O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy ish yo’nalishi sirtqi ta’lim 2-kurs talabasi islomova layloning falsafa fanidan mustaqil



Yüklə 1,57 Mb.
səhifə2/6
tarix12.01.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#122159
1   2   3   4   5   6
“O`SIMLIK DUNYOSINI MUHOFAZA QILISH VA UNDAN FOYDALANISH TO`G`RISIDA”GI O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI.

Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:botanika kolleksiyasi  ilmiy, madaniy-ma’rifiy, o‘quv-tarbiyaviy va estetik ahamiyatga ega bo‘lgan,yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklar yashash faoliyati mahsulotlarining tizimlashtirilgan to‘plami(gerbariylar, urug‘lar) hamda sun’iy yaratilgan sharoitlarda (botanika bog‘larida, dendrologiya bog‘larida, pitomniklarda, plantatsiyalarda va boshqalarda) yetishtiriladigan yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklar;yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklar — madaniylashtirilmagan daraxtlar, butalar, o‘tsimonlar, qirqquloqsimonlar, yo‘sinsimonlar, suvo‘tlar, lishayniklar va zamburug‘lar;

yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarning yashash faoliyati mahsulotlari — yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarning yashash faoliyati natijasida hosil bo‘lgan ildizlar, piyozboshlar, tanalar, poyalar, novdalar, po‘stloq, barglar, g‘unchalar, gullar, urug‘lar, mevalar, sharbat (yelim) va boshqa mahsulotlar;

o‘simlik dunyosi — O‘zbekiston Respublikasi hududida tabiiy muhitda o‘sadigan yoki sun’iy yaratilgan sharoitlarda yetishtiriladigan barcha turdagi yovvoyi o‘simliklar majmui;

o‘simlik dunyosini muhofaza qilish — o‘simlik dunyosining yashash faoliyati uchun qulay sharoitlarni ta’minlashga, uning yo‘q qilib yuborilishining yoki unga boshqacha zararli ta’sir ko‘rsatilishining oldini olishga qaratilgan faoliyat;

2.O’SIMLIK DUNYOSINI MUHOFAZA QILISH VA UNDAN FOYDALANISH.

  • O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
  • o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat dasturlarini, shuningdek boshqa chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
  • o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi normalarni davlat tomonidan belgilash;
  • o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida davlat nazoratini amalga oshirish;
  • o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish;
  • o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin