3.6. Tarbiya metodlarini tanlab olish shartlari. Ma’lumki, tarbiya metodlarini tanlashdagi muhim shartlardan biri
tarbiyalanganlik natijalarini hisobga olishdir. Bu o’quvchilar xulqida, ularning
o’qish va mehnatga munosabatlaridagi o’zgarishlarni ifodalaydigan pedagogik
o’lchamdir. Tarbiyaviy faoliyat samaradorligini aniqlash masalasi murakkab
masaladir. Hech qachon tarbiya natijalarini o’tkazilgan tadbirlar, ishtirok etgan
o’quvchilar soni bilan belgilab bo’lmaydi. Tarbiyaviy tarbiya metodlari
samaradorligi natija,ya’ni o’quvchilarning tarbiyalanganlik darajasi bilan
baholanadi.
Tarbiyachi-o’qituvchi o’quvchilarning qiziqish va ehtiyojlarini chuqur his etgan
holda, vaziyatni hisobga olib tarbiya metodlari tanlashi, uni qo’llashda tarbiya metodlari
xususiyatlarini va o’quvchilarning yosh jihatlarini hisobga olishi lozim. Yuksak
samaradorlikni ta’minlanishiga e’tibor berish bilan birga, har bir o’quvchining xohishini
hisobga olishi, keskin rad etmasdan, , qiziqarliroq, soddaroq yo’llarini topish o’rinlidir.
Tarbiyachi ijodkor bo’lishi, o’quvchilarni ham ijodiy faoliyat yuritishga jalb etishi, har
bir tarbiyalanuvchida o’zini va o’zgalarni hurmat qilishga ishonch hosil qilishi lozim. Tarbiya metodlari samarali bo’lishi uchun uning harakatlantiruvchi kuchini, har bir
o’quvchining tarbiya jarayonidagi faoliyatini yaxshi bilish kerak. Buning uchun
o’qituvchi quyidagi holatlarni unutmasligi lozim:
tarbiyalanuvchi ruhiyatini puxta bilish;
ota-onalar bilan muntazam aloqada bo’lib, ular ishtirokida o’quvchi bilan
tarbiyaviy mazmunda suhbatlar o’tkazish;
o’quvchining ichki dunyosini, xarakterini bilish;
o’quvchining qiziqishlarini, uni o’rab turgan tashqi muhitni doimiy nazorat
qilish;
o’quvchini qat’iy kundalik rejimga o’rgatish va uni kuzatib borish;
iste’dodini, qobiliyatini va o’zi tanlagan kasbga moyilligini e’tiborga olish;
o’quvchining bola ekanligini, adashishga, ba’zan xatoliklarga yo’l qo’yishini
unutmaslik, ushbu salbiy holatlarni kechiktirmasdan tuzatib borish.
32
Shaxsni shakllantirish, boshqarish, nazorat xarakteriga ega bo’lib, bu borada
belgilangan tarbiya metodlari tasodifiy harakatlar orqali emas, balki oldindan
modellashtirilgan va puxta o’ylangan rejalar asosida qo’llanilishi talab etiladi.