Yashirin
reklamadan radio-, tele-, video-, audio- va kino mahsulotida,
shuningdek boshqa mahsulotda foydalanishga va uni o‘zga usullar bilan
tarqatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Reklamani yashirin deb topish to‘g‘risidagi qarorni
vakolatli davlat organi
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qabul qiladi. (O‘zR 17.09.2010 y. O‘RQ-
259-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism)
15-modda. Qiyosiy reklama.
Qiyosiy reklama - raqobatchiga yoki uning
tomonidan taqdim etilayotgan muayyan bir turdagi mahsulotga bevosita yoki
bilvosita aynanlashtiriladigan reklamadir.
Agar
reklamada mahsulotning moddiy, muhim, ishonchli xossalari xolisona
va insofli taqqoslansa, agar bunda reklama undan foydalanuvchini chalg‘itib
qo‘ymasa va chalg‘itib qo‘yishi ham mumkin bo‘lmasa,
reklama beruvchi bilan
raqobatchining shaxsi yoki reklama beruvchining va raqobatchining tovar belgilari
(xizmat ko‘rsatish belgilari), firma nomi, mahsuloti aralashib ketmasa hamda
raqobatchining ishchanlik obro‘sini yoki uning tovar belgisini (xizmat ko‘rsatish
belgisini),
firma nomini, mahsuloti yoki faoliyatini badnom etmasa, qiyosiy
reklamaga yo‘l qo‘yiladi.
Dostları ilə paylaş: