yondashilgan bo’lishi uni idrok qilinishi imkonini osonlashtiradi. Reklamada
doimo ta’sirchan ijtimoiy hayot ko’rinishi ifodalanadi.
Qadriyatlar inson ongiga
singdirilib, shu qadriyatlarga asoslanilgan holda hayot tarzi targ’ib qilinadi.
Reklamaga munosabat bildirish jarayonida shahsda turli vaziyatlarda yuzaga
keladigan xulq-atvor xususida tasavvurlar shakllanadi. Bu bilan reklama insonni
jamiyat hayotiga jalb etish , ijtimoiylashtirish vazifasini bajaradi.Tarixan
reklamalar faol ijtimoiylashtiruvchi omil vazifasini bajarib ,u yoki bu davlatlar,
millatlar turmush tarzi, an’analari, taraqqiyoti xususida ma’lumot bergan.
Jamiyatdagi kishilarni muvaffaqiyat va ijobiy faollik sari undovchi , baxtli,farovon
hayot sirlarini targ’ib qiluvchi ijtimoiy hodisa sifatida tan olingan.
Ko’p hollarda reklama yangi ehtiyojlarni qondirish
bilan birga murakkab
psixik bilimlarni hosil qiladi. Jumladan, dunyoqarash, estetik did, ijtimoiy qadriyat,
hayot usulini shakllantiradi. Bugungi kunda reklama mahsulotlari o’zini hayot
bilan hamnafas yashovchi deb biluvchi har bir inson kundalik hayotining bir
qismga aylanib qolgan. Reklamalar shaxs xulq-atvori va ijobiy sifatlarining
shakllanishida ,jamiyat qatlamiga chuqurroq kirib borishida, o’z ichki
imkoniyatlarini to’la namoyon etishida kuchli ta’sirlovchi ahamiyatga ega.
Reklama mahsulotlari ijtimoiy tabiatiga ko’ra ijobiy turmush tarzi obrazini
ifodalashga qaratilgan bo’lib, ko’proq
qadriyatlarga, milliy stereotiplarga ,
umuminsoniy g’oyalarga asoslangan bo’ladi.Xususan ,turli mavzudagi ijtimoiy
reklamalar boshqa reklama turlariga nisbatan ko’proq ijobiy qabul qilinadi,ta’sir
etishi va idrok etilishi ham yuqori bo’ladi. Ijtimoiy reklamalar shaxs tasavvurlari
tizimiga, ijtimoiy ustanovkalar sohasiga bevosita yo’naltiriganligi bilan samarali
ta’sirga ega . Reklamalar doimo u yoki bu davlatlar, xalqlar xayot tarzi,
madaniyati,
shakllangan qadriyatlari, ijtimoiy rollari haqida ma’lumot beradi.
Shaxsda reklamalar ta’sirida turli xalqlar hayot obrazining taqqoslanishi orqali u
yoki bu ijtimoiy meyorlarga, qadriyatlarga yo’nalganligi xususida mustaqil
xulosalar boshqarish imkoni yuzaga keladi. Har bir mamlakt reklamasi o’zida
madaniy-tarixiy an’analarni ifoda etadi. Bu haqida D.Brustin shinday
ta’kidlaydi:
Dostları ilə paylaş: