O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/81
tarix08.11.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#131420
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   81
Namangan davlat universiteti ijtimoiy-madaniy faoliyat kafedrasi (1)

4-modda. Asosiy tushunchalar. 
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar 
qo‘llaniladi: 
reklama-bevosita yoki bilvosita foyda (daromad) olish maqsadida yuridik 
yoki jismoniy shaxslar, mahsulot, shu jumladan tovar belgisi, xizmat ko‘rsatish 
belgisi va texnologiyalar to‘g‘risida har qanday shaklda va har qanday vositalar 
yordamida qonun hujjatlariga muvofiq tarqatiladigan maxsus axborot; (O‘zR 
30.08.2002 y. Qonuni tahriridagi xat boshi) 
reklama beruvchi - reklamani tayyorlash va (yoki) tarqatish uchun unga 
buyurtmachi bo‘lgan shaxs; 
reklama tayyorlovchi - reklama tayyorlashni to‘liq yoki qisman amalga 
oshiruvchi shaxs; 
reklama tarqatuvchi - reklama vositalari orqali reklama tarqatishni amalga 
oshiruvchi shaxs; 
reklamadan foydalanuvchi - reklama yo‘naltirilgan shaxs yoki shaxslar 
guruhi; 
reklama vositalari - reklamani undan foydalanuvchiga yetkazish uchun 
ishlatiladigan vositalar; 
mahsulot - tovarlar, ishlar, xizmatlar; 
aksilreklama - noto‘g‘ri (insofsiz, bila turib yolg‘on) reklama keltirib 
chiqargan yoki keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan oqibatlarni bartaraf etish 


maqsadida tarqatiladigan raddiya. (O‘zR 30.08.2002 y. Qonuni tahriridagi xat 
boshi) 
5-modda. Reklamaning tili. 
O‘zbekiston Respublikasi hududida reklama 
O‘zbekiston Respublikasining davlat tilida yoki reklama beruvchining xohishiga 
ko‘ra boshqa tillarda tarqatiladi. Belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan tovar 
belgilari (xizmat ko‘rsatish belgilari), bosma usulda terilgan bo‘g‘inli belgilar 
(logotiplar) asli qaysi tilda bo‘lsa, shu tilda keltirilishi mumkin. 
6-modda. Reklamaga doir asosiy talablar. 
Qonuniylik, aniqlik, ishonchlilik, 
reklamadan foydalanuvchiga zarar, shuningdek ma'naviy zarar yetkazmaydigan 
shakllar va vositalardan foydalanish reklamaga doir asosiy talablardir. 
Reklamada quyidagilar taqiqlanadi: 
ishlab chiqarilishi yoki realizatsiya qilinishi qonun hujjatlari bilan taqiqlangan 
mahsulot to‘g‘risida axborot tarqatish; 
jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy 
mavqyeiga qarab, boshqa holatlarga ko‘ra kamsitish yoki o‘zga shaxslarning 
mahsulotini badnom etish; 
qonun hujjatlarining buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan, fuqarolarning 
sog‘lig‘i yoki hayotiga va atrof-muhitga zarar yetkazuvchi yoxud zarar yetkazishi 
mumkin bo‘lgan, shuningdek xavfsizlik vositalariga e'tiborsizlik tuyg‘usini 
uyg‘otuvchi harakatlarga da'vat qilish; 
majburiy sertifikatlashtirilishi zarur bo‘lgan yoki ishlab chiqarilishi yoxud 
realizatsiya qilinishi uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya) bo‘lishi talab etiladigan 
mahsulotni tegishli sertifikati, litsenziyasi bo‘lmay turib reklama qilish; 
agar mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida 
boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, boshqa mahsulot reklamasida 
qo‘llaniladigan umumiy yechim, matn, tasvir, musiqali yoki ovozli ohanglarni 
aynan takrorlash (taqlid yoki o‘xshatma qilish); 
jismoniy shaxsning nomi yoki tasviridan uning roziligisiz foydalanish
pornografiyani tarqatish; 
axborot mazmunining buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan xorijiy so‘z va 
iboralardan foydalanish; (O‘zR 17.09.2010 y. O‘RQ-259-son Qonuniga muvofiq 
kiritilgan xatboshi) 
mahsulot davlat organlari yoxud ularning mansabdor shaxslari tomonidan 
ma'qullanganligini ko‘rsatish; (O‘zR 17.09.2010 y. O‘RQ-259-son Qonuniga 
muvofiq kiritilgan xatboshi) 
ishtirok etish uchun muayyan mahsulotni olish sharti qo‘yilgan 
rag‘batlantiruvchi lotereya, tanlov, o‘yin yoki shunga o‘xshash boshqa tadbir 
o‘tkazishni tadbirning tashkilotchisini, uni o‘tkazish qoidalari va muddatlarini, 
bunday tadbir haqidagi axborot manbaini, mukofotlar yoki yutuqlar miqdorini, 
ularni olish muddatlari, joyi va tartibini ko‘rsatmagan holda reklama qilish; (O‘zR 
17.09.2010 y. O‘RQ-259-son Qonuniga muvofiq kiritilgan xatboshi) 
mahsulotni tovar belgisi yoki xizmat ko‘rsatish belgisi reklama qilish 
taqiqlangan yoxud reklama qilishga nisbatan tegishli cheklovlar yoki talablar 
belgilangan mahsulotning tovar belgisi yoki xizmat ko‘rsatish belgisi bilan 
adashtirib yuborish darajasida bir xil yoxud unga aynan o‘xshash bo‘lgan boshqa 


mahsulotning reklamasi ko‘rinishida reklama qilish. (O‘zR 17.09.2010 y. O‘RQ-
259-son Qonuniga muvofiq kiritilgan xatboshi) 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin