REKLAMA DA RANGLI SURATLARNING O‘RNI VA AHAMIYATI
Reja:
1.
Reklamada rangli suratlardan foydalanish
2.
Reklamada rangli suratlarning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari
Reklamada rangli rasmlarning berilishi mehnat to‘lovlari uchun emas, balki gazeta
sahifalari uchun juda kimmatga tushadi. Reklama kompaniyasining uchdan bir
yoki yarim byudjeti illyustratsiya uchun sarf qilinadi. Barcha qimmatbaho narsalar
samarali bo‘lishi kerak, aks holda pullar havoga ketadi. Shuning uchun tasviriy
sanatda reklama - birinchi bo‘lib o‘rganilishi kerak bo‘lgan fandir.
Illtostrapiyalar shunchaki qizikarli bo‘lishi kerak emas, balki shunchaki ko‘zga
ilinadigan bo‘lishi kerak. Reklama e'lonlari qiziqtirish, ko‘ngilni ochish yoki
ko‘tarish, ommani ovutish uchun yozilmaydi, balki jiddiy sabab bois, ya'ni,
kelgusidagi pul harajatlari sababli yoziladi, hamda cheklangan kamchilikka
murojaat qilinadi.
Faqat shunday illyustratsiyalardan foydalaningki, odamlarni jalb qila oladigan,
hattoki buj oy matn bilan band bo‘lganda ham surat asos bilan tasvirlangan bo‘lsin.
Pochtada buyurtmali mahsulotlar reklamasi bilan shug‘ullanadiganlarga
eslatib o‘tganimizdek illyustratsiyani o‘rganishni fan darajasiga ko‘tardilar,
Ba'zilar katta illyustratsiyalardan foydalanadilar, ba'zilar kichik, ba'zilar esa
ulardan umuman foydalanmaydilar. Shuni qayd etib o‘tish joizki, hyech kim
ulardan qimmatbaho san'at asari sifatida foydalanmaydi. Ishonavering, reklama
uchun foydalanilgan illyustratsiyalar ko‘p marotaba javoblar va to‘g‘ri
qaytarishlar bilan tekshirilgan.
Har qanday reklamist shunday prinsiplarni qo‘llaydi. Yoki qaysidir tovarni
yoki xizmat turini sinovdan o‘tkazish orqali bajariladi. Ikkilantiruvchi g‘oyalar
hali katta xarajatga sabab bulmaydi. Illyustratsiya reklamaning ko‘p yo‘nalishida
element bazasi hisoblanadi. Reklamadan ba'zi tovarlarning illyustratsiyalarini
olib tashlashga harakat qilib ko‘rinshi-hamma tuzi yo‘qoladi. Ba'zi reklama
turlarida, jumladan kiyim sotish jarayonida shu isbotlanganki, faqat birgina
tasvirlar ishontirishga qodir. Shu bilan birga faqat yoqa yoki pidjak cheti
tasvirlangan bo‘lishi kerak emas, odamlarni shunday kiyimda tasvirlash kerakki,
ularga qarab o‘quvchining havasi kelsin, ularni shunday hashamatli narsalar
qamrab olgan bo‘lsinki, barcha o‘quvchilar o‘zlarida bo‘lishini xohlashsin.
Sirli yuborilgan illyustratsiyalar o‘quvchini shunga ishontiradiki, faqat shu
kiyim insonni ishda va umumiy ravnaq topishda yuqori darajaga ko‘tarilishiga
yordam beradi. Unda o‘zining ishida uzoqqa borgan va zafarlarga erishgan
insonlar tasvirlanadi.
O‘rtacha va umumiylik ham san'atdir, Lekin hamma vaqt ham bunday
bo‘lavermaydi. Shuning uchun reklamaning alohida ko‘rinishlari uquvni talab
qiladi. Tasvirlar mahsulotning sotilishiga yordam berishi kerak. Agar tasvirlarning
keragi yo‘q bo‘lsa boshqa tomonlardan ham foydalansa bo‘ladi. Ko‘p rasmlar
tushirilgan tasvirlar matnlarga qaraganda ko‘p narsani aytishi mumkin. Reklamada
rasmlar hyech qanday o‘ylantiradigan buyumlar emas, fakatgina rasmlar
tushirilgan parchali tasvirlar bilan eng katta olqishlarga sazovor bo‘lgan.
Ba'zi iste'mol qilinadigan mahsulotlar rangli suratlari bilan chiroyli ko‘rinadi.
Bulardan apelsinlar, desertlar va boshqalar xaridorni o‘ziga jalb etadi. Rang
reklama qilinayotgan tovar hakida anik ma'lumot beradi. Ba'zida esa rangli
mahsulotlar shunkachi xaridorning diqqatini tortish uchun quroldir. U mahsulot
ko‘p sondagi xaridorlarning diqqatini tortishi mumkin, lekin sotuvini
kengaytirishga kafolat bermaydi.
Reklama matnlariga doir ko‘plab izlanishlar natijasida reklama xabarlarini
qabul qilishda salbiy ta'sir ko‘rsatadigan bir qator xatoliklar aniqlandi. Ommaviy
axborot
vositalari
orqali
berilayotgan
reklamalarning
axborot
uchun
qo‘llaniladigan matnlarini takomillashtirish uchun quyidagi tavsiyalarni berish
mumkin:
-fikrni soddalashtirish va charxlash. Sodda va aniq fikrni aytish. Kundalik
turmush tarzida ishlatiladigan so‘zlardan foydalanish. Uning mazmunini har bir
kishi anglab yetishi lozim. Texnik va boshqa istalgan jargonlardan foydalanish,
-axborotni qizikarli va ehtiros bilan o‘qish. Berilgan matn o‘quvchi qiziqishini
orttirsa yana ham yaxshi. Zerikarli ta'kidlardan qochish muhimdir. G‘ayri oddiy
tushunchalarning qo‘llanilmagani maqsadga muvofiq,-qat'iy va ishonchli tarzda
fikrni yetkazish kerak, Savol shaklida tuzilgan jumlani ishlatmagan ma'qul.
-haqiqatgo‘y va adolatli bo‘lish. Yolg‘on ma'lumotlar tezda bilinib qoladi va
qayta buyurtma olish haqida gap ham bo‘lishi mumkun emas;
-odob-axlok
chegarasidan
chiqmaslik.
Kishi
diqqatini
hayosiz
illyustratsiyalarga jalb etish yaxshi natija bermaydi. Chunki bunday holatda
iste'molchida mahsulot yoki xizmat turi uchun shubha paydo bo‘lishi mumkin.
Negaki u bu holat reklama beruvchining eng so‘nggi najoti bo‘lishi mumkin, deb
o‘ylaydi;
-fikrlar obrazlarini yaratishga xizmat kiluvchi so‘z va jumlalardan foydalanish,
-o‘quvchiga, tamoshibinga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish holatida savdo- sotiqni
qachon va qanday yakunlash to‘g‘risida nihoyatda ishochli ma'lumotlar berish
zarur bo‘ladi. Ruhiyat nuqtai- nazaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdo-sotik holati juda
nozik jihat hisoblanadi. Mijoz ikki o‘t orasida qolgan holatda uning mahsulotni
sotib olishga bo‘lgan jur'atini tezlashtirish va yakuniga yetkazish uchun sotuvchida
ta'sirli va kuchli vosita bo‘lgan mijozni oxirgi harakat sotib olishga undaydigan
qat'iyatli undov bo‘lishi lozim.
Reklama matnini tayorlashga oid umumiy tavsiyalar Reklama matnini tuzish
psixotexnologiyasi.
1-bosqich. Reklama matnini yaratishgacha ayni paytda qaysi axboratlar
oqimini odamlarni yetkazishni tahlil qilish. Iste'molchilar tomonidan o‘ziga kulay
qilishning qaysi yo‘llarini tanlashni tavsiya etish.
Imkoniyati mavjud bo‘lgan iste'molchi reklama beruvchining qaysi jihatlaridan
xhyratlanish mumkinlagini tushunish. Iste'molchida reklama xabarnomasining eng
avvalo qanday jihatlari esda qolishini aniqlash. Reklama xabarnomasida qancha
miqdorda emotsional xarakterdagi xususiyatlar bo‘lishini hisoblab ko‘rish,
boshqacha kilib aytganda emotsional tuygularni qaysi o‘rinlarda qanday
joylashtirilishi masalasini xal qilish.
Reklama kompozitsiyasini tanlashda iste'molchi ta'biga ta'sir qiluvchi
omillardan foydalanish. Reklama berilishining davriyligi, qabul qilib olish tezligi,
reklama xabarnomasini yetkazuvchi ob'ekt o‘rni to‘g‘ri tanlangani masalalarini
tekshirish.
2-bosqich. Reklama matnini tuzish. Birinchi tavsiya-matnni yozishga
shoshilmaslik. Tashqi hodisalarni o‘ziga qabul qilish va unga bo‘lgan
munosabatlar dastlab, tanqidiy xarakterda buladi. Bundan tashkari, shunday ruhiy
ta'sir ham ma'lumki, biror ishni amalga oshirib, deylik, matnni yozganimizdan
keyin undan darhol voz kechish juda qiyin kechadi. Shuning uchun xam matnni
yozish ishtiyoqi kuchayib borsa, ruhiy holatdan chiqish uchun o‘zingizda paydo
bo‘lgan fikrni kichik bir varakda ifodalab, tezda uni uzoqroq bir joyga tashlab
qo‘yish kerak. Shundan so‘ng varaqni vertikal holatda teng ikkiga bo‘lib, chap
tarafiga reklama xabarnomasining barcha bo‘linmalarini, o‘ng tarafiga xabarnoma
har bir bo‘limiga tegishli masalalar variantlarini yozib chiqish tavsiya etiladi.
3 bosqich . Reklama xabarnomasining birinchi variantini tuzgandan keyin u
kuyidagi savollarga javob izlashi lozim:
- jumla uzunligi qancha?
- tanlangan jumlalarda ohang mavjudmi?
- reklama axboroti iste'molchiga qanday ruhiy ta'sir eta oladi?
- qaysi haqiqiy yoki abstrakt tushunchalarni iste'molchi o‘zi qabul qiladigan
boshqa tushunchalarga almashtirish kerak.
Mahsulot mohiyati va uning shunday boshqa mahsulotlardan ustunligi bir
qarashdayoq sezilib turishi kerak.
Iste'molchida tushuncha paydo bo‘lish holatini yaratish, hissiyoti va sezgisiga
ta'sir kilish, qahrli va qora yumordan uzoqda bo‘lish, maqsadga qaratilgan
mavzuning aniqligi va reklama matni, mazmuni muvofiqligini ta'sinlash talab
etiladi.
Dostları ilə paylaş: |