72
Jamiyat a’zolarining estetik madaniyati masalalari barcha davrlarda o’z
dolzarbligini yo’qotmagan. Demak, bugungi kunda ham yoshlarni estetik jihatdan
tarbiyalash o’z dolzarbligini yo’qotgani yo’q.
Estetik tarbiya – shaxsni tabiat va jamiyatdagi go’zalliklarni ideal nuqtai
nazardan idrok etishga o’rgatadi. Estetik tarbiya – o’quvchilarda
estetik bilim,
ko’nikma, malakalarni shakllantirishni, hamda estetik his-tuyg’u, qiziqish, ehtiyoj,
baho berish kabi xislatlarni tarbiyalash masalalarini o’z ichiga oladi. Estetik tarbiya
mohiyati asosan quyidagilarni o’z ichiga oladi:
– tabiat va voqelikdagi go’zalliklarni idrok etish va zavqlanish;
– san’at asarlarini to’g’ri tushuna bilish va baholash;
– o’zining qobiliyat va iste’dodlarini namoyon etishga intilish;
– hamma narsada, ya’ni tabiatda, munosabatda, mehnatda, go’zallik uchun
kurashish;
-xunuklik va tartibsizlikka murosasiz bo’lish.
Shunday qilib, estetik tarbiya —bu san’at va hayotdagi go’zalliklarni
tushunish va his eta olish qobiliyatlarini shakllantirish, san’at sohasidagi
qobiliyatlarni rivojlantirish, estetik bilim va his-tuyg’uni shakllantirish jarayonidir.
Estetik tarbiyaning maqsadi shaxsda estetik madaniyatni shakllantirish hisoblanadi.
Estetik tarbiyani tashkil etishda quyidagi vazifalar hal qilinadi:
– o’quvchilarga ijtimoiy voqelik, tabiat va mehnat munosabatlari, turmush
go’zalliklari, ularni anglash to’g’risidagi bilimlarni berish;
– o’quvchilarni badiiy-estetik madaniyatini boyitish;
– o’quvchilarda musiqiy, badiiy ziyraklikni, ijodiy tafakkurni rivojlantirish;
– o’quvchilarda ijtimoiy voqelik, tabiat va mehnat munosabatlari, turmush
go’zalligini anglash, his qilish qobiliyatini tarbiyalash;
– o’quvchilarda mavjud go’zalliklarni
qadrlash hissi, estetik didni
shakllantirish, go’zallikka muhabbat uyg’otish;
– o’quvchilarda go’zallikni yaratish ehtiyojini qaror toptirish,
estetik
qobiliyat va madaniyatni shakllantirish.
Estetik madaniyat elementlari quyidagi komponentlardan iborat.
Estetik qarash – estetik ongning g’oyaviy negizi, tabiat, hayot, san’at
mohiyati haqidagi estetik fikr-mulohazalar va g’oyalar tizimi. Estetik idrok –
ijtimoiy voqelik, buyum, hodisalarning go’zalligini ongda yaxlit aks etishi bo’lib, u
go’zallik his etilganda yuzaga keladi va aniq maqsadga yo’naltiriladi. Estetik ong –
shaxsga nazariy tushunchalar berish asosida predmet, buyum, voqelik va hodisalar
mohiyatini estetik baholay olish imkonini yaratadigan his-tuyg’ular, sezgilar,
tasavvur va qarashlar shakli. Estetik ong – estetik his-tuyg’u, estetik idrok, estetik
bilim, estetik mulohaza,
estetik baho, estetik did, estetik ideal kabilardan tarkib
topadi.
Estetik faoliyat ko’nikmalari deb estetik ehtiyojlarni qondirish yo’lida
muayyan xatti-harakatni amalga oshirishga imkon beradigan ko’nikmalarga
aytiladi.
73
Estetik madaniyat – go’zallikni
his etish, undan zavqlanish, mavjud
go’zalliklarni asrash va boyitish yo’lida o’zlashtirilgan bilim, amalga oshiriladigan
estetik faoliyat sifat darajasini belgilovchi ko’rsatkich.
O’quvchilarni estetik madaniyatliligini quyidagi mezonlarga ko’ra aniqlash
mumkin:
-estetik bilimlarning tarkib topganligi;
-estetik madaniyatning tarbiyalanganligi;
-estetik va madaniy meros namunalaridan xabardor bo’lish;
-estetik tuyg’uning rivojlanganligi;
-ijtimoiy hayot, tabiat va mehnat go’zalliklarini his etish;
-go’zallikka intilish ehtiyojining rivojlanganligi;
-estetik idealning shakllanganligi;
-fikrlash,
faoliyat, xatti-harakat va tashqi ko’rinishda go’zal bo’lishga
intilish.
Dostları ilə paylaş: