Birinchisi
ikkinchisidan ustun. Unda qudrat va hokimlik mavjud u –ishonchli.
Uning orqasida hyech nima va hyech kim bo‘lmasa ham shunday ko‘rinadi.
Ikkinchisi
ruhan kuchsiz, o‘z fikridan qaytuvchan. Birinchisi ikkinchisining
ruhiyatini programmalashtiradi. Chunki u o‘zining fikrida qat'iy. Aslida u
hammaga ma'lum bo‘lgan hodisalar haqida so‘z yuritadi. Go‘yo boshqalarga ham
xuddi shunday muomala qilishga yo‘naltiradi. Agar siz o‘zingizga ishonsangiz
ikkinchi odamning fikrini tez o‘zgartira olasiz. Igsonlar hamma vaqt bir-birlarini
programmalashtiradi. Ruhiy jihatdan kuchli bo‘lgan odam ruhiy jihatdan ojiz
bo‘lgan odamning irodasini sindiradi.
Bu holat birinchi navbatda siyosatda va reklamada aniq ko‘rinadi. Reklama
ham bizga o‘ziga qattiq ishongan odamdek munosabatda bo‘ladi.
Reklama nafaqat axborot yetkazish maydoni, reklama – odamlarni ruhiy
programmalash manbai hamdir. Unga xuddi shunday munosabatda bo‘lish lozim.
Uni xuddi shunday tushunish lozim. Aks holda vaqti kelib ertami yoki kechmi
reklama odamlarni nafaqat iqtisodiy sohada boshqa sohalarda ham boshqarishga
o‘tishi mumkin.
Axir, oxir-oqibatda odamlar ma'lum bir mahsulotning mavjudligini bilish
uchun emas, balki uni xarid qilishni o‘ziga maqsad qilib qo‘yadi.
Reklamani ta'sir ko‘rsatuvchi vositadan faqat axborot beruvchi vositaga
aylantirishga yo‘l qo‘ymaslik lizim.
Fuqarolarning fikrlashidagi antiqalik shundaki, u o‘ziga kuchli bosim
o‘tkazishga intilayotgan reklamaga emas, aksincha, oddiygina axborot berish bilan
kifoyalanib qoladigan reklamaga ishonadi, reklama axborotini o‘ziga qabul
qilishda tanlash imkoniyati xayoliydir. Ana shunday yaxshi reklama, albatta,
xayoliy illyuziyani yaratadi. Bunday reklama kishilarni ishontiradi, ularning to‘g‘ri
tanlash yo‘liga o‘tganligidan mamnun bo‘ladi, bu yakkayu-yagona to‘g‘ri
tanlangan yo‘l ekanligini uqtiradi.
Xarid qilishga doir o‘zini boshqarish iste'molchi faoliyati maqsadlari
xususiyatiga bog‘liqdir. Reklama axborotida alohida ajratib ko‘rsatilgan
mahsulotning qanchalik iste'molchi faoliyati maqsadlari mazmuniga muvofiq
kelishi uning muvaffaqiyatiga garov bo‘ladi.
Agarda mahsulot tijorat maqsadlarida sotib olinayotgan bo‘lsa, bunda
nisbatan arzonroq bo‘lgan mahsulotlarni sotib olishga ehtiyoj tug‘iladi. Boshqacha
qilib aytganda bular oson va tezroq sotiladigan mollardir.
Reklama kompaniyalari ko‘p hollarda o‘z e'tiborini ulgurji savdo ko‘lamini
tobora kengaytirayotgan, hamda mahsulotlar sonini ko‘paytirayotgan, odamlarni
ish bilan band bo‘lishini ta'minlayotgan tijoratchilarga emas, balki aksincha
iste'molchi tomonidan qanchalik miqdorda yakuniy tovar mahsulotlarini xarid
qilayotganiga qaratmoqda. Reklama ulgurji savdolar uchun faqatgina skidka
miqdorini ko‘rsatish uchun ishlatilmoqda. Umuman olganda xaridor tomonidan
xarid qilish haqidagi qarorni keyingi payitlarda ko‘plab qabul qilayotgani
reklamaning iste'molchiga bevosita ta'siridan dalolat beradi.
- xaridor tashqi muhitiga ta'siri (xarid qilish sabablarini shakllantiradi); xarid
qilishning ob'ektiv zarurati;
Ijtimoiy muhim, madaniy muhim; sub'ektiv faktorlar;
- xaridor ichki muhitiga ta'siri; sabablariga munosabati; xarid etish ehtiyojini
anglash va mahsulotlar haqida ma'lumotlar olish;
Mahsulotga
qiziqishning paydo bo‘lishi; mahsulot va o‘zining
imkoniyatlarini baholash, xarid qilish haqida qaror qabul qilish; tovar qidirish;
sotib olish.
Xarid qilish ob'ektiv zaruriyati davrida mahsulotning yo‘qolishi,
narsalarning eskirganligi va boshqa shunday hollarda tovarni xarid qilish qarori
sub'ektiv ravishda hal qilinadi. Ushbu holatlarda ham professional ish ko‘radigan,
davr bilan hamohang bo‘lgan reklama beruvchi kerakli yo‘nalishda iste'molchiga
zaruriy va foydali bo‘lgan axborot ma'lumotlarini bera oladi.
Kreativ ishlar quyidagi harakatlarni o‘z ichiga oladi:
- buyurtmachining istagi haqida to‘liq ma'lumotga ega bo‘lish, aniq
tushunchaga ega bo‘lish;
- uning g‘oya va istaklarini agentlikning barcha ijodiy xodimlariga
yetkazish;
- g‘oyalarni tadbiq etishning barcha usullarini tahlil etish;
- qo‘llasa bo‘ladigan bir yoki bir nechta qarorlarni tanlab olish;
- buyurtmachini loyiha mazmuni bilan tanishtirish, lozim bo‘lgan taqdirda
uni himoya qilish. Bunda nafaqat texnik imkoniyatlar haqida tasavvurga ega
bo‘lish, balki ijodiy ishlanmalarni tadbiq etishga doir turli usullardan foydalanish.
Ijodiy reklama eng muhim hodisani ajratib ko‘rsatadi. Ijodiy guruh
parametrlari canoqsiz bo‘lgan juda katta tanlov ichidan faqat eng zaruri, eng
keraklisini tanlab oladi. Ushbu mahsulotning eng muhim bo‘lgan jihatini namoyish
qiladi. Bunda yagona bo‘lgan element va g‘ayrioddiy rakurslardan foydalanadi.
Bunday faoliyatda ikiinchi darajali narsalar ikkinchi planga tushiriladi. Ijodiy
reklama tamoshabin va o‘quvchining tasavvurini boyitadi, xayolida yangi obrazlar
yaratishga turtki beradi. G‘ayri tabiiy ko‘rinish yoki matn tamoshabinda zo‘r
qiziqish uyg‘otadi, e'tiborini jamlaydi.
Ijodiy reklama nostandart, iste'molchidan mahsulotni “sezish”ga undaydi.
Radio reklama mahsulotini “ko‘rish”ga undasa, telereklama uni “ushlab ko‘rish”ga
chorlaydi. Ijodiy reklama bo‘shliqdan juda samarali foydalanadi, unda bo‘shliq
ham reklamaning yuragiga aylanadi. Ijodiy guruhning asosiy vazifasi reklama
xabarini jonlashtirishdir. Sarlavha, matn, tashqi ko‘rinishlarni hisobga olgan holda
vizual qator o‘ylab topadi. Reklama jarayonining rivojlanishi har bir bosqichda
quyidagi xolatlarni bosib o‘tadi:
- sharoitni baholash;
- vazifalarni aniqlash;
- muammolarni belgilab olish;
- ijodda ruhiyat elementlaridan foydalanish;
- g‘oyalar ishlab chiqish;
- g‘oyalarni baholash;
- eng yaxshi g‘oyalarni tanlash.
G‘ayritabiiy tafakkurlash, predmet-hodisaga yangicha munosabatda bo‘lish,
boshqalar sezmaydigan va ko‘rmaydigan narsalarni ilg‘ab olish, g‘ayritabiiy, o‘ta
ta'sirli tushunchalar berib, tinglovchi, eshituvchi ongiga yetkazish ijodiy guruhning
asosiy vazifasa hisoblanadi.
Hamma yerda hoziru-nozir reklama ijodiy xodimlariga xos bo‘lgan quyidagi
fazilatlar ularning ijodiy faoliyatida muhim o‘rin tutadi.
- hazilga moyillik;
- jonli tasvir;
- insonlar va ularning hatti-harakatlariga bo‘lgan doimiy qiziqish;
- adabiyot, san'at, tarih musiqa, fan sohalarida keng bilimga egaligi;
- oddiy buyumlarda go‘zallikni ko‘ra olish;
- bo‘layotgan vaqyea-hodisalarga sinchkovlik bilan munosabatda bo‘lishi;
- boshqalarni tinglash qobiliyatiga ega bo‘lishi;
- atrof-muhitdagi o‘zgarishlarga befarq emasligi;
- ishontira bilish qobiliyatiga ega ekanligi;
- ishga ixlos bilan yondasha olishi;
- shakl va mazmun yaxlitligini ta'minlay olishi;
- muhim xarakterlarni ajrata olish, keraksizlarini o‘z vaqtida olib
tashlashi;
- o‘z ishining sifatiga jon kuydirishi, ish faoliyati yaxshi yakun
topmaganida uni yo‘qotish faoliyatidan “o‘chirib tashlash”
qobiliyatiga ega bo‘lishi;
- o‘z g‘oyasining pishib-yetilishiga imkon topa olishi;
- kutilmagan ijodiy yangilik qila olishi, hamkasblarida o‘ziga
nisbatan hayrat hislarini uyg‘ota olishi;
- qat'iylik bilan ishlay olishi va h.k.
Ijodiy g‘oyalarni o‘ylab chiqarish faqat ayrim shaxslarga xos bo‘lgan fazilat
emas. Reklama amaliyotida ijobiy jamoaning roli beqiyosdir. Bunday ijodiy
kamandada ikki va undan ortiq mutaxassislar hamkorlik qiladilar. Kamdaning har
bir a'zosi o‘zlarining individual va jamoaviy xususiyatlarini to‘liq namayon
qilganliklaridagina ko‘zlangan maqsadlarga erishadilar. Agar alohida oladigan
bo‘lsak, individual ijod yoki jamoaviy ijod afzami, bu o‘rinda bir nima deyish
qiyin.
Har bir ishda materiallar qarshiligi mavjud. Reklamada bu “qarshilik” –
buyurtmachidir. Ko‘p hollarda uning niyatlariga qarab ishlashga to‘g‘ri keladi.
Reklamada nima muhim? Marketing yechimini topishmi yoki ijodkorning bunga
ijodiy qarashimi. Bu o‘rinda unisi ham, bunisi ham muhim.
Chiroyli, ijodiy yechim bilan tayyorlangan reklamaning o‘zi bo‘lmaydi. Uni
bir paytning o‘zida mijoz ham, iste'molchi ham qo‘llab – quvvatlashi lozim.
Reklama ijodining murakkabligi shundaki, bitta mutaxassis yoki jamoa bilan
yaratilgan reklama klipi nafaqat chiroyli va betakror, shu bilan birga unda noyob
savdo taklifi bo‘lishi lozim. Reklama beruvchi oldida og‘ir vazifa turadi.
Birinchidan, mahsulotni sotish lozim, buning uchun reklama zarur. Ikkinchidan,
reklama yaratiladi, hatto festivallarda mukofotlarga sazovor bo‘lgan. Lekin tovar
sotilmayapdi. Demak, reklama ta'siri yo‘q. Bunday nomutanosiblik reklamaning
“san'at – san'at uchun” degan aqida asosida yaratilganidan darak beradi. Bu borada
qarama-qarshi bo‘lgan ikki xil tushuncha mavjud. Birinchisi, reklama yaratish
uchun juda katta e'tibor shart emas. Ikkinchisi, reklama materialini har qanday
kishi o‘ylab topishi mumkin.
Reklamaga kompyuterlar ham ziyon yetkazmoqda. Bu dizaynerlar ishiga putur
yetkazmoqda. Nima bo‘lganda ham reklamada asosiy rolni ijod va ijodkor
bajaradi. Chunki reklamada ijod va ijod mahsullari: go‘zallik, ilhom, his etish,
noziklik, voqyealar rivojini oldindan ko‘ra bilish xislatlari reklama yaratishda
muhim ahamiyat kasb etishi kunday ravshan. Reklamada, ayniqsa, o‘z-o‘zini
reklama qilishda insonga xos bo‘lgan xususiyat-o‘zini ko‘rsatish, alohida ajralib
turish, o‘zini betakror shaxs sifatida bilish kabi xususiyatlar reklamaning umumiy
mazmunida sezilib qoladi. Reklama mazmuni va uslubi tantanali, zavqli, ko‘ngilli
ijtimoiy hayotga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Marketingdagi ijod bilimdan boshlanadi. Shu jihatdan sotuvchilarga ham ko‘p
narsa bog‘liq. Sotuvchi jamlangan obraz. U o‘z mahsulotini va xizmat turlarini a'lo
darajada bilishi lozim. Barcha raqobatchilari hamda mijozlari unga ma'lum bo‘lishi
lozim. Shunga doir barcha ma'lumotlar bilan qurollangan reklamachi ijod asosini
belgilovchi omillar bilan birga o‘zi haqiqiy reklama yaratishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |