O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti «Himoyaga ruxsat etildi»



Yüklə 6,41 Mb.
səhifə11/20
tarix10.01.2022
ölçüsü6,41 Mb.
#108457
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
BIR FIGURALI KOMPOZITSIYA

Portretlarda konkret bir odamni barcha  xarakterining individual xususiyatlari tashqi ko‘rinishi, qomatining tuzilishi, mimikasi elementlarida aks etadi va uning qiyofasida ma’lum kategoriyalarga taaluqliligi, uning kasbi yoki jamiyatning u yoki bu toifasiga mansubligi aniqlanadi.

Bunga I.E.Repinning «Ruhoniy» asari yaqqol misol bo‘la oladi. Portret nihoyatda o‘xshashlik bilan ishlangan va uning yuzi, qo‘li va uning xukmron holati rassomning umumlashma obraz yaratishiga olib kelgan. Portretning individaul belgilaridan sotsial tip yaratilgan.

Demakki, portretlarda shunday vaziyatlar bo‘ladiki, syujetli detallarning kuchayishi uning janrli yoki tarixiy «hikoya» tomonga o‘tib borishiga, portret o‘z spetsifik xususiyatlarini yo‘qotib, oxiri portret-modellar ishning hukmiga ko‘ra, janrli yoki tarixiy sohaning qahramoniga aylanishiga olib keladi. Xuddi shunga o‘xshab, guruh portretlarda esa ba’zan janr chegaralari buzilib ketadi. Masalan, zamonaviy san’atda janrlar qo‘shilib ketib, o‘zaro bir-birini boyitganini ham uchratib qolamiz.

Portret bilan bir figurali kompozitsiya o‘rtasida janr ramkasini yo‘qolib ketishi, ya’ni uning portretdan farqi yorqin ifodaviy an’analar bilan bog‘langan ifodaviylikda ko‘rinadi. Masalan, N.M.Kramskoyning «Qayg‘u», A.A.Deynekaning «Traktorchi» R.Ahmedovning «Ona o‘ylari», «Cho‘pon», G‘.Abdurahmonovning «Xokimiyat egasi», P.Benkovning «Dutorchi qiz», N.Kashinaning «CHildirmachi» asarlarini olish mumkin.

XVI asr nemis portretchi rassomi Kichik Gans Golbeyn asarlarida juda sinchkovlik bilan qimmatbaho toshlar, naqshlar, kashtalarni bemalol chizadi. Bu omillar kompozitsion yaxlitlikka halaqit qilmaydi. Yuz kuchli yorug‘lik kuchi bilan chizilgan, shu boisdan juda aniqlik bilan ishlangan detallar asosiy obrazni yanada ulug‘vor darajada ko‘rsatishga xizmat qilgan.

  Rassom R.Ahmedovning «Ona o‘ylari» asarida 1956 yili Burchmulla qishlog‘ida ikki o‘g‘li urushdan qaytmagan, mehnatda qaddi bukilmagan mardona keksa ayol tasvirlanadi. Onaning ko‘pincha  qariyalarga xos o‘ychan, hayolga cho‘mib o‘tirishi, onadan erta etim qolgan rassomni to‘lqinlantirib yuboradi. «Ona o‘ylari» kartinasida figura biroz oldinga chiqqan. YOng‘oq daraxti yonida yostiqqa suyanib tizzasiga qo‘l panjalarini saranjom qo‘yib, hayolga  cho‘mgan ayol qiyofasi, kompozitsiya jihatidan juda muvaffaqiyatli topilgan klassik mavqega ega. Ayol yuzidagi chuqur ruhiy xolat, uning g‘amgin yuzidagi katta yorug‘ ko‘zlarida, mehnatda toblangan yuz chehrasida o‘z ifodasini topgan. Gavda «siluet»i aniq, engil ranglardagi manzara fonida, ko‘k, binafsha, pushti, yashil, sariq ranglarda mahorat bilan tasvirlangan.


Yüklə 6,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin