O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti


Kommunikatsiyalar nazariyasining asosiy qonuniyatlari



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/81
tarix08.11.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#131420
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   81
Namangan davlat universiteti ijtimoiy-madaniy faoliyat kafedrasi (1)

Kommunikatsiyalar nazariyasining asosiy qonuniyatlari. 
Biz esa o’z 
oldimizga cheklanganroq maqsad – kommunikatsiyaning mohiyati muammolarini 
belgilab olish va ijtimoiy kommunikatsiyalar tizimini ko’rib chiqish va unda 
reklama qanday o’rin tutishini aniqlab olish maqsadini qo’yamiz Shuningdek, 
bizning vazifamizga reklama kommunikatsiyasining eng oddiy sxemasini tahlil 
qilish va uning asosiy tarkibiy qismlarini ko’rib chiqish ham kiradi.
«Kommunikatsiya» termini (lotincha communicatio — umumiylashtiraman, 
bog’layman) XX asr boshidan buyon ilmiy atama sifatida qo’llanib kelmoqda. 
Hozirgi vaqtda kommunikatsiya – turli kommunikativ vositalar yordamida har xil 
kanallar orqali shaxslararo va ommaviy aloqa sharoitlarida ijtimoiy shartlangan 
axborot uzatish va qabul qilish jarayoni sifatida izohlanadi. 
Ushbu kategoriyani tushunishga nisbatan kamida uchta asosiy, eng keng 
tarqalgan yondashuvni ajratib ko’rsatishadi. 
1. Moddiy olam har qanday obyektlarining aloqa vositasi. Bu yondashuv 
doirasida transport, energetik, suv yo’llar orqali va boshqa turdagi 
kommunikatsiyalarni ajratib ko’rsatish mumkin.
2.
Muloqot. Axborotni odamdan odamga berish.
3.
Jamiyatga ta’sir ko’rsatish maqsadida jamiyatda axborotlarni berish va 
almashish.
Aytib o’tilganlaridan ikkinchisi va uchinchisining mohiyati insonlar jamiyati 
doirasida bilimlar, mazmunga ega hissiyotlar, irodaviy impulslarlarni uzatish 
hisoblanadi. Shuning uchun ijtimoiy kommunikatsiyalarning ushbu ikki turi
transport va energetik kommunikatsiyalardan farqli ravishda, mazmunga ega 
hisoblanadi.
Shunisi ayonki, reklama kommunikatsiyasini o’rganish nuqtai nazaridan 
ko’rsatilgan yondashuvlardan uchinchisi eng dolzarb hisoblanadi. Reklama 
kommunikatsiyasining o’zi ijtimoiy kommunikatsiyaning turlaridan biri sifatida 
ta’riflanishi lozimligi shubhasiz. Chunki insonlar jamiyati doirasidan tashqarida 
reklama mavjud bo’lishi mumkin emas.


Agar 
ijtimoiy 
kommunikatsiya 
asosiga 
kommunikativ 
jarayondagi 
ishtirokchilar roli qo’yiladigan bo’lsa, u holda uning quyidagi turlarini ajratib 
ko’rsatish mumkin: 
*
muloqot (teng huquqli sheriklar dialogi);
*
taqlid qilish (jamiyat ba’zi a’zolari xulq-atvori, muloqoti, turmush tarzi 
namunalari va usullarining boshqa odamlar tomonidan o’zlashtirilishi);
*
boshqarish (jo’natuvchining xabarni oluvchiga maqsadga yo’naltirilgan 
holda ta’sir ko’rsatishi).
Qabul qiluvchining jo’natuvchilardan obyektiv mustaqilligiga qaramay, 
reklama boshqaruv vositalaridan biri hisoblanadi. Taqlid qilish murojaatni 
oluvchiga ta’sir ko’rsatish vositalaridan biri sifatida qo’llanilishi mumkin.
Bir qator belgilarga ko’ra(verbal-noverbal-sintetik, rasman-norasmiy, og’zaki-
yozma-bosma, 
bir 
mamlakat 
ichida-xalqaroG‘bir 
madaniyat 
ichida-
madaniyatlararo va h.k.) kommunikatsiya tasniflari ko’p. Ular orasida reklamaning 
kommunikatsiya tizimidagi o’rnini aniqlash uchun muhim mezon kommunikatsiya 
ishtirokchilarining soni hisoblanadi. Bunda uning quyidagi turlari ajratib 
ko’rsatiladi: 
– ichki kommunikatsiya (insonning o’z-o’zi bilan muloqoti);
– shaxslararo kommunikatsiya (2 kishi);
– kichik guruhlardagi kommunikatsiya (ishtirokchilar soni 3-8 kishi);
– jamoat kommunikatsiyasi (taxminan 10 dan 30-100 tagacha ishtirokchi). Bu 
bosqichda faol kommunikator va passiv auditoriya ajratiladi;
– tashkiliy kommunikatsiya (qoida tariqasida, 100 tadan ko’p ishtirokchi 
bo’ladi, lekin ular soni kamroq bo’lishi ham mumkin, masalan, kichik korxonalar 
va tashkilotlarda). Bu bosqichda kommunikatsiyalar pog’onasi (ierarxiyasi) – 
yuqori boshqaruv pog’onasidan pastki (bo’ysunuvchilar) pog’onasigacha paydo 
bo’ladi); 

ommaviy kommunikatsiya (ishtirokchilar soni 1000dan ortiq) – 
odamlarning ko’p to’planishi (masalan, mitinglar, namoyishlar, tomosha 
tadbirlari va h.k.), ommaviy axborot vositalari va h.k.

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin