IQTISODIY TAHLILI.
2.1 ATB “Agrobank”ning qimmatli qog’ozlar tahlili
2.2 ATB “Agrobank”ning daromad va xarajatlari tarkibi hamda ularning dinamikasi
2.3 ATB “Agrobank”ning kapital samaradorlik tahlili


III. "AGROBANK" ATBNING GULISTON FILIALINING HUQUQIY ASOSLARI VA MOLIYAVIY KO'RSATKICHLARI TAHLILI.
3.1 "Agrobank" ATBning Guliston tuman filialining tashkiliy huquqiy asoslari
3.2 "Agrobank" ATBning Guliston tuman filialining moliyaviy holatini tahlili
3.3 . Bank tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlar va ularni rivojlanishi


Xulosa va takliflar


Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati.


KIRISH
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2019-yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzalarida ta’kidlaganliklaridek: “Kreditlar ishlab chiqarish va infratuzilmani rivojlantirish, tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlashda zarur manba hisoblanadi. Bo'sh mablag’larni jalb qilib, ularni kredit sifatida tadbirkor va investorlarga taqdim etiladigan tijorat banklarining iqtisodiy jarayonlardagi roli juda katta.
Bu borada ko’rilgan tizimli choralar natijasida oxirgi ikki yilda banklar tomonidan investitsiya loyihalarini kreditlash ko’lami sezilarli darajada kengayib, kredit portfeli hajmi 3,2 barobarga oshdi. Hududlarni rivojlantirish dasturi doirasida 6400 (olti ming to’rt yuz)ta loyiha uchun 27.000.000.000.000 (yigirma yetti trillion) so’m kredit ajratildi.
Tanishuv amaliyoti maqsadini amalga oshirish asosida bizlardan quyidagi vazifalarni hal etish belgilangandi:
- nazariy bilimlarni amaliy bilim va ko'nikmalar orqali boyitish va kasbiy faoliyat bo'yicha orttirilgan bilimlarni chuqurlashtirish;
- sohada faoliyat yuritishga oid ko’nikmalarni shakllantirish;
- amaliyot o'tashda zaruriy materiallarni to'play olish, ulardan unumli foydalanish hamda tizimlashtirish;
- amaliyot o'tash natijasida olingan moliyaviy-iqtisodiy ko'rsatkichlarni tahlil qilish va omilli bog'liqlikda xulosalar yasash.
Tanishuv amaliyot davomida yuqoridagi mavzular bilan bir qatorda bankning korporativ mijozlar bilan, jismoniy shaxslar bilan ishlash, kredit bo’limi, buxgalteriya hisobi va hisoboti bo’limi. shuningdek. plastik kartochkalar bilan ishlash bo’limi xizmatlari va ishlari bilan tanishdim. Tanishuv amaliyot kunlari davomida nazariy ma’lumotlar asosida amaliy harakatlarni kuzatish imkoniyati yaratib berildi va bu amaliyotimni to’laqonli o’tashimni ta’minladi. Bank xodimlari tarkibi ko’plab malakali mutaxasislardan iborat bo’lib, bank joriy amaliyotlarini ulardan o’rganish menda malakaviy bilimlar va bank ishi sohasiga qiziqishimni yanada ortishiga o’z hissasini qo’shdi.
Ayni kunda ATB“Agrobank” ham xalqaro moliya institutlari va yetakchi xorijiy banklarning imtiyozli kreditlari, investitsiyalari va grantlarini jalb etib, Respublikamiz iqtisodiyotida muhim rol o’ynamoqda.
Mamlakatimizda tijorat bank tizimining uzluksiz rivojlanishi bozor munosabatlari sharoitidagi ob’yektiv zaruriyat bo’lib, bu o’z navbatida tijorat banklar innovatsion foalyatini uzluksiz nazorat qilishni va ularni samarali boshqarish uchun zarur ma’lumotlar bazasining yaratilishining uslubiy asoslarini takomillashtirishni talab etadi. “Bank tizimidagi islohotlar iqtisodiyotimizning barqaror o’sish sur’atlarini ta’minlashda eng muhim omil bo’ldi. Buning natijasida tijorat banklarining jami kapitali 25 foizga oshdi. ”O’zbekiston bank tizimi o’z sifatini yangi bosqichini boshidan kechirmoqda. Bu makroiqtisodiy vaziyatdagi jiddiy o’zgarishlar, umumiqtisodiy vazifalarni hal etishda banklarning innovatsion faoliyati va ta’sirining o’sishi bilan bog’liq. Chunki kredit va moliya operatsiyalarini asosiy qismini qamrab oladigan kredit tizimining hal qiluvchi bo’g’ini bank tizimidir.
O’zbekistonda bank tizimi mustaqil davlat iqtisodiy siyosatining muhim yo’nalishlaridan biri bo’ladi. Bank tizmini institutsional ahamiyat kasb etishda “O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki hamda banklar va bank faoliyati to’g’risida”gi qonunning qabul qilinishi hal qiluvchi rol o’ynaydi. Ikki darajali bank tizimining yaratilishi iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarga erishish va iqtisodiy islohotlarni mustaqil, o’ziga xos modelini hayotga tadbiq etish uchun moliyaviy tizim barpo etdi.

Yüklə 74,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin