O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/81
tarix08.11.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#131420
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   81
Namangan davlat universiteti ijtimoiy-madaniy faoliyat kafedrasi (1)

 
Tayanch so‘z va iboralar: 
Kommunikatsiya,Jo’natuvchi, pragmatik axborot
ommaviy kommunikatsiya, tashkiliy kommunikatsiya, ichki kommunikatsiya 
(insonning o’z-o’zi bilan muloqoti),shaxslararo kommunikatsiya (2 kishi), kichik 
guruhlardagi kommunikatsiya, taqlid qilish, muloqot eslatish, axborot berish 
Nazorat savollari:
1.
 
Kommunikatsiya deganda nimani tushunasiz?
2.
 
Marketing kommunikatsiyalari tizimida reklama qanday ahamiyatga ega?
3.
 
Kommunikatsiyaning qanday turlari mavjud?
4.
 
Marketing kommunikatsiyalari tizimida reklamaning ekspressiv va pragmatik 
xususiyati nimada?
 
REKLAMA TURLARI VA PSIXOTEXNOLOGIYA 
Reja:
1.
 
Reklama turlari 
2.
 
Korxona faoliyati reklamasi
3.
 
Reklama faoliyatida psixotexnologiya 
 
Reklama turlari. 
Reklama bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘llarida shu narsa 
kuzatiladiki, uning turlari davrlarga qarab o‘zgarib, shakllanib borgan. Reklamalar 
hayot tarzimizda yangilanib taraqqiy etib boradi. Uning shakllanishiga ta'sir 
ko‘rsatadi. Hozirga kelib biz reklamaning an'anaviy va zamonaviy turlaridan 
foydalanib kelmoqdamiz. 
Ko‘rgazmalar an'anaviy reklamalardan biri bo‘lib, unda betakror 
hunarmandchilik ishlari, san'at asarlari namoyish etiladi. Ular davlatni, millatni, 
shaxsning obro‘sini oshiradi, xalqni jahonga tanitadi. 
Bosma (reklama nashrlari) - kataloglar, bukletlar, varaqlar, otkritkalar, 
axborot xatlari, afishalar, yirik alloma, shoir va yozuvchilarning portretlari, 
firmalarning rangli rasmlari, kalendarlar, etiketkalar, nakleykalar va hokazolarni 
qamrab oladi. Bu reklama turi juda qulay bo‘lib, ularni sovg‘a sifatida taqdim 
qilish mumkin. Ko‘rgazma, kitob magazini, kutubxona, korxona va muassasalarga 
bunday reklama nashrlari fayz kiritadi. 
Plakatlar – bu axborotni badiiy ko‘rgazmaviy targ‘ibot usuli bo‘lib, uning 
maqsadi keng jamoatchilikni bo‘layotgan voqye'likka undashdir. Plakatlar ko‘zga 
tashlanadigan, ishonadigan, esda qolarli bo‘lishi kerak. Plakatlar kompozitsiyasi 
uzoqdan ko‘rinarli va uzoqdan o‘qimishli bo‘lishi lozim. Ular kitob va chaqiriqlar 
bilan boyitilishi mumkin. 
Plakatlar mazmuniga ko‘ra 4 ga bo‘linadi: 
1.
Ish plakati yoki reklama plakati 
2.
Afishalar, plakatlar. 
3.
Ijtimoiy-siyosiy plakatlar 


4.
Telereklama plakatlari. 
Plakatlar XIX asr oxiri va XX asr boshlarida san'at darajasida rivojlana 
boshladi. Plakatlar odatda vaqti-vaqti bilan almashtirib turiladi. Ular shahar 
maydonlariga, ko‘chalarga fayz kiritadi. Bayramlarimiz ko‘rki hisoblanadi. 
Yaratilishga doir tarixiy materiallarning berilishi, akterlar va taniqli kishilar 
bilan suhbatlar bunga misol bo‘la oladi. Televidenie reklamasida akterlarning, 
suxandonlarning ishtirok etishi televidenie reklamasini yanada boyitadi. 
To‘g‘ridan-to‘g‘ri reklama xarakteridagi ko‘rsatuvlar, masalan, «Assalom 
O‘zbekiston», «Katalog», «Telekurer market», «Kino olami» kabi ko‘rsatuvlarni 
bunga misol qilib keltirish mumkin. Radio reklamasi badiiy kompozitsiyasining 
eshittirishlar, muloqotlar, turli mazmundagi e'lonlar, xabarlar, mutaxassis, 
yozuvchi, shoirlar, akter, davlat arboblari bilan uchrashuvlar radio reklamasi 
hisoblanadi. «Savol-javob» asosida tayyorlangan eshittirishlardan keng xalq 
ommasi unumli foydalanadi. 
Badiiy eshittirishlar, e'lonlar reklamalarning musiqa ohanglarida berilishi 
maqsadga muvofiqdir. Chunki o‘ziga ohanglar sadosida yoki yoqimli ashulalar, 
musiqalar 
bilan 
reklamaning 
berilishi 
uning 
ta'sirchanligini 
oshiradi. 
Ruhshunoslarning ilmiy tadqiqotalrida ham bu usul asoslab berilgan. Yana turli 
sovg‘alar orqali ham reklama amalga oshirilishi mumkin. Shaxslarning mazmunli, 
unumli mehnati, xalq, san'at, ilm-fan uchun bag‘ishlangan hayotlarini namuna 
qilib ko‘rsatish mumkin. Ularni mukofot va sovg‘alar bilan rag‘batlantirish 
reklamalar ichida eng sharafli va yoqimli hisoblanadi. 
Afishalar, konsertlar, kino, teatr, ko‘rgazmalar haqida ma'lumot beruvchi 
xabarlarda ham ma'lum bir maqsad ifodalanadi. Afishalarda namoyish etiladigan 
tadbirlar to‘g‘risidagi ma'lumot to‘liq berilishi lozim. Ya'ni uning o‘tadigan vaqti, 
joyi, kimlar ishtirok etishi ko‘rsatilib, rasm va portretlar bilan boyitilgan bo‘lishi 
maqsadga muvofiqdir. 
Seminar treninglar – keyingi vaqtlarda ommalashib borayotgan reklama 
turidir. Seminar treninglar guruhlarga bo‘linib, ishtirokchilar ma'lum bir masalani 
muhokama qiladilar. Seminar trening oxirida yakuniy mulohazalar, ya'ni 
mavzuning yechimi beriladi. 
Reklama vaqtiga ko‘ra davriy va mavsumiy reklamalarga bo‘linadi. 
Davriy reklama deb yil davomida berib boriladigan reklamalarga aytiladi. 
Masalan, dorilar, oziq-ovqat mahsulotlari, atir-upalar, davolanish maskanlari va 
hokazolar to‘g‘risidagi reklamalar bunga misol bo‘lishi mumkin. 
Mavsumiy reklama esa yilning fasliga, davriga qarab berib boriladi. 
Masalan, Yangi yil sovg‘alari mavsumiy kiyimlar, yozgi dam olish, o‘quv 
yurtlariga qabul ishlari va boshqalar. Reklamaning berilish vaqti ham kata 
ahamiyatga ega. Bularning kishilar dam olayotgan vaqtda haddan tashqarii ko‘p 
berilishi, inson ruhiyatiga salbiy ta'sir etishi mumkin. Ayniqsa, reklama 
roliklarining qayta-qayta, tez-tez takrorlanishi inson asabini taranglashtiradi.
Televidenieda doimiy berib boriladigan seriallarda ham reklamalarning uzoq vaqt 
takror-takror berilishini ijobiy deb bo‘lmaydi. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin