O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi



Yüklə 125,78 Kb.
səhifə1/4
tarix05.02.2023
ölçüsü125,78 Kb.
#123030
  1   2   3   4
Jumaboyeva.M.Q


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
GEOGRAFIYA VA TABIIY RESURSLAR FAKULTETI
I QTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA KAFEDRASI

SOTSIOLOGIYA YO’NALISHI 3-KURS TALABASI
JUMABOYEVA MADINANING
DEMOGRAFIK PROGNOZLASH ASOSLARI FANIDAN TAYYORLAGAN
MUSTAQIL ISHLARI
Tayorladi: Jumaboyeva.M.Q
Qabul qildi: Jaloliddinov N.X


TOSHKENT – 2023
Reja:
Kirish
1. Qoraqalpog`iston Respublikasi aholisining demografik rivojlanish jarayonlari.
2. Qoraqalpog`iston Respublikasi aholisi soni va tabiiy ko`payishi
3.Qoraqolpog’iston Respublikasi aholisi ijtimoiy-iqtisodiy holati.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

KIRISH
Demografik prognozlash asoslari fani aholi dinamikasi, tarkibi, aholi joylashuvidagi mintaqaviy farqlar hamda bu farqlarni keltirib chiqaruvchi qonuniyatlarini o’rganuvchi fan hisoblanadi. Umumiy qilib aytadigan bo’lsak, demografiya aholi takror barpo bo’lish qonuniyatlarini o’rganuvchi fandir. Fanning negizi va asosini demografiya fani tashkil qiladi. Demografiya har yili turli sabablarga ko'ra vafot etgan aholi o'rnini yangidan dunyoga kelgan avlod hisobiga to'ldirib borilishi qonuniyatlarini ijtimoiy-tarixiy sharoitlarga bog'liq holda o'rganadigan fan.«Demografiya» atamasi yunoncha so'zdan olingan bo'lib, demos — xalq va grapho — yozaman, ya'ni «xalqni yozaman» degan ma'noni anglatadi. Demografiya fan sifatida XVII asrning ikkinchi yarmidan so'ng shakllana boshlagan. O'zbekistonda esa ushbu fan XX asrning uchinchi qismigacha asosan aholi statistikasi sifatida rivojlanib keldi. Ushbu paytgacha demografiyaga oid nazariyalar siyosiy iqtisodiyot faniga taalluqli bo'Igan. Respublikada faqatgina XX asrning 60-70 yillaridan boshlab demografiya aholining takror barpo bo'lishi, aholining joylashuvi to'g'risidagi fanlar ichida ilmiy bilimlar tizimi sifatida o'z o'rniga ega bo'la boshladi. Aynan man shu fonni chuqur o’rganish mazkur mustaqil ishning maqsadi hisoblanadi. Mazkur muntaqil ishda bir smestr davomida geodemografiya kursi bo’yicha olingan bilimlar mustahkamlanadi. Umuman olganda ushbu mustqil ishlar amaliy mashg’ulotlar asosida bajarildi. ushbu mustaqil ish bir nechta mavzulardan iborat. bularning umumiy soni 10 taga teng. birinchi mustaqil ishda aholi umumiy soni, o’rtacha yillik aholi sonini va mutloq ko’payishini aniqlash ko’nikmasini shakllantirish va uni hisoblash yo’llari o’rganiladi. ikkinchi mustaqil ishda aholi soni dinamikasining nisbiy ko’rsatkichlarini hisoblash, uchunchi mustaqil ishda aholi yosh tarkibi ko’rsatkichlarini aniqlash va aholi yosh tarkibi piramidasini chizish, to’rtinchi mustaqil ishda aholi tabiiy harakati ko’rsatkichlarini hisoblash, beshinchi mustqil ishda aholi umumiy soni ko’payishi, mexanik ko’payishi va tabiiy ko’payishini topish, oltinchi mustqil ishda tug’ilish, o’lim jarayonlarining maxsus va xususiy koeffitsientlarini hisoblash, yettinchi mustaqil ishda mavzu: aholining qarish koeffitsientini hisoblash, sakkizinchi mustqil ishda aholining mexanik ko’payish koeffitsientlarini topish, to’qqizinchi mustaqil ishda aholining reproduktiv maylini anketa so’rov usulida o’rganish, o’ninchi mustaqil ishda demografik rivojlanish kontseptsiyasini ishlab chiqish kabi mavzular o’rganiladi.

Yüklə 125,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin