22
norasmiy liderlar va ularning shaxsi haqida to’laqonli ma’lumotlarga ega bo’lishi
pedagogik faoliyatni samarali tashkil etishga yordam beradi.
Yuqorida bildirilgan fikrlardan quyidagi xulosalarga kelish mumkin.
1. Jamoa bir necha a’zo (kishi)lardan tashkil topgan muayyan guruh bo’lib,
u ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan umumiy maqsad asosida birlashadi hamda
mazkur maqsadni amalga oshirish uchun yo’naltirilgan faoliyatni tashkil etadi.
2. Jamoa o’zida bir necha xususiyat (belgi)larni namoyon etadi.
3. Jamoani shakllantirish muayyan qonuniyatlarga bo’ysunadigan uzoq
muddatli, murakkab jarayon bo’lib, u ko’pchilik tadqiqotchilarning e’tirof
etishlariga ko’ra to’rt bosqichdan iborat bo’ladi.
4. Jamoani shakllantirish o’ziga xos metodika asosida amalga oshiriladi.
Ushbu metodika doirasida jamoaga nisbatan talablarning qo’yilishi,
jamoa faoli
(aktivi)ni tarbiyalash masalasi alohida ahamiyatga egadir.
5. Jamoaning mustahkam bo’lishi, uning a’zolari o’rtasida o’zaro yordam
hamda hamkorlikning qaror topishida jamoa an’analari
muhim ahamiyat kasb
etadi.
Nazorat uchun savollar:
1. Jamoa nima?
2. O’quvchilar jamoasining o’ziga xosligi nimada?
3. Jamoaning o’ziga xos xususiyatlarini tavsiflang.
4. Jamoani shakllantirish bosqichlarini sanang.
5. Jamoani tashkil etish metodikasi mazmunini so’zlang.
6. Jamoa an’analarining jamoa rivojidagi o’rnini ko’rsating.
3. TARBIYANING UMUMIY METODLARI
3.1. Tarbiya metodlari haqida tushuncha.
Maqsad, mazmun, shakl, metod va vositalar kabi tushunchalar tarbiya
jarayonining mohiyatini ochib beradi. Biroq, tarbiya mohiyatini yoritishda o’ziga
xos ahamiyatga ega bo’lgan yana bir tushuncha ham mavjud, bu tarbiya metodlari
tushunchasidir. Tarbiya metodi (yunoncha «metodos» – yo’l)
tarbiya maqsadiga
erishishning yo’li; tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg’ulari va xulqiga ta’sir
etish
usullari.
Maktab amaliyotiga
tatbiq
etilganda,
metodlar – bu
tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg’ulari va xulqiga ta’sir etish usullaridir.
Tarbiyaning mutlaqo yangi metodlarini yaratishga bironta tarbiyachining kuchi
23
yetmaydi. Metodlarni takomillashtirish
muammosi doimo mavjud, har bir
tarbiyachi o’zining imkoniyatiga ko’ra
uni hal qiladi, tarbiya jarayonining aniq
shart-sharoitlariga mos ravishda o’zining xususiy qarashlarini
ifoda etish asosida
umumiy metodikani boyitadi.
Metodning ijobiy va salbiysi bo’lmaydi, tarbiya jarayonida ma’lum yo’lni
yuqori darajadagi samarali va samarasiz deya baholash mumkin emas. Metodning
samaradorligini u qo’llanilayotgan sharoit nuqtai nazaridan baholash mumkin.
Tarbiya metodlarini maqsadga muvofiq tanlash bir qator omillarga bog’liq.
Tarbiyaning maqsad va vazifalari. Tarbiya maqsadi va mazmuni metodlarni to’g’ri
tanlashga imkon beradi. Maqsad qanday bo’lsa, unga erishish metodlari unga
muvofiq bo’lishi zarur. Tarbiyaning mazmuni
shaxsning shakllanishiga
qo’yiluvchi ijtimoiy talablar mohiyatidan iborat. Unutmaslik kerakki,
aynan bitta
vazifa turli xil fikrlar bilan to’ldirilgan bo’lishi mumkin. Shuning uchun metodlarni
umuman mazmun bilan emas, balki aniq fikr bilan bog’lash g’oyat muhimdir.
Dostları ilə paylaş: