35
tarbiya vositalariga ommaviy axborot vositalari ma’lumotlari, kompyuter va
internet, reklama va ommaviy madaniyat,
yoshlar madaniyati, globallashuv,
axborotlashuv jarayonlari kiradi.
Boshqacha aytganda zamonaviy bola, o’smir, o’spirin axborotlar makonida
yashayapdi va shakllanmoqda. Pedagogik maqsadlarga erishishda tarbiyachilardan
barcha manbalarni, omillarni, vositalarni mazmun-mohiyatini bilish talab etiladi.
«vosita» tushunchasi izohli lug’atlarda bir necha ma’nolarni bildiradi. Vosita bu
birinchidan – maqsadga erishishdagi harakat usuli, ikkinchidan – biror narsa uchun
qo’llaniladigan
predmetlar, moddiy qadriyat, uchinchidan – falsafa, iqtisodda
«vosita» xomashyo, inson faoliyati ob’ekti, ishlab chiqarish uchun dastlabki
material, to’rtinchidan, pedagogikada ta’lim-tarbiya jarayonida qo’llaniladigan
mehnat qurollari, narsa va predmetlar yig’indisi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib aqliy tarbiya vositasi deganda, birinchidan–
umumiy ma’noda
barcha ijtimoiy, madaniy, tabiiy borliqni, barcha ijtimoiy
institutlar
va
sivilizatsiyani
yaratishni,
ikkinchidan–tarbiya
jarayonida
qo’llaniladigan narsa va predmetlarni tushunamiz.
O’z navbatida narsa va predmetlar o’z joyida turganda tarbiya vositasi
bo’la oladimi ,degan savol tug’iladi. V.I.Juravlevning
fikricha, buyum va narsa
tarbiya vositasi emas, u qachonki tarbiyalanuvchi faoliyatida ishtirok etsagina
tarbiya vositasi bo’la oladi.
V.S. Selivanovaning fikricha, tarbiyalanuvchilarning
faoliyat turlari
(o’qish, mehnat, o’yin, muloqot) bu tarbiyaning fundamental vositalaridir.
Pedagogika va psixologiya inson o’z malakalarini, xulq-atvor modelini,
qadriyatlari, hissiyotini odamlar bilan muloqot qilish jarayonida shakllantiriladi va
rivojlantiradi deb ta’kidlaydi. Shuning uchun pedagog, sinf rahbari tarbiya
maqsadiga erishish uchun tarbiyalanuvchlarni turli faoliyatlarini
tashkil etishni
bilishi kerak.
Har qanday maktabda bolalarni darsdan tashqari faoliyatlarini tashkil etish
o’qituvchining asosiy ish sohasi hisoblanadi.
Maktablarimizda sinfdan tashqari faoliyatning quyidagi turlari: bilish,
qadriyatga
yo’naltirilgan,
ijtimoiy,
estetik,
dam
olish,
texnik,
sport,
sog’lomlashtirish faoliyatlari tashkil etiladi.
Bilish faoliyati o’quvchilarda bilishga qiziqishni rivojlantirish, bilishlarni
to’plash, aqliy qobiliyatni shakllantirish aqliy tarbiyalash maqsadida ekskursiya,
olimpiada, konkurs, ilmiy konferensiya shakllarida tashkil etiladi.
Dostları ilə paylaş: