O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti Iqtisodiyot Ta’lim yo’nalishi III kurs iu-20 o’zbek guruhi talabasi Zakirova Zarinaning



Yüklə 74,08 Kb.
səhifə7/13
tarix12.10.2022
ölçüsü74,08 Kb.
#118256
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
prak.Agrobank Zakirova Zarina1

AT “Agrobank” tomonidan Buxoro viloyati sanoat sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish bo’yicha olib borilayotgan ishlar to’g’risida



Jamiloyihalar soni

10ta

Loyihalar qiymati

276.3 mlrd so’m

Yangi ish o’rinlar soni

351ta


Yillarkesimida

2019-yil

4ta

24.2mlrd. so’m

2020-yil

4ta

230.3mlrd. so’m

2021-yil

1ta

1.8mlrd. so’m

2022-yil

1ta

20.0mlrd. so’m



Tarmoqlar

Soni

Tarmoqlar

Ulushi

To’qimachiliksanoati

1ta

13.9

5.0

Oziq-ovqat

4ta

51.7

18.7

Qurilishmateriallari

4ta

167.6

60.6

Farmatsevtika

1ta

43.1

15.7






III. "AGROBANK" ATBNING GULISTON FILIALINING HUQUQIY ASOSLARI VA MOLIYAVIY KO'RSATKICHLARI TAHLILI.


3.1 "Agrobank" ATBning Guliston tuman filialining tashkiliy huquqiy asoslari
“Agrobank” ochiq tijorat banki (keyingi o‘rinlarda bank deb yuritiladi) О’zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati tо’g’risida”gi qonuni, О’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 30 martdagi PQ-1084-sonli “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish tо’g’risidagi va vazirlar Mahkamasining 2009 yil 31-martdagi 89-sonli Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish chora-tadbirlari tо’g’risidagi qarorlariga muvofiq tashkil etilgan.
“Agrobank” ATB Guliston filiali sarmoyasi 15 milliard sо’mni tashkil qiladi va uning tarkibi quydagicha:
-qishloq xо’jaligiga 7 milliard sо’m;
-savdo sotiq uchun 300 mln sо’m;
-tijorat uchun 3 milliard sо’m;
-sanoat korxonalariga 1 milliard sо’m;
-jismoniy shaxslarga 3 milliard sо’m.
Bankning asosiy mablag’lari va resurslari quydagilardan tashkil topgan:
a) Bank foydasidan;
b) jalb etilgan depozitlar va resurslar hisobidan;
v) bank tomonidan ajratilgan resurslardan.
Bankning majburiyatlari va javobgarligi quydagilarda о’z aksini topadi:
1. Bank omonatchilar va kreditorlar manfaatini himoya qiladi.
2. Markaziy bank tomonidan belgilangan umumiy iqtisodiy normativlarga rioya etadi.
3. Bank markaziy bankda majburiy zahiralarni saqlash maqsadida bankka о’z vaqtida mablag’lar о’tkazilishini ta’minlaydi.
4. Bank fuqarolardan qabul qilgan omonatlarni shartnoma shartlariga muvofiq о’z vaqtida foizlari bilan birgalikda qaytarilishini kafolatlaydi.
5. Bank о’z faoliyatiga oid hisobot axborotlarni bankning markaziy apparati, hududiy boshqarma hamda Markaziy bankning hududiy boshqarmasiga belgilangan vaqtda taqdim etadi.
6. Bank о’z mijozlari va omonatchilarining hisob varaqalari, operatsiyalari hamda jamg’armalariga doir ma’lumotlarni sir saqlashga kafolat beradi. Bankning barcha xodimlarlari bank va uning mijozlari va omonatchilarining bank operatsiyalari, hisobvaraqalari hamda jamg’armalariga oid ma’lumotlarni sir saqlaydi. Bank siriga oid ma‟lumotlarni qonunda belgilangan tartibda oshkor qilishi mumkin.
7. Bank qonunda belgilangan holatlarda va o’rnatilgan tartibda boshqa xuquq va majburiyatlarga ega bо’lishi mumkin.
Bank quydagi operatsiyalarni amalga oshiradi:
a) jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan, vakil banklarning hisobvaraqalarini ochish va yuritish, hisobvaraqalar bо’yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish;
b) yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag’larini о’rnatilgan tartibda depozit va omonatlarga jalb etish;
v) kreditlarning qaytarilishi, foizliligi va muddatliligi sharti bilan о’z mablag’lari va jalb qilingan mablag’lar hisobidan о’z nomidan kreditlar berish;
g) mablag’ egasi yoki mablag’ni tasarruf etuvchi bilan tuzilgan shartnomaga binoan pul mablag’larini boshqarish; d) chet el valyutasini naqd pul va naqd bо’lmagan pul shakllarida yuridik va jismoniy shaxslardan sotib oladi va ularga sotadi;
ye) cheklar, tо’lov va hisob-kitob xujjatlarini inkassatsiya qiladi;
yo) uchinchi shaxslar nomidan majburiyatlarning bajarilishini nazarda tutuvchi kafolatlar beradi;
j) uchinchi shaxslardan majburiyatlarning bajarilishini talab qilish xuquqini olish;
z) qimmatli qog’ozlar chiqarish, xarid qilish, saqlash va ularninghisobini yuritish, mijoz bilan tuzilgan shartnomaga binoan qimmatli qog„ozlarni boshqarish, qimmatli qog’ozlar bilan boshqa operatsiyalarni bajarish;
i) bank faoliyati yuzasidan maslahat va axborot xizmati kо’rsatadi;
k) moliyaviy lizing xizmati kо’rsatish, jismoniy va yuridik shaxslarga iste’mol, ippoteka va boshqa kreditlar berish hamda xalqaro bank amaliyotiga muvofiq litsenziyada maxsus kо’rsatilgan boshqa operatsiyalarni amalga oshiradi.
Bank foydasini taqsimlanish tartibi.
Bank tomonidan olingan yillik foyda belgilangan tartibda taqsimlaydi. Bankning о’z moliyaviy xо’jalik faoliyatini о’rnatilgan tartibda tasdiqlangan bankning biznes-rejasi va byudjetida belgilangan prognoz parametrlari asosida yuritadi. Bank biznes-rejasi va byudjetiga qо’shimcha о’zgartirishlar. Bank kengashi va boshqaruvi qarorlari asosida kiritiladi. Bankning foydasi о’z faoliyatining hamma turlaridan olingan daromadlari, barcha operatsion xarajatlar, xususan soliq tо’lovlari, mehnatga xaq tо’lash va boshqa xarajatlar о’tkazilgandagan sо’ng tashkil topadi.
Bank faoliyatini tо’xtatish.
Bank faoliyati bank Kengashi yig’ilishining qaroriga muvofiq, shuningdek amaldagi qonunlarda kо’zda tutilgan boshqa holatlarda tо’xtatiladi. Bankni tugatish bilan bog’liq masalalarni hal etish uchun bank tugatish komissiyasini tashkil etadi.
Tugatilgan bankning mulki qonunda belgilangan tartibda byudjet, byudjetdan tashqari jamg’armalar, ish haqi bilan bog’liq munosabatlarlardan kelib chiqadigan tо’lovlar hamda barcha kreditorlar bilan hisob-kitob qilingach bankka topshiriladi. Bank tugatilganligi haqida xabar mat’buotda e’lon qilinadi.

Yüklə 74,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin