O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti Iqtisodiyot Ta’lim yo’nalishi III kurs iu-20 o’zbek guruhi talabasi Zakirova Zarinaning


II bob. Agrobank ATBning moliyaviy ko’rsatkichlari va ularning iqtisodiy tahlili



Yüklə 74,08 Kb.
səhifə5/13
tarix12.10.2022
ölçüsü74,08 Kb.
#118256
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
prak.Agrobank Zakirova Zarina1

II bob. Agrobank ATBning moliyaviy ko’rsatkichlari va ularning iqtisodiy tahlili.
2.1 Agrobank ATBning qimmatli qog’ozlar tahlili
Makroiqtisodiy rivojlanishga erishishda qimmatli qog‘ozlar bozorining ahamiyati katta. Hukumatning qo‘llab-quvvatlashi va o‘z vaqtida qonuniy bazaning yaratilishi fond bozorining O‘zbekiston iqtisodiyotida munosib o’rin egallashiga imkon berdi. Hozirgi kunda qimmatli qog‘ozlar bozori infratuzilmasi barqaror faoliyat yuritmoqda. Respublikada yuqori texnologik jihozlar bilan ta’minlangan Fond birjasi va uning viloyatlardagi filiallari mav- jud. Qimmatli qog‘ozlar bozorining shakllanishi va rivojlanishida 1995-yil O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi bo‘yicha komissiyaning tuzilishi, 1996-yil «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqini himoya qilish to‘g‘risida» hamda «Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyati mexanizmi to‘g‘risida»gi qonunlarning qabul qilinishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Hozirgi vaqtda qimmatli qog‘ozlar bozorida turli qimmatli qog‘ozlar bilan savdo muomalasi amalga oshirilmoqda. Bozorda eng ko‘p muomalada bo‘ladigan qimmatli qog‘ozlardan: aksiyalar, davlat qisqa muddatli obligatsiyalari, tijorat banklarining depozit sertifikatlari va depozit obligatsiyalaridir.
Tijorat banklari O‘zbekistonda 1994-yilda paychilik jamiyatlaridan aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi. turli tashkilotlar, korxonalar tijorat banklari aksiyadorlari bo‘lishdi. Hozirgacha tijorat banklari boshlang‘ich emissiya aksiyalarini joylashtirib, ikkinchi marta, ayrimlari esa bir necha marta aksiyalarini chiqarmoqda. Obligatsiya emitantning qarzdorligini tasdiqlovchi qimmatbaho qag‘ozdir.
Agrobank ATB qarz mablag‘larni jalb etish uchun obligatsiyalar va deposit sertifikatlarini chiqaradi. Demak, Agrobank ATB qimmatbaho qog‘ozlar bo‘yicha quyidagi operatsiyalarni amalga oshirishi mumkin:
– qimmatbaho qog‘ozlarni (aksiya, obligatsiya, bank sertifikatlari) muomalaga chiqarish;
– qimmatbaho qog‘ozlarni sotib olish, saqlash kabi operatsiyalar;
– mijozlar topshirig‘iga asosan qimmatbaho qog‘ozlarni boshqarish;
– fond bozori, qatnashchilariga qimmatli qog‘ozlar operatsiyalari bo‘yicha
maslahatlar berish;
qimmatli qog‘ozlarni baholash va qimmatli qog‘ozlar bozorini tadqiq qilish;
– qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida axborot va boshqa xizmatlar ko’rsatish
Agrobank ATB qimmatbaho qog‘ozlar holatini tahlil qilganda, ularni tahlil qilinayotgan davr boshiga va oxiriga qanchalik o‘zgarganligini aniqlash lozim. Tahlilda ularning mutloq va nisbiy o‘zgarishlarini aniqlab, qanchalik va nima sababdan o‘zgarish bo‘lganligini bilish lozim bo‘ladi.


Yüklə 74,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin