1 Iqtisodiy . 2 Ijtimoiy . 3 Ta`limiy . Reklamaning iqtisodiy vazifasi . Iqtisodiy sohani faollashtirish va tezlashtirish
hisoblanadi .Iste`molchilarda harid qarorining qabul qilinishida , yangi mahsulotlar
va xizmatlarning turlari , imkoniyatlari , qulayliklarining targ`ib qilinishida
reklama asosiy vazifani bajaradi .
Reklama yangi mahsulotlar yoki xizmatlarga iste`molchilar diqqatini ,
qiziqishlarini jalb qilib , ehtiyojlarining qondirishiga ta`sir qiladi .Shu nuqtai
nazardan , rossiyalik olim
R.Mokshansev reklamani quydagicha ta`riflaydi
:
”Reklama bu- aholini mahsulot bilan tanishtirish , u haqida axborot berish , sotib olishga jalb qilishdir .Reklama kuchli raqobatli bozor sharoitida eng asosiy mezon bo`lib xizmat qiladi .” 58 Shuningdek , olim reklamaning quydagicha maqsad va vazifalarini ta`kidlaydilar :
1. Mahsulotlarni ishlab chiqaruvchisini va savdogarni identifatsiya qilish .
2. Mahsulot , xizmat yoki g`oyalarning yashovchanligini ta`minlash .
3. –Xaridorlarni ogohlantirish .
4. Talab va didni shakllantirish va b .
Reklama beruvchilar mahsulotlar haqida uning bahosi , xususiyatlarini , yangiligini
, foydali tomonlari va foydalanish usullari haqida axborot berishlari zarur .
Reklama barcha ommaviy kommunikatsiya vositalarida mavjud bo`lib , ular uchun
iqtisodiy manba biznes muvaffaqiyati hisoblanadi . Xaridorlarning yangi
talablarini o`stirishda , tanlash imkoniyatlarini oshirishda , yangi mahsulot yoki
xizmatlar bilan tanish bo`lishlarini ta`minlashda reklamalar asosiy ahamiyat kasb
etadi . Reklama iqtisidiyotining bir bo`lagi sifatida aholining yangi ish o`rinlari
bilan ta`minlanishida , yangi mahsulot va bilimlarning amaliyotga tatbiq etilishida ,
ishlab chiqaruvchilar hamda iste`molchilarning o`zaro foydali aloqalarida
vositachilik vazifasini o`taydi .
Shuningdek , reklama nafaqat iqtisodiy sohani rivojlantiruvchi turtki vazifasini ,
balki insonlar turmush tarzini o`zgartiruvchi omil vazifasini ham o`taydi . Reklama
57
Karimova L.I Sotsialno-psihologicheskie i etnopsihologicheskie osobennosti sotsialnix predstavleniy I ustanovok
lichnosti po otnosheniyu k reklame : Diss….kand ..psihol..nauk.-Tashkent 2004 . 116 s.
58
Mokshansev R I .Psihologiya reklami .Ucheb. posobie.M:INFRA-M; Novosibirsk : Sibirskoe soglashenie , 2001-
9s.