O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/81
tarix08.11.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#131420
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
Namangan davlat universiteti ijtimoiy-madaniy faoliyat kafedrasi (1)



 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
 
 
 
 
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
 
 
 
IJTIMOIY-MADANIY FAOLIYAT KAFEDRASI 
 
 
 
Ijtimoiy-madaniy faoliyat sohasida reklama
fani bo’yicha
 
 MA'RUZA MATNI
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Namangan -2014 


 
Tuzuvchi: B.B. Inatullayev, Namangan davlat universiteti Ijtimoiy-madaniy 
faoliyat kafedrasi o’qituvchisi
 
 
 
 
Taqrizchi: Z.U. Haydarov, Namangan davlat universiteti Ijtimoiy-madaniy 
faoliyat kafedrasi katta o’qituvchisi, t.f.n. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


K I R I SH
 
Mamlakatimiz jadallik hamda o‘ziga xos qiyinchiliklar bilan bozor iqtisodiyotiga 
moslashayapti. O‘zining tuzilishi bilan yetarlicha qiyin bo‘lgan bu jarayon 
fuqarolarning dunyoqarashi va o‘zini tutishi jihatidan juda katta vazifalarni o‘rtaga 
qo‘yadi. Hozirgi kecha-kunduzda ijtimoiy hayotni reklamalarsiz tasavvur etib 
bo‘lmaydi. Chunki reklama kundalik ehtiyojga, aniqroq qilib aytganda bozor 
talabiga aylanib qoldi. 
Reklama shiddat bilan ijtimoiy hayotimizga kirib kelmoqda. XX asr 
tarixga ilmiy-texnika taraqqiyoti davri bo‘lib kirgan bo‘lsa, XXI asr axborot 
texnologiyasi davri bo‘ladi. Chunki dunyoning bu chekkasidagi axborot manbalari, 
yangiliklar, xabarlar tez sur'atlar bilan dunyoning u chekkasida namoyon 
bo‘lmoqda. Axborotlarning bunday tez tarqalishi jamiyat a'zolariga, ijtimoiy 
hayotimizga, insonlarning turmush tarziga, kundalik hayotiga kuchli ta'sir etadi. 
Reklama axborotning san'at darajasidagi ommaviy turi bo‘lib, u turli uslublar 
orqali mahsulotlar va xizmat turlarining belgilari va texnologiyalarini yorituvchi 
vositadir. Uning ahamiyati, ayniqsa jamiyatda ishlab chiqaruvchi kuchlar o‘rtasida 
raqobatning kuchaygan bir davrida oshib boradi. Reklama bu – aholiga mahsulot 
yoki biror xizmat turi haqida axborot berish, uning afzalligi va imkoniyatlarini 
tushuntirish demakdir. Reklama mahsulotning kelib chiqishi yoki xizmat turining 
afzalliklarini, unga bo‘lgan ehtiyojning darajasini ham o‘zida aks ettiradi. 
Reklamada mahsulot haqidagi axborotlar bozorning to‘rtta talabini ham o‘z ichiga 
oladi. Bu – mahsulot, narxlar, sotuv va targ‘ibot. Reklama tashkiloti – turdosh 
reklama agentliklari ma'lumotlarini umumlashtirib reklamaning yangi formasini va 
uning tarqatilishini boshqaradi. 
Demak, reklama biror korxona, muayyan turdosh buyum, xizmat yoki 
ijtimoiy harakatning el orasida nom chiqarishini ta'minlash uchun tovarga
xizmatga odamlar diqqatini jalb etish, bularni keng ma'lum qilish, ular to‘g‘risidagi 
ma'lumotlarni tarqatish maqsadida olib boriladigan faoliyatdir. Mohirlik bilan 
tashkil etilgan reklama bozordagi xaridorlarning xohish-istagi va iste'molchilarning 
xatti-harakatlarini boshqarib borishda yordam beradi.



Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin