O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi Qo`qon Davlat pedagogika instituti Ziyayev Adhamjon Nisolmuxammatovich


Korreksion (maxsus) pedagogikaning vazifalari,tamoyillari,metodlari



Yüklə 1,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/69
tarix02.04.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#124708
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   69
ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА

9.2.Korreksion (maxsus) pedagogikaning vazifalari,tamoyillari,metodlari. 
Turli kategoriyali anomal bolalarni rivojlantirish, o’qitish va tarbiyalashning 
umumiy qonuniyatlari mavjud. Korreksion pedagogikaning asosini anomal 
bolalarni har tomonlama, fiziologik va psixologik o’rganish tashkil etib, uning 
vazifalari sirasiga quyidagilar kiradi:
1) 
rivojlanishida turli kamchiliklar bo’lgan bolaning nuqsonlarini 
tuzatish va korreksion-kompensatorli imkoniyatlarini aniqlash; 
2) 
differensiyali o’qitish va tarbiyalashni amalga oshirish maqsadida 
anomal bolalarning muammolarini hal etish; 
3) 
anomal bolalarni aniqlash va hisobga olish; 
4) 
rivojlanish anomaliyasini erta diagnostika qilish metodlarini ilmiy 
jihatdan ishlab chiqish; 
5) 
bolalarda rivojlanish nuqsonlarini tuzatish, yo’qotish yoki kamaytirish 
bo’yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish; 
6) 
anomal bolalikning oldini olish bo’yicha profilaktik chora-tadbirlar 
tizimini ishlab chiqish; 


105 
7) 
anomal bolani rivojlantirish va uni ijtimoiylashtirish jarayonining 
samaradorligini oshirish. 
 
9.3.Inklyuziv ta’lim. 
Har qanday jamiyatda kelajak vorislari bo’lmish farzandlarni ma`suliyatni 
his yetadigan, ularni davlat taraqqiyoti va gullab-yashnashiga salmoqli ulush 
qo’shadigan munosib fuqarolar bo’lib yetishishlariga katta umid bilan qaraladi. 
Bolalar huquqlari to’g’risidagi Konvensiya maxsus ehtiyojli bolalarning ta’lim 
olish huquqini ham kafolatlaydi. 
Uning 23-bandida maxsus ehtiyojli bolalarning ta’lim tarbiyasi xususida 
qisqa va aniq qilib quyidagicha ta’kidlangan: ―Nogiron bolaning maxsus 
ehtiyojlarini aniqlab, uning ijtimoiy hayotga qo’shilishi va shaxs sifatida rivojlana 
olishiga yetaklovchi vosita hisoblangan ta’lim olishga har tomonlama yordam 
berilishi lozim. Bu qoidadan shu narsa ayon bo’ladiki, maxsus ehtiyojli bolalar 
ham jamiyat hayotida to’liq ishtirok etishi, madaniyatga hamohang bo’lib o’sishi, 
uning boyliklaridan, go’zalligidan bahra olib jamiyatning rivojiga hissa 
qo’shishlarining ahamiyati juda kattadir.
L.S.Vigotskiy umumiy va maxsus ta’limni uyg’unlashtiradigan ta’lim 
tizimini tashkil etish, ya’ni maxsus yordamga muhtoj bolalarni inklyuziv ta’lim 
tizimida o’qitishni e’tirof etgan. Ta’lim tizimi shunday bo’lish kerakki,-deb yozadi 
L.S.Vigotskiy-“maxsus ta’lim va umumiy ta’lim uyg’unlashib ketishi uchun shart-
sharoitlar yaratilsin”. Buning uchun shunday ta’lim tizimini yaratish kerakki, 
maxsus yordamga muhtoj bola o’qish jarayonida har tomonlama rivojlansin. 
L.S.Vigotskiy nuqsonli bolani tarbiyalashning vazifasi bu boladagi nuqsonlarni 
kompensasiya qilish va uning hayotga integrasiyasini ta’minlashdir, deb 
hisoblaydi.
Barcha bolalarni, ularning jismoniy, aqliy, ijtimoiy, hissiy, tili va boshqa 
xususiyatlaridan qat’iy nazar o’qishga qabul qilinishlari lozimligi haqidagi xalqaro 
qonuniy hujjatlarda ta’kidlanishicha:
-Har bir bola ta’lim olish va o’ziga muvofiq darajada bilimga erishish 
huquqiga ega:
-Ma’orif tizimi va ta’limiy dasturlar turli xil xususiyat va ehtiyojlarni 
hisobga olgan holda tuzilib, shu ishga yo’naltirilsin. Maxsus yordamga muhtoj 
bolalar uchun oddiy maktablarga borish imkoniyati yaratilsin;
-Maxsus yordamga muhtoj bolalar bilan ishlash oddiy maktablarning ish 
faoliyati doirasiga kirar ekan, bu jarayon quyidagi maqsadlarga erishishning eng 
samarali vositasi bo’la oladi:


106 
-Ajratib qo’yish illatiga qarshi kurash;
-Do’stona insonparvar jamoalarni yaratish, o’z tarkibiga maxsus ehtiyojlari 
bo’lgan shaxslarni olgan jamiyatni qurish;
-Barcha bolalarning ta’lim olishiga erishish.
Maxsus ehtiyojli bolalar ham jamiyatning to’laqonli va teng huquqli a’zosi 
ekanligi e’tirof etilib, ular ta’limida alohida yangicha yondashuv Integrasion 
hamda Inklyuziv ta’lim tizimi yuzaga keldi. 
“Integratsiya” tushunchasi ingliz tilidan olingan bo’lib, “integrative”-qo’shiluvchi, 
birlashuvchi, 
integration-qo’shilish, 
birlashish-degan 
ma’nolarni bildiradi. 
Integratsiya ta’limga jahon miqyosida turlicha yondashishlar mavjud. Shuni qayd 
etib o’tish kerakki, deb yozadi Ture Yonsan-integratsiyaning yolg’iz o’zi maqsad 
emas, nogiron bolani umumta’lim sharoitga joylashtirish integratsiyaga qarab 
qo’yilgan birinchi qadamdir. Ammo bu ta’lim tizimi bolani o’rganish orqali 
aniqlangan ehtiyojlarni to’la qondirishni talab etuvchi aniq resurslar va olib 
boriladigan ishlardan iborat aniq reja asosida amalga oshiriladi.
1
L.M.Shipsina 
integrasiyani ikkita turga ajratgan: ijtimoiy va pedagogik integrasiya. Ijtimoiy 
integratsiya turida ijtimoiy munosabatlarni imkoniyati cheklangan bolalarning 
ta’lim tizimiga moslashtirishni nazarda tutadi. Pedagogik integratsiyada bolaning 
qobiliyatlarini o’quv rejaga moslashtirish nazarda tutiladi.

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin