O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi Qo`qon Davlat pedagogika instituti Ziyayev Adhamjon Nisolmuxammatovich


 Estetik tarbiyaning maqsad va vazifalari



Yüklə 1,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/69
tarix02.04.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#124708
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   69
ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА

 
7.5. Estetik tarbiyaning maqsad va vazifalari.
Estetik qadriyatlar, ideallar, ommaviy madaniyat kabi masalalar keng 
jamoatchilik, olimlar, mutaxassislar tomonidan muhokama qilinayotganligini 
guvohi bo’lmoqda. 


72 
Jamiyat a’zolarining estetik madaniyati masalalari barcha davrlarda o’z 
dolzarbligini yo’qotmagan. Demak, bugungi kunda ham yoshlarni estetik jihatdan 
tarbiyalash o’z dolzarbligini yo’qotgani yo’q.
Estetik tarbiya – shaxsni tabiat va jamiyatdagi go’zalliklarni ideal nuqtai 
nazardan idrok etishga o’rgatadi. Estetik tarbiya – o’quvchilarda estetik bilim, 
ko’nikma, malakalarni shakllantirishni, hamda estetik his-tuyg’u, qiziqish, ehtiyoj, 
baho berish kabi xislatlarni tarbiyalash masalalarini o’z ichiga oladi. Estetik tarbiya 
mohiyati asosan quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
– tabiat va voqelikdagi go’zalliklarni idrok etish va zavqlanish; 
– san’at asarlarini to’g’ri tushuna bilish va baholash; 
– o’zining qobiliyat va iste’dodlarini namoyon etishga intilish; 
– hamma narsada, ya’ni tabiatda, munosabatda, mehnatda, go’zallik uchun 
kurashish; 
-xunuklik va tartibsizlikka murosasiz bo’lish.
Shunday qilib, estetik tarbiya —bu san’at va hayotdagi go’zalliklarni 
tushunish va his eta olish qobiliyatlarini shakllantirish, san’at sohasidagi 
qobiliyatlarni rivojlantirish, estetik bilim va his-tuyg’uni shakllantirish jarayonidir. 
Estetik tarbiyaning maqsadi shaxsda estetik madaniyatni shakllantirish hisoblanadi. 
Estetik tarbiyani tashkil etishda quyidagi vazifalar hal qilinadi: 
– o’quvchilarga ijtimoiy voqelik, tabiat va mehnat munosabatlari, turmush 
go’zalliklari, ularni anglash to’g’risidagi bilimlarni berish; 
– o’quvchilarni badiiy-estetik madaniyatini boyitish; 
– o’quvchilarda musiqiy, badiiy ziyraklikni, ijodiy tafakkurni rivojlantirish; 
– o’quvchilarda ijtimoiy voqelik, tabiat va mehnat munosabatlari, turmush 
go’zalligini anglash, his qilish qobiliyatini tarbiyalash; 
– o’quvchilarda mavjud go’zalliklarni qadrlash hissi, estetik didni 
shakllantirish, go’zallikka muhabbat uyg’otish; 
– o’quvchilarda go’zallikni yaratish ehtiyojini qaror toptirish, estetik 
qobiliyat va madaniyatni shakllantirish.
Estetik madaniyat elementlari quyidagi komponentlardan iborat. 
Estetik qarash – estetik ongning g’oyaviy negizi, tabiat, hayot, san’at 
mohiyati haqidagi estetik fikr-mulohazalar va g’oyalar tizimi. Estetik idrok – 
ijtimoiy voqelik, buyum, hodisalarning go’zalligini ongda yaxlit aks etishi bo’lib, u 
go’zallik his etilganda yuzaga keladi va aniq maqsadga yo’naltiriladi. Estetik ong – 
shaxsga nazariy tushunchalar berish asosida predmet, buyum, voqelik va hodisalar 
mohiyatini estetik baholay olish imkonini yaratadigan his-tuyg’ular, sezgilar, 
tasavvur va qarashlar shakli. Estetik ong – estetik his-tuyg’u, estetik idrok, estetik 
bilim, estetik mulohaza, estetik baho, estetik did, estetik ideal kabilardan tarkib 
topadi.
Estetik faoliyat ko’nikmalari deb estetik ehtiyojlarni qondirish yo’lida 
muayyan xatti-harakatni amalga oshirishga imkon beradigan ko’nikmalarga 
aytiladi. 


73 
Estetik madaniyat – go’zallikni his etish, undan zavqlanish, mavjud 
go’zalliklarni asrash va boyitish yo’lida o’zlashtirilgan bilim, amalga oshiriladigan 
estetik faoliyat sifat darajasini belgilovchi ko’rsatkich. 
O’quvchilarni estetik madaniyatliligini quyidagi mezonlarga ko’ra aniqlash 
mumkin: 
-estetik bilimlarning tarkib topganligi;
-estetik madaniyatning tarbiyalanganligi;
-estetik va madaniy meros namunalaridan xabardor bo’lish;
-estetik tuyg’uning rivojlanganligi;
-ijtimoiy hayot, tabiat va mehnat go’zalliklarini his etish;
-go’zallikka intilish ehtiyojining rivojlanganligi;
-estetik idealning shakllanganligi;
-fikrlash, faoliyat, xatti-harakat va tashqi ko’rinishda go’zal bo’lishga 
intilish. 

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin