4.
Telereklama plakatlari.
Plakatlar XIX asr oxiri va XX asr boshlarida san'at darajasida rivojlana
boshladi. Plakatlar odatda vaqti-vaqti bilan almashtirib turiladi.
Ular shahar
maydonlariga, ko‘chalarga fayz kiritadi. Bayramlarimiz ko‘rki hisoblanadi.
Yaratilishga doir tarixiy materiallarning berilishi, akterlar va taniqli kishilar
bilan suhbatlar bunga misol bo‘la oladi. Televidenie reklamasida akterlarning,
suxandonlarning ishtirok etishi televidenie reklamasini yanada boyitadi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri reklama xarakteridagi ko‘rsatuvlar, masalan, «Assalom
O‘zbekiston», «Katalog», «Telekurer market», «Kino olami» kabi ko‘rsatuvlarni
bunga misol qilib keltirish mumkin. Radio reklamasi badiiy kompozitsiyasining
eshittirishlar, muloqotlar, turli mazmundagi e'lonlar, xabarlar, mutaxassis,
yozuvchi,
shoirlar, akter, davlat arboblari bilan uchrashuvlar radio reklamasi
hisoblanadi. «Savol-javob» asosida tayyorlangan eshittirishlardan keng xalq
ommasi unumli foydalanadi.
Badiiy eshittirishlar, e'lonlar reklamalarning musiqa ohanglarida berilishi
maqsadga muvofiqdir. Chunki o‘ziga ohanglar sadosida yoki yoqimli ashulalar,
musiqalar
bilan
reklamaning
berilishi
uning
ta'sirchanligini
oshiradi.
Ruhshunoslarning ilmiy tadqiqotalrida ham bu usul asoslab berilgan.
Yana turli
sovg‘alar orqali ham reklama amalga oshirilishi mumkin. Shaxslarning mazmunli,
unumli mehnati, xalq, san'at, ilm-fan uchun bag‘ishlangan hayotlarini namuna
qilib ko‘rsatish mumkin. Ularni mukofot va sovg‘alar bilan rag‘batlantirish
reklamalar ichida eng sharafli va yoqimli hisoblanadi.
Afishalar, konsertlar, kino, teatr, ko‘rgazmalar haqida ma'lumot beruvchi
xabarlarda ham ma'lum bir maqsad ifodalanadi. Afishalarda namoyish etiladigan
tadbirlar to‘g‘risidagi ma'lumot to‘liq berilishi lozim. Ya'ni uning o‘tadigan vaqti,
joyi, kimlar ishtirok etishi ko‘rsatilib, rasm va portretlar bilan boyitilgan bo‘lishi
maqsadga muvofiqdir.
Seminar treninglar – keyingi vaqtlarda ommalashib borayotgan reklama
turidir. Seminar treninglar guruhlarga bo‘linib, ishtirokchilar ma'lum bir masalani
muhokama qiladilar. Seminar trening
oxirida yakuniy mulohazalar, ya'ni
mavzuning yechimi beriladi.
Reklama vaqtiga ko‘ra davriy va mavsumiy reklamalarga bo‘linadi.
Davriy reklama deb yil davomida berib boriladigan reklamalarga aytiladi.
Masalan, dorilar, oziq-ovqat mahsulotlari, atir-upalar, davolanish maskanlari va
hokazolar to‘g‘risidagi reklamalar bunga misol bo‘lishi mumkin.
Mavsumiy reklama esa yilning fasliga, davriga qarab berib boriladi.
Masalan, Yangi yil sovg‘alari mavsumiy kiyimlar,
yozgi dam olish, o‘quv
yurtlariga qabul ishlari va boshqalar. Reklamaning berilish vaqti ham kata
ahamiyatga ega. Bularning kishilar dam olayotgan vaqtda haddan tashqarii ko‘p
berilishi, inson ruhiyatiga salbiy ta'sir etishi mumkin. Ayniqsa, reklama
roliklarining qayta-qayta, tez-tez takrorlanishi inson asabini taranglashtiradi.
Televidenieda doimiy berib boriladigan seriallarda ham reklamalarning uzoq vaqt
takror-takror berilishini ijobiy deb bo‘lmaydi.
Dostları ilə paylaş: