O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti


-modda. Reklamaga bo‘lgan mualliflik huquqi



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/81
tarix08.11.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#131420
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   81
Namangan davlat universiteti ijtimoiy-madaniy faoliyat kafedrasi (1)

10-modda. Reklamaga bo‘lgan mualliflik huquqi. 
Reklamaga bo‘lgan mualliflik 
huquqi va turdosh huquqlarni tartibga solish qonun hujjatlariga muvofiq amalga 
oshiriladi. 
11-modda. Reklamani aynanlashtirish.
Reklama, uni tarqatish shakllari yoki 
vositalaridan qat'i nazar, boshqa axborotdan reklama deb hisoblash mumkin 
bo‘ladigan darajada ajratilgan bo‘lishi kerak. 
Televidenie va radiodagi reklama boshqa dasturlardan uning boshlanishi va 
oxirida audio-, video-, aralash vositalar yoki boshlovchilarning sharhlari 
yordamida ajratib qo‘yilishi lozim. 
Mahsulotga 
qiziqishni 
shakllantirish 
va 
mahsulot 
realizatsiyasiga 
ko‘maklashish uchun mahsulotning muayyan markasiga (modeliga, artikuliga) 
yoki uning ishlab chiqaruvchisiga iste'molchining e'tiborini atayin jalb etuvchi, 
shuningdek mazkur mahsulotni ishlab chiqaruvchi yoki tarqatuvchi shaxsga 
taalluqli ma'lumotlardan (rekvizitlardan) iborat axborot materiali, muallif va 
tahririyat materiali - reklama hisoblanadi hamda u "Reklama" yoki "Reklama 
o‘rnida" rukni ostida joylashtirilmog‘i lozim. 
12-modda. Homiylik.
Teleradiodasturlarni yaratishda, boshqa ommaviy axborot 
vositalari uchun materiallar tayyorlashda, teatr-konsert, sport tadbirlari va boshqa 
tadbirlarni uyushtirishda homiylar qatnashishi mumkin. 
Reklama televidenie va radio, audiovizual mahsulot bilan bog‘liq bo‘lgan va 
homiylik xizmatlaridan foydalanilayotgan taqdirda, homiylar to‘g‘risidagi axborot 
dasturning boshlanishida va oxirida qisqa va aniq qayd etilishi kerak. Homiyning 
nomi (nomlanishi) yonida yoki homiyning o‘rniga uning tovar belgisi (xizmat 
ko‘rsatish belgisi) ko‘rsatilishi mumkin. 
Yangiliklar to‘g‘risidagi teleradiodasturlarda homiylarning xizmatlaridan 
foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Homiylik ko‘rsatilayotgan shaxsning faoliyatiga homiy aralashishga haqli 
emas. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin