O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi


Qoraqalpog`iston Respublikasi aholisining demografik rivojlanish jarayonlari



Yüklə 125,78 Kb.
səhifə2/4
tarix05.02.2023
ölçüsü125,78 Kb.
#123030
1   2   3   4
Jumaboyeva.M.Q

Qoraqalpog`iston Respublikasi aholisining demografik rivojlanish jarayonlari.
Qoraqalpog`istonning demografik rivojlanishiga nazar tashlansa o`tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab, aholi soni muntazam ko`payib kelgan. Aholi sonining eng yuqori sur`at bilan o`sgan davri 1979 – 1989 yillarga to`g`ri kelib, ushbu davrda o`rtacha yillik o`sish 3,25 foizni tashkil etgan. Lekin, keyingi yillarda aholi soni dinamikasida keskin o`zgarish kuzatilib, 1991 – 2017 yillar mobaynida o`rtacha yillik o`sish 1,37 foizga tushdi. Qoraqolpog’iston Respublikasining umumiy yer maydoni 166,59 km2 bo`lib, O`zbekiston umumiy maydonining 37,1 foizini tashkil etadi. Statistik manbalarga ko`ra Respublika aholisi 2017 yil yanvar oyida 1582,7 ming kishiga yetdi. Bu ko`rsatkich O`zbekiston aholisining 5,9 foiziga tengdir.
Ma`lumki, aholining demografik o`zgarish jarayonlari ikki muhim omilga: aholining tabiiy ko`payishi va migratsiyaga bog`liqdir. Qoraqalpog`istonda tug`ilish darajasi o`tish davrigacha yuqori bo`lib, uning umumiy koeffitsiyenti 39 – 40 promilleni tashkil etgan. Ammo keyingi 15 – 16 yil ichida esa har ming kishiga nisbatan tug`ilgan bolalar soni 14,6 promillega kamaygan. Tug`ilishning bunday tez kamayib ketishiga bozor munosabatlari sharoitiga bog`liq bo`lgan qator omillar sababdir.
Ularga bozor munosabatlariga o`tish davridagi iqtisodiy muammolar, oilaning iqtisodiy imkoniyatidagi o`zgarishlar, ayollarning ijtimoiy hayotdagi mavqeining oshib borishi, homiladorlikni oldini oluvchi vositalarning keng omma orasida tarqalishi va aholining reproduktiv maylining ko`p bolalikdan o`rtacha bolali (2 yoki 3 ta) oilalar tomon o`zgarishi kabilar kiradi.
Qoraqalpog`iston Respublikasining demografik rivojlanish ko`rsatkichlari*

Йиллар

1979


Yüklə 125,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin