1989
|
1991
|
2010
|
2016
|
Аҳоли сони (минг аиши)
|
902
|
1215
|
1274
|
1506,2
|
1571,8
|
Туғилишнинг умумий коэффиценти (минг кишига нисбатан)
|
42,1
|
35,7
|
36,9
|
24,0
|
22,3
|
Ўлимнинг умумий коэффиценти (минг кишига нисбатан)
|
8,4
|
6,8
|
6,8
|
5,6
|
5,4
|
Табиий кўпайиш (минг кишига нисбатан)
|
33,7
|
28,9
|
30,1
|
18,4
|
16,9
|
Гўдаклар ўлими (минг тирик туғилганларга нисбатан)
|
41,4
|
52
|
51,2
|
20,5
|
17,4
|
Ta`kidlash joizki, Qoraqalpog`istonning demografik rivojlanish dinamikasi ko`rsatkichlarida keyingi yillarda ijobiy jarayonlar ham kuzatilmoqda. Masalan, aholi o`limi 1979 – 2016 yillarda 36 foizga kamaygan. Bu jarayonda ayniqsa, go`daklar o`limining kamayishi bevosita ta`sir etuvchi omildir. Respublikada mustaqillik davrida go`daklar o`limi deyarli 3 barobarga kamayib, bunga onalar va bolalar salomatligini muhofaza etish bo`yicha davlat tomonidan olib borilgan chora – tadbirlar, aholining tibbiy – sanitariya borasidagi bilimlarining muntazam ravishda oshib borishi, tug`riqlar o`rtasidagi davrni saqlash orqali erishildi.
Ilmiy manbalarda qayd etilishicha, tug`ilishning yuqori fiziologik imkoniyat darajasida sodir bo`lishi, ayollarning reproduktiv davrida o`rtacha 15 – 16 marta homilador bo`lib farzand ko`rishi va farzandlar tug`ilishi o`rtasidagi davrning qisqa (1 – 2 yil) bo`lishi, ona hamda bola salomatligiga salbiy ta`sir etib, go`daklar o`limining yuqori bo`lishiga olib kelar ekan. Darhaqiqat, Qoraqalpog`istonda ham 1979 – 1991 yillarda ushbu jarayon yaqqol ko`zga tashlanadi.
Hozirgi davrda Qoraqalpog`istonning demografik vaziyati aholi takror barpo bo`lishi uchun maqbul hisoblanadi. Tug`ilishning yig`indi koeffitsiyenti (har bir 15-49 yoshdagi ayolga to`g`ri kelgan bolalar soni) 2010- 2016 yillarda 2,5 promilleni tashkil etib, bu ko`rsatkich Respublikada demografik rivojlanishning o`rtacha darajada ekanligidan dalolat beradi.
Aholi rivojlanishining muhim ko`rsatkichlaridan yana biri aholi ma`lumotlilik darajasining oshib borishidir. Bu jarayon ta`lim tizimidagi olib borilayotgan o`zgarishlarga bog`liq.
Qoraqalpog`iston Respublikasida ta`lim tizimini II bosqichga bo`lib o`rganish maqsadga muvofiqdir. I bosqich mustaqillikkacha bo`lgan davrni o`z ichiga olib, ta`lim tizimida: umumta`lim maktablari, o`rta mahsus o`quv yurtlari va oliy o`quv yurtlari faoliyat ko`rsatgan. Bu davrda Respublika ta`lim tizimi bir muncha rivojlandi. Xususan, 1940 – 1990 yillarda umumta`lim maktablari soni 603 dan 703 ta ga, o`rta mahsus bilim yurtlari 8 dan 22 ta ga, oliy o`quv yurtlari esa 2 taga yetgan. O`quv muassasalarining son jixatdan ortib borishi bilan birga ularda tahsil olayotganlar soni ham muntazam ko`payib borgan. Yuqorida qayd etilgan davrda umumta`lim maktablari o`quvchilari soni 3,5 barobarga, o`rta mahsus o`quv yurtlari o`quvchilar soni 12,6 barobarga, oliy o`quv yurtlarida tahsil olayotgan talabalar soni esa 42,5 barobarga oshgan. Lekin, shuni ham ta`kidlash joizki, 1990/91 o`quv yilida ta`lim tizimida tahsil olayotgan yoshlarning asosiy qismi umum ta`lim maktablarida, 5,7 foizi o`rta mahsus o`quv yurtlarida ta`lim olsa, faqatgina 2,4 foizi oliy o`quv yurtlarida ta`lim olar ekan.
Ta`lim tizimining II bosqichi mustaqillikni qo`lga kiritgandan keyingi davrni o`z ichiga oladi. Ushbu bosqichda mamlakatimiz ta`lim tizimida tub islohotlar olib borildi va uning tarkibida bir qator o`zgarishlar sodir bo`ldi. Bugingi kunda, O`zbekistonning barcha xududlari kabi Qoraqalpog`istonda ham yoshlarning umumta`lim maktablari, umumta`lim maktablari bazasida tashkil etilgan gimnaziyalar, akademik litseylar, kasb – hunar kollejlari hamda oliy o`quv yurtlarida uzluksiz ta`lim olishlari uchun sharoitlar yaratilib berilmoqda.
Respublikada umumta`lim bitiruvchilarini kasbga tayyorlash maqsadida yangi kasb hunar kollejlari tashkil etilmoqda. Agar 1998 yili Qoraqalpog`istonda 1 kasb hunar kolleji bo`lgan bo`lsa, 2016/07 o`quv yilida ularning soni 76 ta ga yetdi. Ushbu o`quv muassasalarida o`quvchilar soni esa 612 dan 83,6 mingga, ya`ni 136,6 barobar ko`paydi.
Bu kabi o`zgarishlarni oliy ta`lim tizimida ham ko`zatishimiz mumkin. Hozirgi kunda Respublikada oliy o`quv yurtlari Toshkent Davlat Universitetlari Nukus filiallarini qo`shib hisoblaganda jami 5 ta ga yetib, ularda tahsil olayotgan talabalar soni esa deyarli 2 barobarga ko`paygan.
Qoraqalpog`iston aholisining soni 1989-2017 yillarda 1212,2 ming kishidan 1582,7 mingga yetgan, yoki shu davr mobaynida qariyb 130,0 foizga o`sgan (O`zbekiston Respublikasi bo`yicha bu ko`rsatkich o`rtacha 132,8 foizga teng); jami aholining 48,6 foizi yoki 767,5 ming kishi shaharlarda yashaydi. Aholi zichligi 1 kv.km. ga 9,4 kishidan iborat. Tabiiyki, bu “o`rtacha” ko`rsatkich Nukus shahri atrofi, ya`ni markaziy tumanlar hamda intensiv dehqonchilik rivojlangan janubiy tumanlarda ancha yuqori (Jadvalga qarang).
Keyingi yillarda aholi joylashuvida janubga nisbatan “siljish” kuzatilmoqda. Bu asosan Orol bo`yi mintaqasidagi noxush ekologik vaziyat tufayli vujudga kelmoqda. Masalan, Muynoq tumani aholisi 1989 yilda 27,3 ming kishini tashkil qilgan bo`lsa, 2017 yilda u atigi 1,1 ming kishi (104 foiz) ga ko`paygan, xolos. Vaholanki, Beruniy, Turtko`l, Amudaryo kabi tumanlarda demografik o`sish ancha yuqori bo`lgan.
Quyida keltirilgan jadvaldan ma`lum bo`lishicha, Qoraqalpog`iston Respublikasi aholi joylashuvi (zichligi) tumanlar bo`yicha bir xil emas. Chunonchi, eng yuqori ko`rsatkich Xo`jayli va Amudaryo tumanlarida kuzatilsa (155,0-160,0 kishi), uning eng past darajasi Mo`ynoq, Qo`ng`irot va Taxtako`pir tumanlariga (1-2 kishi) to`g`ri keladi. Ushbu tumanlar nafaqat Qoraqalpog`istonda, balki mamlakatimizda ham eng katta ma`muriy birliklar hisoblanadi; Qo`ng`irot tumani Qoraqalpog`iston maydonining deyarli 46 foizini, mamlakatimiz hududining esa 16,6 foizini tashkil qilgan holda, bu yerda har 1 kv.km. ga atigi 1,5 kishi to`g`ri keladi, xolos.
Jadvalda aholining tabiiy harakati to`g`risida ham ma`lumotlar aks ettirilgan. Masalan, Qoraqalpog`iston Respublikasi bo`yicha tug`ilish 20,6, o`lim -5,8, aholining tabiiy ko`payishi 14,8 promillega teng bo`lgan.
Ta`kidlash joizki, ekologik vaziyatning noqulayligi sababli aholining migratsiya harakatlari ham bu yerda salbiy natijalarga ega bo`lmoqda. Jumladan, birgina 1990 yilda Qoraqalpog`iston Respublikasida migratsiya qoldig`i, ya`ni kelganlar bilan ketganlar nisbati
Dostları ilə paylaş: |