106
-Ajratib qo’yish illatiga qarshi kurash;
-Do’stona insonparvar jamoalarni yaratish, o’z tarkibiga maxsus ehtiyojlari
bo’lgan shaxslarni olgan jamiyatni qurish;
-Barcha bolalarning ta’lim olishiga erishish.
Maxsus ehtiyojli bolalar ham jamiyatning to’laqonli va teng huquqli a’zosi
ekanligi e’tirof etilib, ular ta’limida alohida yangicha yondashuv Integrasion
hamda Inklyuziv ta’lim tizimi yuzaga keldi.
“Integratsiya”
tushunchasi ingliz tilidan olingan bo’lib, “integrative”-qo’shiluvchi,
birlashuvchi,
integration-qo’shilish,
birlashish-degan
ma’nolarni bildiradi.
Integratsiya ta’limga jahon miqyosida turlicha yondashishlar mavjud. Shuni qayd
etib o’tish kerakki, deb yozadi Ture Yonsan-integratsiyaning yolg’iz o’zi maqsad
emas, nogiron bolani umumta’lim sharoitga joylashtirish integratsiyaga qarab
qo’yilgan birinchi qadamdir. Ammo bu ta’lim tizimi bolani o’rganish orqali
aniqlangan ehtiyojlarni to’la qondirishni talab etuvchi aniq resurslar va olib
boriladigan ishlardan iborat aniq reja asosida amalga oshiriladi.
1
L.M.Shipsina
integrasiyani ikkita turga ajratgan: ijtimoiy va pedagogik integrasiya. Ijtimoiy
integratsiya turida ijtimoiy munosabatlarni imkoniyati cheklangan bolalarning
ta’lim tizimiga moslashtirishni nazarda tutadi. Pedagogik integratsiyada bolaning
qobiliyatlarini o’quv rejaga moslashtirish nazarda tutiladi.
Dostları ilə paylaş: