O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi Qo`qon Davlat pedagogika instituti Ziyayev Adhamjon Nisolmuxammatovich



Yüklə 1,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/69
tarix02.04.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#124708
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   69
ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА

 
Jazolash - tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga salbiy baho 
berish usuli. 
Jamoa (lotincha «kollektivus» so’zining tarjimasi bo’lib, yig’ilma, omma, 
birgalikdagi majlis, birlashma, guruh kabi ma’nolarni anglatadi) - bir necha a’zo 
(kishi)lardan iborat bo’lib, ijtimoiy ahamiyatga ega umumiy maqsad asosida 
tashkil topgan guruh. 
Ijtimoiylashuv – ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishi 
asosida shaxsning hayot va ishlab chiqarish jarayoniga moslashuvi. 
Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar - o’quvchilarda ma’naviy-
axloqiy sifatlar, e’tiqod hamda dunyoqarashni shakllantirish maqsadida ularning 
ongi, his-tuyg’usi va irodasiga ta’sir ko’rsatish usullari. 
Yosh xususiyatlari - muayyan bir yosh davriga xos bo’lgan anatomik, 
fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlar.
Ilmiy dunyoqarash - uzluksiz, izchil ravishda mavjud fanlar asoslarini 
puxta o’zlashtirib borish, ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etish 
natijasida barqarorlashgan dunyoqarash shakli. 
Korreksiya (yunoncha «correctiio» - tuzatish) - pedagogik uslub va 
tadbirlardan iborat maxsus tizimi yordamida anomal bolalarning psixik va jismoniy 
rivojlanishidagi kamchiliklarini qisman yoki to’liq tuzatish. 


124 
O’z-o’zini baholash - mavjud fazilatlari, xatti-harakati, xulq-atvorini tahlil 
qilish asosida o’z shaxsiga baho berishga yo’naltirilgan faoliyat usuli. 
O’z-o’zini tarbiyalash metodlari - o’quvchilarning o’zini o’zi idora 
qilishlari, turli o’quvchilar organlari faoliyatida faol ishtirok etishlarini ta’minlash, 
ularning ijtimoiy mavqelarini oshirish maqsadida qo’llaniluvchi usullar. 
O’z-o’zini tahlil (nazorat) qilish - o’z shaxsi, mavjud fazilatlari, xatti-
harakati, xulq-atvorini tahlil qilish, mavjud sifatlarni boyitish yoki salbiy odatlarni 
bartaraf etishga qaratilgan faoliyat usuli. 

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin