Grammatika:
The Past Indefinite Tense
Bu zamonda ishlatilgan fe`llar ish-harakatni o`tgan zamonda bajarilganini ko`rsatadi. Fe`llar o`tgan zamon shakllarining qay usulda yasalishiga ko`ra to`g`ri va noto`g`ri fe`llar deb ataladigan ikki katta guruhga bo`linadi.
Ingliz tilidagi fe`llarning ko`p qismi to`g`ri fe`llardir.
Noto`g`ri fe`llar faqat ikki yuzga yaqindir.
To`g`ri fe`llardan o`tgan zamon shakli fe`l negiziga –d, (-ed) qo`shimcha qo`shish bilan yasaladi:
to translate He translated
(tarjima qilmoq) (U tarjima qildi).
O`tgan zamonda ishlatilgan fe`llar shaxs va sonda o`zgarmaydi. Noto`g`ri fe`llardan o`tgan zamon boshqa yo`llar bilan yasaladi (Darslikning oxirgi betlariga qarang).
do – did; make – made; spend – spent.
O`tgan zamon qo`shimchasi jarangli undoshdan yoki unlidan keyin kelganda [d] deb o`qiladi (stayled); jarangsiz undoshdan keyin [t] deb asked o`qiladi; t va d harflaridan keyin [id] did wanted o`qiladi.
Dostları ilə paylaş: |